• Maxsus funksiyalar
  • Tugmachalar va datchiklar. Yorug‘lik indikatori qurilmalari. Ijrochi qurilmalar




    Download 23,88 Mb.
    bet27/31
    Sana12.01.2024
    Hajmi23,88 Mb.
    #136027
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
    Bog'liq
    Mexatronika majmua

    Tugmachalar va datchiklar. Yorug‘lik indikatori qurilmalari. Ijrochi qurilmalar




    Rasm 11.2 Mikrokontroller oyoqchalari strukturasi
    Yuqoridagi rasmda ATmega16 mikrokontrollerining oyoqchalarini strukturasi keltirilgan. ATmega16 mikrokontrolleri 40ta yoqchaga ega. Shuning uchun ham mutahassislar uni “40 yoq” deb atashadi. Uning har bir oyoqchasi kiritish – chiqarish funksiyasidan tashqari maxsus funksiyalarni ham bajaradi. Maxsus funksiyalar qavs ichiga olib yozilgan. Kiritish – chiqarish funksiyalari esa qavsdan tashqarida yozilgan.
    Ixtiyoriy mikrokontrollerni har sakkizta oyoqchasi bitta portga birlashtirilgan. Har bir port o‘z nomiga ega. Jumladan ATmega16 mikrokontrolleri ham. ATmega16 mikrokontrollerini 4 ta porti bor. Bular PA - A port (33 – 40 yoqchalar), PB – B port (1 -8 oyoqchalar), PC – C port (22 – 29 oyoqchalar) va PD – D port (14 – 21 oyoqchalar). Qolgan oyoqchalar (9 – 13 va 30 – 32 oyoqchalar) xizmatchi oyoqchalar deb ataladi. Xizmatchi oyoqchalar funksiyalari haqida yuqorida aytib o‘tildi. Portlarning oyoqchalari 0 dan 7 gacha raqamlangan. Masalan PB1 – B portning birinchi oyoqchasi, PC0 – C portning no‘linchi yoqchasi, PD4 – D portning to‘rtinchi oyoqchasi va h.o. Portlarning ixtiyoriy oyoqchasiga tashqi qurilma ulash mumkin. Tashqi qurilmalar bajaradigan funksiyalariga ko‘ra ikki hil bo‘ladi: 1. Mikrokontrollerga signal uzatuvchi tashqi qurilmalar. 2. Mikrokontrollerdan signal qabul qiluvchi tashqi qurilmalar.

    1. Mikrokontrollerga signal uzatuvchi tashqi qurilmalar – bu datchiklardir. Datchiklar o‘zi o‘rnatilgan muhit haqida ma’lumotlarni mikrokontrollerga signal sifatida uzatadi. Mikrokontroller kelgan signallarni dastur asosida qayta ishlab ijrochi qurilmalarga uzatadi.

    2. Mikrokontrollerdan signal qabul qiluvchi tashqi qurilmalar – bular ijrochi qurilmalar yoki aktuatorlar deb ataladi. Rasm 11.3 da ijrochi qurilmalar ko‘rsatib o‘tilgan. Ijrochi qurilmaning vazifasi mikrokontrollerdan olingan signal asosida sistemani (mashina yoki mexanizm) dasturda yozilgandek boshqarishdan iborat.




    Rasm 11.3 AVR mikrokontrolleri oyoqchasining soddalashtirilgan blok - sxemasi


    Yuqoridagi rasmda AVR mikrokontrolleri oyoqchasining soddalashtirilgan sxemasi berilgan. Blok – sxema quyidagicha o‘qilishi mumkin: “Mikrokontrollerning ixtiyoriy oyoqchasi kirish (Input) yoki chiqish (Output) yoki maxsus funksiya sifatida sozlanishi mumkin. Ixtiyoriy vaqtda oyoqchani holatini o‘qish mumkin”.



    Download 23,88 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




    Download 23,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tugmachalar va datchiklar. Yorug‘lik indikatori qurilmalari. Ijrochi qurilmalar

    Download 23,88 Mb.