• Rolli o‘yinlar
  • Loyiha usuli
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi




    Download 4,1 Mb.
    bet11/13
    Sana23.01.2024
    Hajmi4,1 Mb.
    #143737
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    nihoyat tamom2

    Bahs-munozara usuli
    O‘quv guruhini ikki guruhga bo‘lgan holda, biror mavzu bo‘yicha o‘zaro baxs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladi.
    Tadqiqot usuli
    O‘zlashtirish darajasining eng yuqori cho‘qisi; o‘quvchilarning olgan bilimlari asosida hali o‘rganilmagan kichik bir muammo ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishi; keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish; Bosqichlari: darsda hammaga qiziqish uyg‘otadigan muammoni yoki masalani qo‘yish, uni o‘rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar to‘plash, muammoning yechimiga oid taxminlar, bashoratlar qilish va ularning qanchalik to‘g‘riligini to‘plangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va xulosa chiqarish;Ta’lim oluvchilar ayrim tadqiqot ishlarni ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarishadi, ularni yozadilar va qo‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar.
    Rolli o‘yinlar
    Ishbilarmonlik yoki rolli(vaziyatli) o‘yinlar – muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o‘rinda, matnli material o‘rniga o‘quvchilar tomonidan rollar o‘ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi. Bosqichlari: vaziyatni tushuntirish, mos rollarni bo‘lib berish, maqsad va vazifalarni tushuntirish; o‘yin davomida o‘quvchilarning hatti-harakatlarini kuzatib borish; o‘quvchilarning hatti-harakatlari orqali ularga bilim olishlariga, ma’lum malaka va ko‘nikmalarni egallashlariga imkoniyat yaratish; o‘yin natijalarining tahlili; o‘yin natijalarini real hayotiy hodisalar bilan taqqoslash;
    Loyiha usuli
    Bu usul bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni nazarda tutuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. Loyiha usulida o‘quvchilar rejalashtirishda, tashkil qilishda, tekshirishda, tahlil qilishda va bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko‘proq ishtirok etadilar. Ta’lim oluvchilar ayrim kichik loyiqa ishlarini, diplom va kurs loyihalari, bitiruv ishlarini ilmiy asoslangan holda loyihalashtiradilar, mustaqil bajaradilar, ularni yozadilar, taqdimot qiladilar, qo‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar.

    Download 4,1 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 4,1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi

    Download 4,1 Mb.