• MAVZU: MAGNITLI USULLARDA MAHSULOT SIFATINI PUTUR YETKAZMASDAN NAZORAT QILISH Reja
  • Nazoratning magnit usullari
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet40/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish deganda nimani tushunasiz?

    2. Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullarining afzalliklarini ayting.

    3. Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilishning kamchiliklarini ayting.

    4. Putur yetkazmasdan nazorat qilish usullarini ayting.

    5. Mahsulotlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullarining har biri qanday alomatlar boʻyicha sinflarga ajratiladi?

    6. Putur yetkazmasdan nazorat qilish laborotoriyalari qanday hollarda majburiy akkreditlanishi kerak?

    7. Putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalari qanday tarzda rasmiylashtiriladi?

    8. Putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalarni roʻyxatga olish jurnalida qanday ma‘lumotlar aks ettiriladi?

    9. Putur yetkazmasdan nazorat qilish usullarining klassifikatsiyalanishini tushuntirib bering.


      1. MAVZU: MAGNITLI USULLARDA MAHSULOT SIFATINI PUTUR YETKAZMASDAN NAZORAT QILISH

    Reja:

        1. Nazoratning magnit usullari.

        2. Magnitli nazorat usullari.

        3. Nuqsonlarni magnit kukunli usul bilan aniqlash.

    8.3. Magnitografik usul.


    Tayanch atamalar vatushunchalar: magnit maydon, magnit singdiruvchanlik, ferromagnit, magnitli nazorat usuli, magnit-kukunli usul, ferrozondli usul, magnitografik usul.



      1. Nazoratning magnit usullari

    Har qanday moddalar, ayniqsa metal asosli materiallar u yoki bu darajada magnit xossalarga ega.
    Jism yoki moddalarni magnit xossalari magnit singdiruvchanlik µ bilan ifodalanadi.
    Magnit singdiruvchanlik - tashqi magnit maydon ta`sirida moddaning magnit momentini o`zgartira olishini ifodalovchi fizik kattalik.
    Magnit singdiruvchanlik miqdori boʻyicha hamma moddalar uch guruhga boʻlinadi:

    • diamagnetiklar (µ<1)

    • paramagnetiklar (µ>1)

    • ferromagnetiklar (µ>>1)

    Ferromagnit materiallardan tayyorlangan mahsulotlarning sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilishda magnit usullardan foydalaniladi. Tekshirish usullari nazorat obyektining magnit maydon bilan oʻzaro ta‘sirini tahlil qilishga asoslangan boʻlib, obyektlarning ichki va sirt nuqsonlarini aniqlash uchun eng samarali hisoblanadi.
    Magnitli nazorat usullari metall namunalardagi mavjud nuqsonlar tufayli ushbu sohadan oʻtuvchi magnit maydon kuchlanganligining susayishi evaziga magnit oqimining oʻzgarishiga asoslangan. Bunday holda, nuqson ustida magnit maydonining kuchaygan sohalari hosil boʻladi.
    Magnitli nazorat usullari nazoratning yuqori tezlikda oʻtkazilishini, shuningdek namunadagi turli nuqsonlarni, ya‘ni sochsimon shakldagi 0,0005- 0,001 mm oʻlchamli, chuqurligi 0,01-0,05 mm, uzunligi 0,3-0,5 mm va undan katta boʻlgan oʻlchamlardagi nuqsonlarni aniqlashga imkon yaratadi.


    Download 4,33 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.