• Og‘zaki o‘qitish usuli (ma’ruza, hikoya)
  • Tasviriy ifodalarni qo‘llash usuli (illustratsiya)
  • Namoyish etish usuli (demonstratsiya)
  • O‘quvchi markazda bo‘lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar.
  • Savol berish orqali o‘qitish usuli
  • Muhokama usuli
  • O‘qituvchi markazda bo‘lgan uslub




    Download 4,1 Mb.
    bet9/13
    Sana23.01.2024
    Hajmi4,1 Mb.
    #143737
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    nihoyat tamom2

    O‘qituvchi markazda bo‘lgan uslub. Bu uslub orqali o‘qituvchi o‘zi egallagan ma’lumot va ko‘nikmalarni o‘quvchilarning sezgi organlari orqali uzatish yo‘llarini qidiradi. Bunda o‘quvchilarning ishtiroki passiv bo‘ladi, ya’ni ular tinglaydilar, kuzatadilar va ma’ruzalarni yozib boradilar.
    Bu uslublar asosan o‘qituvchining qo‘yidagi faoliyat turlari orqali amalga oshiriladi:
    Og‘zaki o‘qitish usuli (ma’ruza, hikoya)
    Insonlar o‘rtasidagi eng sodda muloqot yo‘llaridan biri – og‘zaki nutq – og‘zaki ta’rif yoki asosiy mazmunning ogzaki ifodasi hisoblanadi. Bu uslub butunlay «so‘zlash» orqali amalaga oshiriladigan o‘qitishning eng rasmiy uslubi hisoblanadi. U 40 daqiqa yoki undan uzoqroq davom etadi va odatda o‘quvchining ishtiroki uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.Bunda asosan o‘quvchining eshitish qobiliyati ishga solinadi.
    Tasviriy ifodalarni qo‘llash usuli (illustratsiya)
    Bu faoliyat orqali yetkazilishi kerak bo‘lgan bilim yoki malakalarni tasvirlovchi rasmlar orqali o‘quvchilarning ko‘rish qobiliyati ishga solinadi. O‘quvchilarga yetkazilmokchi bo‘lgan ma’lumotlar tasvirlab berish orqali, turli simvollar yordamida yetkaziladi. Bunday tasviriy ifodalar quyidagi vositalar yordamida amalga oshiriladi: doska, maxsus oq doska, flipchart, video tasvir, videoproyektor, kodoskop, kompyuter grafiklar, magnit taxta, rasmlar, suratlar, bo‘yoqli rasmlar, grafik va jadvallar, diagrammalar, namunaviy va maxsus shaffof qog‘ozga tushirilgan tasvirlar.


    Namoyish etish usuli (demonstratsiya)
    O‘qituvchi ma’lum bir asbob yoki jihozdan foydalanish vazifasini yoki topshiriqqa aloqador harakatlarni namuna sifatida namoyish etib berishi mumkin. Yakka holda namoyish etish o‘quvchini ko‘rish qobiliyatidan foydalanishga undaydi.
    O‘quvchi markazda bo‘lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar.Bu uslublar qo‘llanilganda o‘qituvchi o‘quvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. O‘quvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
    - ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
    - o‘quvchini yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
    - ilgari ortirilgan bilimni ham e’tiborga olinishi;
    - o‘qish shiddatini o‘quvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi.
    - o‘quvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
    - amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
    - ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi;
    - o‘qishni sog‘lom muhitda saqlab qolinishi;
    - o‘qituvching yengillik yaratib beruvchi shaxsga aylanishi.
    O‘quvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Shu sababdan, o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yetarli darajada o‘quvchilar ishtiroki va amaliyoti mavjud bo‘ladi.
    Bu uslublar asosan o‘qituvchining turli faoliyat shakllari orqali amalga oshiriladi. quyida ularning ba’zilari ustida qisman to‘xtalamiz. Savol berish orqali o‘qitish usuli
    O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga savollarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi va bu bilan ularni berilgan ma’lumotni yana takrorlashga undaydi. Shu tariqa ularni o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilgan og‘zaki va boshqa aloqa uslublarini tushunib yetganliklari aniqlanadi.
    Muhokama usuli
    O‘quvchilarga suhbatlashish, masalalarga oydinlik kiritish, savollar berish, shuningdek ma’lumotni o‘zaro va o‘qituvchi bilan muhokama yo‘li bilan tahlil qilish taklifi kiritiladi.
    Suhbat usuli
    Mavzuga aloqador manbaviy ma’lumotlar beriladigan bir sharoitda va darsning bir qismi sifatida ana shu mavzu haqida tushuntirish berish muhim hisoblanadi. Odatda ma’ruza vaqti 30 daqiqadan uzoq bo‘lmasligi kerak va asosiy vaqt ma’ruza ta’riqasida va mashg‘ulot so‘ngida o‘qituvchiga savollar berish uchun bir oz vaqt ajratiladi.

    Download 4,1 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 4,1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qituvchi markazda bo‘lgan uslub

    Download 4,1 Mb.