|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Fan va Innavatsiyalar vazirligi
|
bet | 5/12 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 4,55 Mb. | | #145266 |
Bog'liq Oxunjon Zanjirli uzatma uchun lotin — копия 100933II. ZANJIRLI UZATMANI LOYIHALASH
2.1. Zanjirli uzatma to‘g‘risida umumiy maxlumotlar.
I lashish hisobida ishlaydigan, etaklovchi va etaklanuvchi yulduzchalar hamda ularga kiydirilgan cheksiz zanjirdan tashkil topgan uzatma, zanjirli uzatma deyiladi (1-sxema).
1-sxema. Zanjirli uzatmaning sxemasi.
1 - etaklovchi yulduzcha; 2 - etaklanuvchi yulduzcha; 3 - zanjir.
Zanjirli uzatma, yuqoridagi asosiy elementlardan tashqari, taranglovchi, moylovchi moslamalar va xavfsizlikni taxminlovchi to‘siqlar bilan taxminlangan bo‘ladi. Zanjirli uzatmaning mustahkamligi yuqori bo‘lgani uchun 100 kvt gacha quvvatni nisbatan katta masofaga (8 m gacha) uzata oladi. Foydali ish koeffitsenti yuqori bo‘lib, ochiq holda foydalanilganda yopiq holatda foydalanilganda esa bo‘ladi.
Zanjirli uzatma tasmali uzatmalarga nisbatan o‘lchamlari ixchamdir. Mashinasozlikda zanjirli uzatma harakatni uzatish uchun mo‘l-jallangan yuritma, yuk tashish va tortish uchun mo‘ljallangan mexanizm sifatida ishlatiladi.
Qadam t deb zanjir zvenolarini birlashtiradigan valiklar orasidagi masofaga aytiladi
Zanjirli uzatmaning uzatish soni katta, asosiy hollarda 2,8…6,3 gacha, maxsus hollarda 15 gacha, markazlararo masofa esa nisbatan kichik bo‘lgan hollarda ham foydalanish imkonini beradi.
Zanjirli uzatmada harakat tezligi yuqori bo‘lib, gacha etadi. Tez aylanuvchi hollar uchun uzatishlar nisbati bo‘lganda, bo‘lib, uzatishlar nisbati bo‘lganda sekin aylanuvchi hollarda esa bo‘lganda 2m/s bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Zanjirli uzatmalarning afzalliklari:
harakatni yuqori quvvvatda nisbatan uzoq masofaga uzata oladi, foydali ish koeffitsienti etarli darajada yuqori. Vallarga tushadigan kuch boshqa uzatmalardagiga qaraganda kichik, zanjirlar ilashish prinsipi asosida ishlaganligi tufayli sir-panish hodisasi ro‘y bermaydi, natijada uzatish soni qatxiy qiymatga ega bo‘ladi.
|
| |