• Mikrokontrollerlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali




    Download 23,88 Mb.
    bet25/31
    Sana12.01.2024
    Hajmi23,88 Mb.
    #136027
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
    Bog'liq
    Mexatronika majmua

    Mexatron modullarni boshqarish

    Mexatron sistemalarni boshqarish uchun ko‘pincha mikrokontrollerlar va dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar ishlatiladi. Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar ishlab chiqarishda (zavod yoki fabrikalarda), avtomatik liniyalarni boshqarishda keng qo‘llaniladi.
    Kontroller- plata ko‘rinishida tayyorlangan elektron qurilma bo‘lib, datchikdan kelgan signallarni qayta ishlab aktuatorlarga boshqarish signallarini chiqaruvchi qurilmadir.
    Mikrokontrollerlar – bu dastur yordamida boshqariluvchi mikrosxema bo‘lib, turli kontrollerlarni yasash uchun ishlatiladi.
    Odatda kontroller platasi markazida mikrokontroller joylashadi. Uning atrofida esa elektronika elementlari joylashadi. Elektronika elementlarining vazifasi datchiklardan kelayotgan signallar qiymatini mikrokontrollerga moslash hamda mikrokontrollerdan chiqayotgan signallar qiymatini aktuatorga moslashdan iborat.
    1995 yili Norvegiyaning “Fan va texnologiyalar” universitetining (Tronheym shaxri) ikki talabasi, Alf Bogen va Vegard Vollenlar RISC yadroli 8 razryadli mikrokontroller g‘oyasini AQShning Atmel (Advanced Technology Memory and Logic) kompaniyasiga taklif etdilar. Bu ikki talabaning ismlari AVR arxitekturasiga kiritildi: Alf + Vegard + RISC = AVR.



    Rasm 10.2 DIP korpusli ATmega 8 mikrokontrolleri


    RISC – bu qisqartirilgan buyruqlar to‘plami bilan hisoblash (Reduced Instruction Set Computing) degan ma’noni anglatadi.
    Mikrokontroller kontaktlari yordamida boshqariladi. Mutahassislar tilida bu – oyoqchalar deb ataladi. Demak mikrokontroller oyoqchalari yordamida boshqariladi.
    Mikrokontrollerlar asosan uch hil korpusda tayorlanadi:

    • DIP (Dual inline package) – oyoqchalari ikki tomonga terilgan korpus;

    • QFP (Quad flat package) - oyoqchalari to‘rt tomonga terilgan korpus;

    • SOIC (Small – Outline itegrated circuit) – kichik gabaritli integral sxemalar.

    AVR mikrokontrollerlari CMOS (Complementary-symmetry/metal-oxide semiconductor– komplementar metal oksidli yarim o‘tkazgich) texnologiyasi asosida yaratiladi. Bu texnologiya asosida tayyorlangan mikrokontroller juda ham kam energiya iste’mol qiladi. Mikrokontrollerning energiya istemoli uning ishchi chastotasiga to‘g‘ri proporsionaldir. AVR mikrokontrollerlari 2.7 – 5.5 V (maksimum 6.0 V) kuchlanishda ishlaydi. Analog signalni aniqroq qayta ishlashi uchun alohida analog signallari bilan ishlay oluvchi oyoqchalar mavjud. AVR mikrokontrollerlari bir nechta “Dam olish” rejimiga (Sleep modes) ega. Bu rejimlar AVR mikrokontrollerlariga energiyani maksimal tejash imkonini beradi.
    AVR mikrokontrollerlarining ihtiyoriy oyoqchasi maksimum 40.0 mA tok chiqara oladi. Butun mikrokontrollerdan maksimum 200.0 mA tok olish mumkin. Bu qiymatlarga kuchlanish va chastota maksimumga ega bo‘lgandagina erishiladi.
    AVR mikrokontrollerlari 1.0 MGs chastotada sekundiga bir million operatsiya bajara oladi.
    Mikrokontrollerning asosiy hususiyati shundaki, uning yordamida turli elektron sxemalarni tayyorlash oson. Quyidagi rasmda (rasm 10.3) zamonaviy mikrokontrollerning strukturasi ko‘rsatilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki mikrokontroller datchiklardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra turli qurilmalarni boshqara oladi.

    Rasm 10.3 Mikrokontrollerning strukturaviy sxemasi.

    Tashqi qurilmalar va mikrokontroller orasida o‘zaro moslashtiruvchi qo‘shimcha qurilmalarga hojat yo‘q. Bu qo‘shimcha qurilmalar mikrokontroller kristaliga to‘g‘ridan – to‘g‘ri joylashtirib qo‘yilgan. Moslashtiruvchi qurilmalarni kristalga joylashtirilishi kontroller o‘lchamini kichraytirish va energiya sarfini kamaytirish imkonini beradi.


    Taqqoslash uchun kompyuter mikroprotsessorini ko‘raylik. Unda protsessor bilan tashqi qurilmalarni moslashtirish uchun turli moslashtirish qurilmalari ishlatiladi. Natijada kompyuterning o‘lchami kattalashadi va energiya sarfi ortadi. Yuqoridagi rasmni tahlil etaylik.


    1. Download 23,88 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




    Download 23,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali

    Download 23,88 Mb.