IV. Ishni bajarish tartibi




Download 1,8 Mb.
bet15/20
Sana13.01.2024
Hajmi1,8 Mb.
#136704
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
DORIVOR O‘SIMLIK XOM-ASHYOLARINI TAYYORLASH,

IV. Ishni bajarish tartibi
Gullar mevalar yilning ma‘lum bir davrida yetishtiriladi va insonning oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan bir qator moddalar–vitaminlar, mineral tuzlar, uglevodlar, organik kislotalar va boshqalarning asosiy manbai hisoblanadi.
Mevalarni saqlashdagi asosiy vazifa ularning fizikaviy va kimyoviy tarkibini, ya‘ni tashqi ko‘rinishi, rangi, mazasi hamda oziq-ovqatlik qiymati va boshqa xususiyatlarini saqlab qolishdan iborat. Shu sababli mevalarni saqlash va qayta ishlashni to‘g‘ri va ilmiy asosda tashkil qilish aholini yil mobaynida ushbu mahsulotlar bilan ta‘minlash muammosini hal qiladi.
Gullar va mevalarni saqlashda bo‘ladigan biologik va fiziologik jarayonlarni chuqur o‘rganish va bu borada aniq fikrga ega bo‘lish mahsulotlarni sifatli qilib saqlashda muhim ahamiyatga ega. Mahsulotlarning saqlashga chidamliligi ularni qulay sharoitda saqlash muddati bilan aniqlanadi. Gullar hamda mevalarni saqlashga chidamliligini ma‘lum zona va faslda hamda agrotexnik, texnologik rejimda namoyon bo‘lishi saqlanuvchanlik deb ataladi. Saqlanuvchanlik odatda saqlash davrida mahsulotlarni yo‘qotish og‘irligini foizlarda hisoblangan miqdori bilan belgilanadi.
Gul va mevalarni saqlashda harorat, gaz muhiti tarkibi va havoning nisbiy namligi katta hamiyatga ega. Xom ashyoda moddalar almashish tabiati va tezligiga bog‘liq bo‘lib, ular gul va mevalarning rangi, eti, ta`mi va xushbo‘yligining o‘zgarishiga ta`sir etadi.
Mevalar ma`lum vaqt saqlangandan so‘ng yuqori sifat darajasiga yetadi. Shundan keyin mevalarning qarishi boshlanadi, unda modda almashinishidagi muvozanat buziladi, fiziologik cheklanishlar yuzaga kelib, asosan mevalar eti va rangi, shuningdek saqlanayotgan mahsulotda xushbo‘ylik va ta`m o‘zgarishi kuzatiladi. Kasalliklarga qarshiligi pasayadi va tovar xususiyati yomonlashadi. Bunday o‘zgarishlar nasl xususiyatlari hamda tashqi sharoitlarga turlicha munosabatda bo‘lishiga bog‘liqligidandir.
Mevada moddalar almashinuvi qancha tez bo‘lsa, u shuncha tez buziladi. Modda almashinuvi kamayishi havodagi kislorod va karbonat angidridning miqdori va nisbatiga bog‘liq. Mevalarni uy sharoitida saqlashning zamonaviy usullari, asosan mevadagi kislorodning miqdori 3-5%, karbonat angidridning miqdori 3-11% bo‘lishini talab etadi.
Yopiq idishlar ishlatilganda kislorod kamayib, karbonat angidridning miqdori ko‘payib, 3-11% bo‘lishini talab etadi. Karbonat angidridni zarur miqdorda ushlab turish uchun uni yutuvchi kimyoviy vositalar (kaliy karbonat, potash, dietanolamin) ishlatiladi. Bu usul past haroratda va bosimda qo‘llanilsa, yaxshi natija beradi.
Muzlatgichlarda olma 50-90 kun, nok esa 200 kungacha saqlanishi mumkin. Namlikni kremnemem, mel, kaolin hamda faollashtirilgan ko‘mirdan foydalangan holda boshqarib borish mumkin.
Meva saqlashning keyingi bir usulining mohiyati shundaki, bunda oltingugurt preparatlaridan (yoqib gaz hosil qilish, 6%li suvli eritma holida) foydalaniladi. Bunda mevalar sulfat eritmalariga botirib olinadi. Kalsiy xlorid eritmalariga botirib ham uzoq muddat saqlashga erishish mumkin. Daraxtga sepilgan 1%li eritma mevaning chiroyli bo‘lishi va yaxshi saqlanishini ta’minlaydi.
Meva omborxonalarida havo almashtiruvchi va shamollatuvchi moslamalar bo‘lishi kerak. Lekin, omborxonalarda stellaj yoki qavatlar ham qo‘yilmasligi mumkin. Chunki, meva hosillari shtabellarda o‘rnatilgan maxsus idishlarda saqlanadi. Bahor va yoz fasllarida meva hosilini saqlash uchun meva omborxonasining yoki alohida kameraning ma’lum qismiga muz qo‘yilishi mumkin.
Eng qulay usul – bu tosh va g‘ishtdan yasalgan idishlar bo‘lib, muz uning tubiga qo‘yiladi. Yoki bunday idishni yog‘ochdan yasash ham mumkin. Bu idishga muz va qorlar qish faslida solinishi zarur.
Muz uyumlari ichida saqlash – bunda qish oylarida muz uyumi tayyorlanadi va mevalarning yon tomoniga muz qo‘yib saqlash mumkin. Daryo yoki ichimlik suvini muzlatish hamda suv havzalaridan tabiy muzlar olib kelish mumkin.
Muz uyumlarini yuqoridan va yon tomonidan daraxt shoxlari yoki somon bilan qalinligi 5 sm ga yaqin bo‘lgan qatlamda berkitiladi, so‘ngra uning ustidan 0,5-1 m qalinlikda yog‘och qipig‘ini solish zarur. Shuningdek berkitish uchun qipiq o‘rniga quruq barglar va qamishdan ham foydalanish mumkin.


Download 1,8 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 1,8 Mb.