-Ma’ruza. MEXATRON MODULLARNI BOShQARISh. MIKROKONTROLLERLAR




Download 23,88 Mb.
bet24/31
Sana12.01.2024
Hajmi23,88 Mb.
#136027
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
Mexatronika majmua

13-Ma’ruza.
MEXATRON MODULLARNI BOShQARISh. MIKROKONTROLLERLAR
Keng ma’noda harakatlari kompyuterli boshqariluvchi texnik sistemalarni, agregatlarni, mashinalarni va mashinalar kompleksini o‘rganadi. Mexatronikaning asosiy uslubiy g‘oyasi aniq mexanika, mikroelektronika, elektrotexnika, kompyuterli boshqaruv va informatsion texnologiya fanlarini sistemali birlashtirishdan iborat.
Mexatron sistemalar uchta asosiy qismlardan tashkil topadi (rasm 10.1). Bular – mexanika, elektronika va komputerlashgan qism. Sistemaning komputerlashgan qismida harakatni boshqarish algoritmi turadi.

Rasm 10.1 Mexatron sistemaning komponentlari

Mexatronika nuqtai nazardan bu komponentalar tayyor mahsulotni butun “Umri” davomida bir – biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Tayyor mahsulotni “Umri” – bu uni loyihalashdan boshlab uni ishlab chiqarish va buyurtmachi tomonidan foydalanishgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.


Mexatron qurilmalarni an’anaviy avtomatlashtirilgan qurilmalardan farqi:

  • Hamma elementlar standartlashtirilganligi va bir xillashganligi (unifikatsiya) tufayli hamda yuqori darajada integratsiya natijasida tannarhni arzonligi;

  • Intellektual boshqarish metodlarini qo‘llanilishi natijasida murakkab harakatlarni yuqori aniqlikda bajarilishi;

  • Yuqori ishonchlilik, pishiq – puxtalilik va himoyalanganlik;

  • Konstruktiv ihchamlilik;

  • Mashinaning massa va gabarit o‘lchamlari hamda dinamik harakterictikasini yahshilanishi.

Hozirda mexatron modullar va sistemalar quyidagi sohalarda keng qo‘llanilmoqda:

  • Robototexnikada;

  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun ishlatiladigan qurilmalar va dastgohlar ishlab chiqishda;

  • Aviatsiya, kosmik va harbiy texnikada;

  • Avtomobilsozlikda;

  • Noan’anaviy transportda (elektrovelosped, elektr yuk tashish aravalari, nogironlar aravasi va boshqalar);

  • Ofis texnikasi;

  • Kompyuter texnikasi elementlari (printerlar, plotterlar);

  • Tibbiyot qurilmalari;

  • Maishiy texnika (kir yuvish mashinalari, idish yuvish mashinalari);

  • Nazorat – o‘lchov qurilmalari;

  • Foto – va video texnika;

  • Trenajerlar;

  • Shou industriyada (ovoz chiqarish sistemalari va turli rangdagi yorug‘lik bilan bezash);

XX asrning 90 – yillarida mexatronikaning shiddat bilan rivojlanishi uchta asosoy faktorlarga bog‘liq:

  • Dunyo sanoatini rivojlanishini yangilanishga moyilligi;

  • Mexatronikaning fundamental va uslubiy asoslarini kengayishi (asosiy ilmiy g‘oya, prinsipial yangi texnik va texnologik yechimlar);

  • Ilmiy – tekshirish va ta’lim sistemalaridagi mutahassislarni faolligi.




    1. Download 23,88 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Download 23,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Ma’ruza. MEXATRON MODULLARNI BOShQARISh. MIKROKONTROLLERLAR

Download 23,88 Mb.