• Optik usulda mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet56/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    10.2-rasm. Radiotoʻlqinli nazoratni amalga oshirishda qoʻllaniladigan asboblar: a) Metallar qalinligini oʻlchash asbobi (tolshinomer);
    b) Strukturoskop МЕТЭК-М




      1. Optik usulda mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish

    Putur yetkazmaydigan nazoratning optik usuli nazorat obyekti bilan oʻzaro ta‘sir qiluvchi optik nurlanish parametrlarini kuzatish yoki qayd etishga asoslangan. Ushbu oʻzaro ta‘sir yutilish, aks ettirish, tarqalish, dispersiya, qutblanish va boshqa optik effektlar bilan bogʻliq.
    Optik nazorat usuli mahsulotlarning geometrik parametrlarini oʻlchash, sirt holatini kuzatish va sirt nuqsonlarini aniqlash uchun ishlatiladi. Optik usullar dastlabki ma'lumotlarni olishning turli xil usullari tufayli juda keng qoʻllaniladi. Ularni tashqi nazorat uchun ishlatish imkoniyati ob'ekt materialiga bogʻliq emas.
    Optik usullar shaffof materiallardan tayyorlangan buyumlarni nazorat qilish uchun keng qoʻllaniladi va ulardagi makro- va mikronuqsonlar, strukturaviy bir xillikning buzilishi, ichki kuchlanishlar aniqlanadi.
    Optik usullarning aosiy kamchiliklari - bu nazorat qilinadigan parametrlarning tor doirada ekanligi, nazoratni amalga oshirish uchun atrof-muhit holatiga va mahsulot yuzasining tozaligiga qat‘iy talablarning qoʻyilishidir.
    Optik nazorat usullari jarayonda qoʻllaniladigan optik hodisalarga chiqiladi (aks yettirish, sinish, singdirish, tarqalish, aralashish, qutblanish va boshqalar) va/yoki yorugʻlik toʻlqinining xususiyatlari (amplituda, chastota, faza) qarab ishlab chiqiladi.
    Optik nazorat usullarini umumiy tarzda quyidagi guruhkarga ajratish mumkin:

    • tashqi kuzatuv usuli, bu material yoki uskunalar yuzasida joylashgan aniq nuqsonlarni aniqlashga imkon beradi;

    • periskopik usuli, bu maxsus texnikadan foydalanib, to‘g‘ri yo‘nalishda cho‘zilgan tor bo‘shliqlarni tekshirishga imkon beradi;

    • endoskopik usul, ushbu usul ham maxsus jihozlardan foydalanishni o'z ichiga oladi. U egri shaklga ega cho'zilgan bo'shliqlarni tekshirish uchun ishlatiladi.

    Optik nazoratninq quyidagi usullari oʻzaro farqlanadi:

    • obyekt orqali oʻtgan optik nurlanish parametrlarini qayd etishga asoslangan optik nurlanish usuli;

    • tarqalgan optik nurlanish usuli, ya‘ni obyekt tomonidan tarqalgan optik nurlanish parametrlarini qayd etishga asoslangan usul;

    • polarizatsiya usuli, ya‘ni obyekt bilan oʻzaro ta‘siridan keyin optik nurlanishning qutblanish darajasini qayd etishga asoslangan usul;

    • interferentsiya usuli – taynch obyekt va modullashtirilgan obyektdan tarqaluvchi kogerent toʻlqinlarining oʻzaro ta‘siri natijasida olingan interferentsion tasvirni tahlil qilishga asoslangan.

    • dogʻlar tuzilishi usuli obyekt yuzasining gʻadir-budurligidan hosil boʻluvchi kogerent toʻlqinlar tifayli hosil boʻladigan interferension tasvirlarni tahlil qilishga asoslangan;

    • magneto-optik usul magnit maydonning obyektga qo‘shimcha ta‘siriga asoslangan.

    Putur yetkazmasdan nazorat qilishning optik usuli optik nurni nazorat obyektiga ta‘sirini tahlil qilishga asoslangan. Optik nur yoki yorugʻlik bu – 10 mkm to‘lqin uzunlύigiga ega bo‘lgan elektromagnit nur.
    Optik nurni chegaraviy miqdorlari quyidagicha (10.3-rasm):

        1. 10-5 - 0,38 mkm gacha – ultrabinafsha spektri.

        2. 0,38 - 0,78 mkm – ko‘rinish spektri.

        3. 0,78 - 103 mkm – infra qizil (IQ) spektri.



    Download 4,33 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.