• 11.5-rasm. Radioskopik nazorat sxemasi
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet61/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Radioskopik usul

    Radioskopiya. Nazorat qilishning bu usuli nazorat qilinayotgan obyektlarni rentgen nurlari bilan yoritib ko‗rishga, obyektning radiatsion tasvirini yorug‗lik, soya yoki elektron tasvirga almashtirishga va bu tasvirni optika yoki televizion texnika yordamida masofaga uzatish hamda uni chiqish ekranlarida ko‗rib tahlil qilishga asoslangan. Radioskopik usulning vasifasi asosan, xuddi radiografik usulning vazifasiga o‗xshash. Payvand birikmalarni bu usul bilan nazorat qilishning maqsadga muvofiqligi radioskopik usulning nuqsonlarga sezgirligi radiografiyaga nisbatan taxminan 2 marta past, unumdorligi esa 3 - 5 marta yuqoriligini hisobga olgan holda belgilanadi.
    Bu usul nazorat qilinayotgan buyumning ichki tuzilishini uning kirish ekraniga nisbatan 0,3 m/min dan 1,5 m/min gacha tezlikda ko‗chishi jarayonida o‗zgartkichning turiga va buyumning qalinligiga bog‗liq holda ko‗zdan kechirishga imkon beradi.
    Soyali radiatsion tasvirni yorug‗ soyali yoki elektron tasvirga o‗zgartiruvchilar sifatida fluoroskopik ekran, sintillyatsion kristall, elektron-optik o‗zgartkich va kamdan kam hollarda elektrolyuminessent ekran xizmat qiladi. Obyektning rentgen tasvirini axborotni yo‗qotmasdan bevosita videosignalga almashtiruvchi rentgen-ko‗rsatkich (vidikon) alohida o‗rinni egallaydi.
    Radioskopik usulda nazorat qilinuvchi obyektni radiatsion tasviri yorugʻlik tasviriga oʻzgartiriladi. Bu usulda ishlovchi qurilmani blok sxemasi 11.5-rasmda ko‘rsatilgan.


    11.5-rasm. Radioskopik nazorat sxemasi:
    1 - nur manbai, 2-nazorat qilinuvchi obyekt, 3-monkristallik ekran, 4- optik sistema, 5- televizion rubka, 6-kuchaytirgich, 7-televizion qabul qilgich.

    Tasvirlar bu o‘zgartirgichlarda optik sistema orqali qabul qiluvchi televizion sistemaga uzatiladi va so‘ng kuchaytirilib televizion ekranda kuzatiladi.


    Fluoroskopik ekranlar karton asosga fluoressent modda (luminofor) shimdirilib tayyorlanadi, bu modda, masalan, rux sulidi (ZnS) va kumush bilan aktivlashtirilgan kadmiy sulidi (CdS) kristallari aralashmasidan iborat. Rentgen va gamma-nurlarining lyuminofor moddasi bilan o‗zaro ta‘sirlashuvi jarayonlari natijasida ko‗rinadigan spektrning zangori yoki sariq-zangori qismida yoritilishi bilan luminessentsiya vujudga keladi. Nazorat qilish sezgirligi radiografiyadagiga qaraganda 3-6 barobar past bo‗ladi. Bunday ekranlar elektronlarni, protonlarni, 
    - zarrachalarni qayd etish uchun xizmat qiladi, shuningdek, ular rentgenli elektron-optik o‗zgartkichlar (EOO‗)ning kirish elementlari va fluorografiyada foydalanilishi mumkin.
    Sintillatsion kristallar turli xil aktivatorli, kelib chiqishi noorganik (ishqor- galaoidli) va organik (antratsen) bo‗lgan monokristallardan iborat. Taliy (Tl) bilan aktivlangan yodli natriy (NaI), yodli kaliy (KI), yodli seziy (CsI) asosidagi birinchi turdagi monokristallar eng ko‗p tarqalgan. Sintillatsion kristallarning ishlash prinsipi lyuminoforlarning qisqa muddatli chaqnashlari bilan yoritish qobiliyatiga (100 mks – 1 ns tartibda) asoslangan. Yodli seziy (CsI) kristallarida yodli natriy (NaI) kristallariga qaraganda, ularga bir energiyaning bir xil nurlanish dozasida ta‘sir ko‗rsatilganida yoritish ravshanligi kamroq bo‗ladi. Biroq NaI kristallarining gigroskopligi yuqori bo‗lganligi sababli CsI kristallari ko‗proq qo‗llaniladi.
    Sintillatsion kristallar bir qator parametrlariga ko‗ra fluoroskopik ekranlardan ustun turadi, xususan, CsJ kristallarning ajrata olish qobiliyati 10 - 12 chiziq/mm ni tashkil etadi, fluoroskopik ekranlardan foydalanishda esa ajrata olish qobiliyati 3 chiziq/mm dan oshmaydi.
    Elektrolyuminessent ekranlar ba‘zi bir lyuminoforlarning o‗zgaruvchan elektr maydoni ta‘sirida yoritishga asoslangan. Ular quyidagi prinsip bo‗yicha ishlaydi. Ekranga o‗tkazuvchi qoplamlar bo‗lgan joylarda yuqori kuchlanish (600
    - 800 V) ulangan bo‗lib, u yuqori elektr qarshiligi tufayli fotoo‗tkazgichda pasayadi, ayni paytda, lyuminofor qatlamiga tushayotgan kuchlanishning juda oz qismi to‗g‗ri keladi. Nurlantirishda fotoo‗tkazgichning qarshiligi keskin tushadi, luminoforda esa ortadi, bu esa uning yoritishini vujudga keltiradi.
    Elektrolyuminessent ekranlarning kamchiliklariga quyidagilarni kiritish lozim: yoritishlar orasidagi vaqtning juda kichikligi, shuningdek, kuchlanish berilganida dastlabki fonning vujudga kelishiga olib keluvchi luminoforning yoritishi, bu hosil bo‗ladigan tasvirning kontrastini pasaytiradi.
    Bevosita kuzatishda fluoroskopik ekran va sintillatsion monokristall rasshifrovka (shifrni ochish) uchun tasvir ravshanligini ta‘minlay olmaydi. Bunday tasvirlarni yaratish uchun rentgen tasvirining maxsus kuchaytirgichlari – rentgen elektron-optik o‗zgartkichlari qo‗llaniladi.
    Quyidagi 11.6-rasmda radioskopik usulda qoʻllaniladigan electron-optik oʻzgartkichning sxenasi tasvirlangan.



    Download 4,33 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.