O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali




Download 23,88 Mb.
bet20/31
Sana12.01.2024
Hajmi23,88 Mb.
#136027
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
Mexatronika majmua

Raqam – analog o‘zgartirgichlar
Raqamli kodni analog signaliga (tok, kuchlanish yoki zaryad) aylantiruvchi qurilma raqam – analog o‘zgartirgich deb ataladi. Raqam – analog o‘zgartirgichlar diskret raqamli olam va analog signallar orasidagi interfeys hisoblanadi. Raqam – analog o‘zgartirgichlarning eng keng tarqalgani – bu keng impulsli modulyatorlardir (shirotno - impulsnыy modulyator).
Keng – impulsli modulyatorda doimiy tok yoki kuchlanish davriy ravishda raqamli kodga proporsional ravishda ulanadi. Keyin olingan impulslar ketma – ketligi past chastotali filtr yordamida filtrlanadi. Bunday olingan signallar electromotor tezligini boshqarishda, Hi – Fi audiotexnikada keng qo‘llaniladi.


Rasm 5.5 past chastotali filtr ossillogrammasi


Mikrokontroler - elektron qurilmalarni boshqarish uchun qo’llaniladigan mikrosxema.
AVR – mikrokontrolleri birinchi marta 1996 yilda ATMEL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. AVR loyihasi Alf –Egil Bogen va Vegar Vollan tomonidan taklif etilgan, shuning uchun ularning ismlari bosh harflari bilan yuritiladi (Alf-Egil Bogen Vegard Wollan RISC).
RISC - (inglizcha reduced instruction set computer)— ya’ni qisqa komandalar to’plamli kompyter
Dastur xotirasi (Flash ROM-read only) - mikrokonrolerni bajaradigan ishini boshqaruvchi komandalar ketma-ketligini saqlash uchun mo’jallangan.
Regitr xotirasi (RON va RVV) –bitta faylga birlashtirilgan umumiy vazifaga ega bo’lgan 32 ta registrni o’zida mujassamlashtiradi.
Energiyaga bog’langan xotira (EEPROM-Electrically Erasable Programmable Read-Only Memory) – elektrik o‘chiriladigan qayta dasturlanadigan doimiy xotira.
Operativ xotira(RAM) – ma’lumotlarni operativ saqlash uchun xizmat qiladi. Ta’minot uzilgandan keyin barcha ma’lumotlar o’chib ketadi.
(I/O) kirish/chiqish portlari – 3 dan 53 gacha bir-biriga bog’liq bo’lmagan liniyalarga ega. Portning har bir liniyasi kirish yoki chiqishga dasturlanishi mumkin.
Uzilishlar (INTERRUPTS) – mikrokontrollerning asosiy qismi hisoblanadi. AVR mikrokontrollerlari ko’p darajali uzilishlarga ega. Uzilishlar tashqi yoki ichki muhim deb hisoblangan masalalar sodir bo’lganda dasturning normal bajarilish ketma-kenligini to’xtatadi.
Taymerlar/ hisoblagichlar (TIMER/COUNTERS) – vaqt intervallarini aniq shakllantirish, mikrokontroller chiqishlarida impulslarni sanash, impulslar kenma-ketligini shakllantirish uchun qollaniladi.
Qo’riqlovchi taymer (WDT- Watch Dog Timer) - dasturni tasodifiy uzilish va nosozlirlardan saqlash uchun xizmat qiladi.
Analogli komparator (AC) – mikrokontrollerning 2 ta pinidagi kuchlanishlarni taqqoslaydi. Taqqoslash natijasi dasturda o’qilishi mumkin bo’lgan mantiqiy qiymat bo’ladi.

Analog-raqamli o’zgartirgich (A/D CONVERTER) – uning kirishiga berilgan kuchlanishning sonli qiymatini olish uchun qo’llaniladi.


Universal ketma-ket qabul qilib uzatuvchi (UART yoki USART Universal Asynchronous Receiver/Transmitter, Universal Synchronous-Asynchronous Receiver/Transmitter) – mikrokontrollerni tashqi muhit bilan informatsiya almashuvchi kanalni tashkillovchi ketma-ket interfeys.
SPI (Serial Peripheral Interface) interfeysi – 2 ta qurilmalar o’rtasida ma’lumotlar almashinuvini tashkillovchi interfeys.
Ikki o’tkazgichli ketma-ket interfeys TWI (Two -wire Serial Interface) - ikki yo’nalishga ega bo’lgan 128 tagacha qurilmalarni birlashtiruvchi (SCL) taktli signal liniyasi va (SDA) ma’lumotlar liniyasiga ega bo’lgan interfeys.
JTAG (Joint Test Action Group) interfeysi – 4 o’tkazgichli interfeys bo’lib, montaj platalarni testlash va mikrokontrollerlarni dasturlash uchun xizmat qiladi.
Taktli generator- impulslar ishlab beradi va mikrokontrollerning barcha qismlaridagi jarayonlarni sinxronizatsiyalash uchun xizmat qiladi.  Umuman olganda elektr o’zgartirgichlarning struktura sxemasi quyidagicha ko’rinishida bo’ladi. Mikrokontroller faqat raqamli signal bilan ishlay oladi. Shuning uchun ham kelayotgan signal ARO’ yordamida raqamli signalga aylantiriladi. Ma’lumotlar qayta ishlanib bo’lingandan keyin raqamli signal qaytadan analog signalga aylantiriladi. Chunki tashqi qurilmalar (masalan elektromotor) analog signal bilan ishlaydi. Raqamli signalni qaytadan analog signalga aylantirish uchun raqam – analog o’zgartirgich ishlatiladi
Raqam – analog o’zgartirgichlar
Raqamli kodni analog signaliga (tok, kuchlanish yoki zaryad) aylantiruvchi qurilma raqam – analog o’zgartirgich deb ataladi. Raqam – analog o’zgartirgichlar diskret raqamli olam va analog signallar orasidagi interfeys hisoblanadi. Raqam – analog o’zgartirgichlarning eng keng tarqalgani – bu keng impulsli modulyatorlardir.
Keng – impulsli modulyatorda doimiy tok yoki kuchlanish davriy ravishda raqamli kodga proportsional ravishda ulanadi. Keyin olingan impulslar ketma – ketligi past chastotali filtr yordamida filtrlanadi. Bunday olingan signallar electromotor tezligini boshqarishda, Hi – Fi audiotexnikada keng qo’llaniladi.



Download 23,88 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Download 23,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali

Download 23,88 Mb.