• III. Kerakli jihozlar va materiallar
  • -LABORATORIYA MASHG‘ULOTI




    Download 1,8 Mb.
    bet19/20
    Sana13.01.2024
    Hajmi1,8 Mb.
    #136704
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    DORIVOR O‘SIMLIK XOM-ASHYOLARINI TAYYORLASH,

    10-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
    I.Mavzu: Dorivor o‘simliklar xom-ashyosini (yer ostki qismlarini) laboratoriya sharoitida tayyorlash usullarini o‘rganish.
    II. Ishning maqsadi:
    Yer ostki qismlarini sifatida ishlatiladigan dorivor o‘simliklar bilan tanishish, Yer ostki qismlarini ni saqlash xamda saqlash usullari bilan tanishish, Vaqtinchalik va doimiy saqlash uchun mo‘ljallangan joylar, optimal temperaturada saqlash, Omborxonalarni tozalash. Omborxonalarda har xil o‘simlik hom-ashyolariga har xil materiallarning ishlatilish usullari, Saqlash joylari va vaqtini o‘rganish xaqida ma’lumotlar berish.
    III. Kerakli jihozlar va materiallar:
    Ildizlar, ildizpoyalar, Tuganak kartoshkalar, piyozlar, tuganak piyozlar, glikozidlar, fermentlar, glikozidlar, alkoloidlar
    IV. Ishni bajarish tartibi
    Quritishning umumiy tartib qoidalari quyidagilardan iborat:
    1. Tarkibida efir moylari mavjud xom-ashyo 30-35 (40)0 S haroratda quritiladi. 10-15 sm qalinlikda efir moylarini uchib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda.
    2. Tarkibida glikozidlar mavjud xom-ashyo 50-600S haroratda. Ushbu holda fermentlar glikozidlarni tarkibini buzishga ulgurmaydi.
    3. Tarkibida alkoloidlar mavjud xom-ashyo 500S gacha haroratda quritiladi.
    4. Tarkibida askorbin kislotasi mavjud xom-ashyo 80-900S haroratda quritiladi.
    Quritishning barcha usullarida (efir moylilaridan tashqari) xom-ashyo qalin yoymasdan joylashtirilib, tez-tez ag‘darilib turiladi, ammo maydalanib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi
    Yer ostki organlar (ildiz, ildizpoya, tuganak va piyozlar) odatda o‘simlik uyquga kirgan vaqtida – erta bahorda yoki kech kuzda tayyorlanadi. Ba’zi er ostki organlarni o‘simlik gullab bo‘lganidan so‘ng yig‘iladi. Chunki, ularning ba’zilarini o‘sayotgan erida baland bo‘yli begona o‘simliklar orasidan topish qiyin (solab turlari va boshqalar), ba’zilarini qurib qolgan poyalarini esa shamol sindirib uchirib ketadi (etmak va boshqalar).
    Yer ostki organlarni belkurak, ketmon va boshqa asboblar bilan qazib olinadi. Bir joyni o‘zida o‘simlik ko‘p hamda er ostki organlari yaxshi rivojlangan bo‘lsa, u holda traktor bilan kovlab olinadi (qizilmiya va boshqalar). Yig‘ilgan er ostki organlarni loy, tuproq, qum, barg va poyalardan tozalab (ba’zilarini suvda yuvib), quritish uchun mayda bo‘laklarga qirqiladi.
    Dorivor o‘simlik xom-ashyolari–ildiz, ildizpoya, po‘stloq, poya egilmasdan sinish darajasiga kelganda; barg va gullar ishqalanganda kukun holatiga kelganda; sersuv mevalar bir-biriga yopishmasdan, bosilgan holda sochilib ketish holatiga kelganda quritish jarayoni tugallangan hisoblanadi
    Quritishning eng oddiy va oson usuli tabiiy sharoitda, ya’ni ochiq havoda quritishdir. Lekin o‘simliklarning er ustki qismlarini (po‘stloq, meva va urug‘laridan tashqari) ochiq havoda, quyoshda qurutib bo‘lmaydi. Aks holda o‘simlikning er ustki organlari hujayralaridagi yashil rang beruvchi xlorofill hamda gul qismlaridagi rang beruvchi pigmentlar parchalanib ketib, poya, barg va qisman gullar sarg‘ayib (ko‘pincha gullar rangsizlanib) qoladi. Xlorofill pigmenti parchalanishi bilan birga o‘simlik tarkibidagi boshqa kimyoviy birikmalar ham gidrolizlanishi mumkin. Shuning uchun ham odatda quyosh issig‘ida faqat er ostki organlar, po‘stloq, meva va urug‘lar quritiladi.

    Download 1,8 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1,8 Mb.