• 10.5-rasm. mμFocus rusumli optik nazorat qurilmasi. Mavzuni mustahkamlsh uchun savollar
  • MAVZU: RADIATSION NAZORAT USULLARI Reja: Radiasion nazorat usullari
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet58/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    10.4-rasm. TGI 8302.LLT rusumli optik nazorat qurilmasi.
    10.5-rasmda esa kesuvchi qirralarning yumaloqligi va sirt tozaligining aniq oʻlchovlari uchun qoʻllaniladigan mμFocus rusumli optik nazorat qurilmasi tasvirlangan.


    10.5-rasm. mμFocus rusumli optik nazorat qurilmasi.


    Mavzuni mustahkamlsh uchun savollar:

    1. Radiotoʻlqinli nazorat usulu qanday usul hisoblanadi?

    2. Radiotoʻlqinli nazorat usullarining klassifikatsiyalanishi haqida ma‘lumot bering.

    3. Radiotoʻlqinli nazorat usullarini qoʻllash qanday sabablar boʻyicha qulay deb qaraladi?

    4. Dielektrik materiallarni radiotoʻlqinli nazorati qanday amalga oshiriladi?

    5. Radiotoʻlqinli nazorat usullari qanday mahsulotlarni nazorat qilishda qoʻllaniladi?

    6. Radiotoʻlqinli nazoratda qanday asbob-uskunalar va qurilmalardan foydalaniladi?

      1. MAVZU: RADIATSION NAZORAT USULLARI

    Reja:

        1. Radiasion nazorat usullari klassifikasiyasi.

        2. Radiatsion nazorat usulini qoʻllash prinsiplari.

        3. Kapillyar nazorat usuli va uning tahlili



    Tayanch atamalar va tushunchalar: radiatsion nazorat, radiografik usul, radioskopik usul, electron-optik kuchaytirgich.



      1. Radiatsion nazorat usullari klassifikasiyasi

    Radiatsion usuli - bu putur yetkazmaydigan sinov usuli boʻlib, u obyektga ionlashtiruvchi nurlanish bilan ta‘sir qilish, soʻngra uning oqibatlarini tahlil qilish va qayd etishdan iborat.
    Ushbu tadqiqot usuli nuqsonlarni aniqlashda keng qoʻllaniladi, bu usul yordamida materialning bir jinsliligi va butunligi nazorat qilinadi. Bunda jismda yoriqlar, teshiklar, gʻovakliklar, metall va nometall qoʻshimchalar, qirralarning siljishi va boshqalarning mavjudligi nazorat qilinadi. Ushbu usul yordamida aniqlanadigan nuqsonlarning minimal oʻlchami - 0,1 mm ni tashkil etadi.
    Radiatsion nazorat usuli yordamida ishlab chiqarish, yigʻish, ishlatish va ta‘mirlash jarayonida vizual tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan nazorat obyektlarining ichki konfiguratsiyasi va nisbiy holatini aniqlash mumkin.
    Radiatsion nazorat usullari obyekt bilan ionlashgan nurlarni o‘zaro ta‘sirlanishi natijasida hosil bo‘lgan axborotlarni qayd qilish va tahlil qilishga asoslangandir. Ionlashgan nurlar obyektdan oʻtayotganda, uning turlari yerlarida har xil yutilishi kuzatiladi.
    Ionlashtiruvchi nurlanish yordamida hal qilinadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

    1. Bir linslilikning buzilishlarini aniqlash. Birinchidan, biz payvand choklarini boshqarish va elektr payvandlash uchun odatiy nuqsonlarni topish haqida gapiramiz: payvandlanmay qolgan qismlar, kuyishlar, yoriqlar, teshiklar va boshqalar. Bundan tashqari, quyma mahsulotlar uchun begona metallar yoki nometall birikmalarning qoʻshimchalarini aniqlash.

    2. Obyektni tekshirish jarayonida yoki rekonstruktsiya qilishga tayyorgarlik jarayonida mahsulotlarning holati va nisbiy holatini tekshirish. Rentgen usulining muhim xususiyati elementlarning bir-biriga nisbatan umumiy joylashishini baholash qobiliyatidir, bu devorlar orqasida yoki kirish qiyin boʻlgan joylarda yashiringan infratuzilma elementlarining joylashishini oʻrganishga imkon beradi.

    3. Mahsulot hayotiy siklning istalgan bosqichida, ya‘ni ishlab chiqarish, yigʻish, oʻrnatish, ishlatish va ta‘mirlashda obyektlarning vizual tekshirish imkoniyati boʻlmagan parametrlarini nazorat qilish.

    4. Koʻpincha murakkab konstruksiyaga ega mahsulotlarning koʻpgina parametrlarini vizual tekshirish imkoni boʻlmaydi, ammo konstruksiya boʻgʻinlarning to'g'ri yig'ilishi va sifatini nazorat qilish kerak, buning uchun radiatsiya nazorati qo'llaniladi.

    5. Sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish. Bunday tadbirlar davomida mutaxassislar tuzilmalarning ishonchliligi va yaxlitligiga ishonch hosil qilishlari kerak. Nuqsonlarini aniqlashda Rentgen vositalaridan foydalangan mahsulotning bir butunligiga va bir jinsliliga tahdidi soluvchi nuqsonlar, ya‘ni yoriqlar, bir xillikning buzilishi, turli nuqsonlar, shikastlanishlar va boshqalar nazorat qilinadi. 11.1-rasmda radiatsion usul yordamida mahsulot sifatini nazorat qilishning

    umumiy sxemasi, 11.2-rasmda esa radiatsion nazorat usullari keltirilgan.





    Download 4,33 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.