• 11.3-rasm. Radiografik nazorat uskunalari.
  • 11.4-rasm. Payvand birikmani nazorat qilish jarayoni
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet60/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Radiografik usul

    Radiatsion nazoratning radiografik usuli deb, nurlanayotgan obyektni radiografik rasmini radiografik plenkaga proyeksiya qilish yoki fotografik rasmga oʻzgartirishga aytiladi (8.1-rasm).
    Radiografik nazorat usuli - bu payvandlangan birikmalardagi yashirin nuqsonlarni ularga zarar bermasdan aniqlash imkonini beruvchi nazorat usulidir.
    Usul rentgen nurlarining metalldan oʻtish qobiliyatiga asoslangan. Buyumlarning orqa qismidan chiqadigan nurlanishni oʻlchash mumkin va olingan natijalar asosida buyumning tuzilishi, tarkibi va qalinligi haqidagi ma‘lumotlarga ega bolamiz.
    Radiografik nazorat usuli turli quvurlar, kema korpuslari, tayanchlarsiz qurilgan bino karkaslari, samolyotlar va raketalarning elementlari, qurol tizimlarini nazorat qilishda qoʻllaniladi.
    Radiografik nazorat GOST 7512-82 boʻyicha tartibga solinadi. Usul mahsulotlarning cheklangan partiyasini nazorat qilish uchun ishlatiladi.
    Radiografik usul, ultratovushli nazorat usulidan farqli oʻlaroq, qalinligi 40 mm dan kam boʻlgan obyektlar nazoratida samarali qoʻllaniladi.
    11.3-rasmda radiografik nazoratni amalga oshirishda qoʻllaniladigan uskunalar tasvirlangan.




    11.3-rasm. Radiografik nazorat uskunalari.

    Radiografik nazoratning ishlash tamoyili quyidagicha: nazorat obyekti nurlanish manbayi va rentgen plyonkasi yoki qayta ishlatiladigan fosforli, akril plitalar orasiga joylashtiriladi (11.4-rasm). Natijada, nuqsonli maydonning tasviri qabul qiluvchi materiallarda qoladi, unga koʻra nuqsonlarning turlari va ularning paydo bo‘lish joylari aniqlanadi.





    11.4-rasm. Payvand birikmani nazorat qilish jarayoni:

        1. nurlanish manbayi; 2-nazorat obyekti; 3-detektor.

    Radiografik usulda detektor sifatida rentgen plyonkasi, elektron-optik o‗zgartkich, kseroradiograk plastina, fotoqog‗oz va hokazolar qo‗lanilishi mumkin. Manba 1 dan chiqqan nurlanish ichki nuqsonga ega payvand birikma 2 orqali o‗tib, nuqsonli va nuqsonsiz joyda turlicha yutiladi va detektor 3 ga turli intensivlik bilan keladi. Havo, gaz yoki nometall kirishmalar bilan to‗lgan nuqsonli joylar orqali o‗tganida, nurlanishning intensivligi yaxlit metalldagiga qaraganda kamroq susayadi.


    Obyektni radiografik tasvirlari radiogrammalar deb ataladi. Rentgen nurlari yordamida olingan radiogrammalar rentgenogramalar, γ-nurlanishi yordamida olingan radiogrammalar esa gammagrammalar deb ataladi. Radiogrammadagi rasmlarni tahlil qilinib, nazorat qilinuvchi obyekt to‘g‘risida xulosa qilinadi.
    Bosib chiqarishda ba‘zi mavjud boʻlgan nuqsonlar haqidagi ma‘lumotlar yoʻqolishi mumkin, shu sababli rentgenogrammalarning negativlari negatoskop yordamida alohida oʻrganiladi.
    Nazorat obyektining nuqsonli joylari oq rangda, qolgan joylari esa qora rangda tasvirlanadi.
    Payvand choklarining rentgenografiyasi bir necha bosqichlardan o'tadi:

    1. Radiatsiya manbasini tanlanadi.

    2. Kerakli plyonka tanlanadi.

    3. Uskunada optimal rejimlarni oʻrnatiladi.

    4. Uskunani mahsulot ichiga yoki tashqarisiga oʻrnatiladi va ishga tushiriladi.

    5. Payvand chokini nurlantirish (yoritish) amalga oshiriladi.

    6. Fotoplyonka chiqarib olinadi va ishloiv beriladi.

    7. Dekodlash ishlari amalga oshiriladi.

    8. Natijalarni belgilangan shakldagi jurnalga kiritiladi.

    Usulning afzalliklari quyidagilardan iborat:

    Bu usulni kamchiligiga past unumdorligi va yuqori qimmatliligidir (bu yerda kumush tarkibli plenka ishlatilishi sabab).


      1. Download 4,33 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.