• Operativ hotira.
  • Ketma – ket port
  • SPU – markaziy protsessor qurilmasi




    Download 23,88 Mb.
    bet26/31
    Sana12.01.2024
    Hajmi23,88 Mb.
    #136027
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
    Bog'liq
    Mexatronika majmua

    SPU – markaziy protsessor qurilmasi. Mikrokontrollerning “Yuragi”. U dasturlar hotirasidan buyruqlar kodini oladi, kodni ochadi va uni bajaradi. SPU registrlardan, arifmetik – mantiqiy qurilmadan va boshqarish zanjiridan tashkil topgan.

  • Dasturlar hotirasi. Bu yerda buyruqlar kodlari saqlanadi. Ma’lum tartibdagi kodlar ketma – ketligi yordamida mikrokontroller uchun dastur shakllantiriladi.

  • Operativ hotira. Bu yerda dastur uchun o‘zgaruvchilar va ularning qiymatlari saqlanadi.

  • Takt generatori. U mikrikontrollerning “Motori”. Mikrokontrollerga tezlik beradi.

  • RESET – bu qayta yuklash zanjiri. Mikrokontrollerning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun zarur.

  • Qo‘riqchi taymer. Bu dasturni chalkashib noto‘g‘ri ishlashiga qarshi ishlab chiqilgan mahsus taymer. U quyidagicha ishlaydi: mikrokontroller ishga tushgandan keyin u vaqt intervalini hisoblashni boshlaydi. Vaqt intervali 0 – 255 gacha qilib olingan. Shu vaqt oralig‘da dastur qo‘riqchi taymerni qayta ishga tushirmasa, u interval ohirida mikrokontrollerni bir o‘chirib – yoqadi va vaqt itervalini hisoblashni qaytadan boshlaydi. Shunday qilib dastur normada ishlayotgan bo‘lsa, u qo‘riqchi taymerga “Hammasi joyida” deb signal berishi kerak. Aks holda qo‘riqchi taymer dasturda buzilish yuz bergan deb tushunadi va mikrokontrollerni o‘chirib – yoqadi.

  • Ketma – ket port. Mikrokontroller va kompyuter interfeysi uchun mo‘ljallangan.

  • Raqamli port. Bu port orqali bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmalarni boshqarish mumkin.


    14-Ma’ruza.AVR mikrokontrollerlari. Kirish/ chiqish portlari

    Har qanday mikrokontroller ishga tushishi uchun minimal sxemotexnik talablar qo‘yiladi. Bular mahsus tashqi qurilmalar bo‘lib mikrokontrollerni energiya (kuchlanish) va tezlik bilan taminlaydilar. Quyidagi rasmda ATmega 16 mikrokontrolleri uchun sxemotexnik talablar ko‘rsatilgan.



    Rasm 11.1 Sxemotexnik talablar

    • Kvars va C1, C2 kondensatorlar takt generatori bo‘lib mikrokontrollerga tezlik ato etadilar. Takt generatorining maksimal chastotasi 16.0 MGs ga teng. Kvars doimo mikrokontrollerning XTAL1 va XTAL2 oyoqchalariga ulanadi. Kondensatorlar generatorni tok bilan bir hilda ta’minlash vazifasini bajaradi.

    • R1 rezistor RESET ni kuchlanish bilan bir meyorda ta’minlab turadi. Agar kuchlanish meyordan kamayib ketsa mikrokontroller o‘chib qolishi mumkin. Natijada dastur algoritmi buziladi.

    • ISP konnektori (In-System Programming) bu mikrokontrollerga dastur o‘rnatish uchun mo‘ljallangan ulash qurilmasi. Ulash qurilmasi yordamida mikrokontrollerga platada turgan joyida dastur yozish mumkin. Bunda mikrokontrollerni platadan chiqarish shart emas.

    • Programmator - bu kompyuterda yozilgan dasturni mikrokontrollerga o‘tkazish uchun ishlatiladigan qurilma. Komputerda yozilgan dasturni mikrokontrollerga o‘tkazish uchun eng ko‘p ishlatiladigan usul bu ISP usulidir. ISP konnektori yordamida dasturni mikrokontrollerga to‘g‘ridan – to‘g‘ri platada turgan holda (mikrokontrollerni platadan chiqarmasdan turib) yozish imkonini beradi. ISP konnektorining 1,2,3,4,5,6 – oyoqchalari mos ravishda mikrokontrollerning GND, VCC, SCK, MISO, MOSI, RESET oyoqchalariga ulanishi shart. ISP usulidan tashqari mikrokontrollerlarga dastur yozish uchun HVP (High – Voltage Programming) va JTAG – interfeys usullari ishlatiladi.

    • L1 drossel va C3, C4 kondensatorlar analog qurilmalarni kuchlanish bilan ta’minlash uchun ishlatiladi. Agar mikrokontrollerda analog qurilmalari bo‘lmasi, u holda drosselni keragi yo‘q.

    • C5 kondensator VCC va GND oyoqchalarni ajratish uchun ishlatiladi. GND va AGND oyoqchalarni birga ulash darkor.

    • VCC – bu mikrokontrollerni energiya bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan oyoqcha. Unga +5.0 V ulanadi.

    • GND (Ground) va AGND (Analog ground) – bu yer (zemlya). Yerlashtirish (zazemlenie) uchun mo‘ljallangan oyoqchalar.





      1. Download 23,88 Mb.
  • 1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




    Download 23,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SPU – markaziy protsessor qurilmasi

    Download 23,88 Mb.