• Zanjirli uzatma – e
  • Gipoid uzatma
  • To‘xtatish qurilmalari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali




    Download 23,88 Mb.
    bet18/31
    Sana12.01.2024
    Hajmi23,88 Mb.
    #136027
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
    Bog'liq
    Mexatronika majmua

    Konussimon tishli uzatmalarda silindrsimon uzatmalardan farqli ravishda kirish va chiqish vallarining o‘qlari kesishgan bo‘ladi. Kinetik uzatmaning yo‘nalishini o‘zgartirishda kerak bo‘lganda qo‘llaniladi.
    Qo‘chqaroqli (chervyak) uzatma – qo‘chqaroqli vintdan qo‘chqaroqli tishli g‘ildirakka mexanik kuchni uzatadi. Yuqori uzatma nisbatiga ega, FIK kichik. Qo‘chqaroqlar bir kirimli va ko‘p kirimli bo‘ladi.



    1.9-rasm. Konusli – tishli uzatma

    Suv dambasini ochib – yopuvchi mexanizmi (zatvorplotini) misolida ko‘rsatilgan (1.9-rasm).



    Gorizontal harakatni vertikal harakatga yoki vertikal harakatni gorizontal harakatga o‘zgartirish uchun ishlatiladi.
    1.10-rasm Chervyakli uzatma

    Gaz kaliti tishlari orasini kengaytirish yoki toraytirishda ishlatilishi mumkin. Chervyak aylantirilganda harakat diskga uzatiladi.


    Tasmali uzatma — egiluvchi element-tasma yordamida mexanik energiyani uzatadi (1.11-rasm). Avtomobil motori misolida ko‘rish mumkin. Bitta diskni harakatini bir yoki bir nechta disklarga uzatiladi.

    1.11-rasm. Tasmali uzatma


    Zanjirli uzatma – egiluvchi elementlar – zanjirlar hisobiga hamda ilashish kuchlari sababli mexanik energiyani uzatadi (1.12-rasm). Yulduzchadagi tishlar eca zvenolar sonini o‘zaro oddiy qilishga harakat qilinadi.
    Velosiped misolida ko‘rish mumkin. Tepkilar yordamida disk aylanma harakatga keladi.

    1.12-rasm. Zanjirli uzatma




    Gipoid uzatma (giperbolik) — vintli uzatmaning bir turi, o‘qlari kesishadigan (odatda 90°) konussimon g‘ildiraklar bilan amalga oshiriladi (1.12-rasm). Bu turdagi uzatma yuqori yuklanishni uzata olishi bilan, shuningdek ilashuvchanligining tekisligi bilan ajralib turadi.
    .

    1.12-rasm. Gipoid uzatma


    To‘xtatish qurilmalari – bu harakatlanayotgan mexanizm harakatini sekinlatish yoki to‘xtatish uchun ishlatiladi.
    To‘xtatish qurilmalari o‘rnatilgan joyda harakatga nisbatan qarshilik momentini tashkil etadi.To‘xtatish qurilmalari o‘rnatilgan joyda harakatga nisbatan manfiy ish bajaradi. To‘xtatish paytida hosil bo‘lgan energiya qisman yoki to‘liq issiqlik energiyasiga aylanadi.
    To‘xtatish qurilmalari quyidagi turlarga bo‘linadi:

    • mexanik to‘xtatish qurilmalari;

    • gidravlik to‘xtatish qurilmalari;

    • pnevmatik to‘xtatish qurilmalari;

    • elektrik to‘xtatish qurilmalari;

    • birlashtirilgan to‘xtatish qurilmalari.

    Gidravlik va pnevmatik to‘xtatish qurilmalari texnikada keng tarqalgan bo‘lib, ular suyuqlik yoki havo bosimi ostida ishlaydi.
    Mexanik to‘xtatish qurilmalarida harakatga elastik prujina qarshilik ko‘rsatadi. Elastik prujina siqiluvchi yoki cho‘ziluvchi bo‘lishi mumkin. Misol sifatida avtomobilning qo‘l to‘xtatish qurilmasi.
    Elektrik to‘xtatish qurilmasida to‘xtatish momenti sifatida elektromagnit maydoni ishlatiladi. Harakatlanayotgan qurilmaga elektromagnit maydoni bilan ta’sir o‘tkazilganda u to‘xtay boshlaydi.
    Birlashtirilgan to‘xtatish qurilmalarida harakatlanayotgan mexanizmni to‘xtatish uchun 2 xil yoki undan ortiq to‘xtatish qurilmalari ishlatiladi. Masalan avtomobilda oyoq orqali boshqariluvchi va qo‘l orqali boshqariluvchi to‘xtatish qurilmalari mavjud. Ulardan biri ishlamay qolganda 2 – sidan ham foydalanish mumkin.
    Yo‘naltiruvchi deb mexanizmning bir elementiga nisbatan to‘g‘ri chiziqli harakatni tashkil etuvchi qurilmaga aytiladi. Yo‘naltiruvchi bir detalni 2 – siga nisbatan aniq harakat qilishini ta’minlaydi. Masalan avtobus eshigini juft yopilishini taminlovchi mexanizm.

    Download 23,88 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




    Download 23,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali

    Download 23,88 Mb.