• 9.5-rasm. Uyurmaviy tok oʻzgartkichi.
  • 9.6-rasm. Yopishuvchi oʻzgartirgichlar
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet52/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Uyurma tokli oʻzgartirgichlarning qoʻllanilishi va sinflanishi

    Uyurmaviy tok datchikalri (9.5-rasm) asosan elektr oʻtkazuvchan nishonlarning siljishi va holatini oʻlchash uchun ishlatiladi. Ular odatda ferromagnit va ferromagnit boʻlmagan materiallarni oʻlchash uchun ishlatiladi.
    Nazorat qilinayotgan obyektga nisbatan ishchi joylashuv boʻyicha oʻzgartirgichlar oʻtuvchi, yopishtiriluvchi va kombinsiyalashgan turlarga boʻlinadi.

    9.5-rasm. Uyurmaviy tok oʻzgartkichi.
    Yopishtiriladigan oʻzgartirgichlar odatda bitta yoki bir necha gʻaltaklardan tashkil topgan, ularning toreslariga obyektning yuzasi keltiriladi (9.6-rasm). Yopishtiriladigan oʻzgartirgichlar yumaloq koaksial (9.6-rasm, a), toʻgʻri burchakli (9.6-rasm, b), krestsimon toʻgʻri burchakli (9.6-rasm, v), oʻzaro perependikulyar oʻqli gʻaltaklarga (9.6-rasm, g) va h.k. ega boʻlishi mumkin.
    Yopishtiriladigan oʻzgartirgichlar ferromagnitli oʻzak (odatda feritli) bilan yoki oʻzaksiz qilib yasaladi. Ferromagnitli oʻzak evaziga oʻzgartirgichning umumiy sezgirligi oshadi va magnit maydonning lokalizasiyalanishi evaziga nazorat sohasi kichrayadi. 5.2-rasmda oʻzakli oʻzgartirgichlarning ayrim turlari keltirilgan.


    9.6-rasm. Yopishuvchi oʻzgartirgichlar
    a) yumaloq koaksial; b) toʻgʻri burchakli; v) krestsimon toʻgʻri burchakli;
    g) oʻzaro perependikulyar oʻqli.

    9.7-rasm. Oʻzakli yopishuvchi oʻzgartirgichlar

    1. silindrsimon oʻzakli; b) toʻgʻri burchaksimon oʻzakli; v) yarim bronlangan turli oʻzakli; g) yarimtoroid koʻrinishli oʻzakli.

    Oʻtuvchi UTOʻlar tashqi, ichki va choʻktiriluvchilarga (pogrujnoy) boʻlinadi.


    Oʻtuvchi UTOʻlarning farqlanuvchi xususiyati quyidagicha: ushbu oʻzgartirgichlar nazorat qilish jarayonida obyektning tashqi tomonidan yoki obyektning ichidan oʻtkaziladi, yoki suyuq obyektga choʻktiriladi. Ular nazorat sohasida bir jinsli maydonga ega, buni natijasida nazorat qilinayotgan bir jinsli obyektning radial siljishi oʻzgartirgichning chiqish signaliga ta‘sir qilmaydi.
    Kombinatsiyalangan oʻzgartirgichlar yopishtiriladigan va oʻtuvchi UTOʻlarning kombinasiyalashtirilgan variantidir. Amaliyotda ushbu oʻzgartirgichlar juda kam uchraydi.



    Download 4,33 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.