Biz ma’lumotni qanday o’zlashtiramiz




Download 0,79 Mb.
bet6/7
Sana29.01.2024
Hajmi0,79 Mb.
#148235
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toshpo\'latov metodika

Biz ma’lumotni qanday o’zlashtiramiz

Yuqorida ta’kidlaganidek o’quvchi eshitgandan ko’ra ham eshitsa ham ko’rsa yangi bilimlarni o’zlashtirish ko’rsatgichi yuqori bo’ladi. Shuning uchun yangi bilimlarni berishda taqdimotlardan, mavzuga doir videoroliklardan foydalanish ancha samarali hisoblanadi. Taqdimotlar yaratish ofis dasturlar paketiga kiruvchi PowerPoint dasturidan foydalaniladi. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida darslarni taqdimotlar yordamida o’tish keng tarqalgan. Shuning uchun ko’proq videoroliklar tayyorlash haqida so’zlash ma’qul. Informatika fanini turi dasturlar majmuasidan iborat desak ham yanglishmaymiz. Misol uchun 6-sinf o’quvchilar MS Word dasturi, 9-10-sinflarda MS Excel dasturi, 10-sinfda yana Delphi, MS Access dasturlarida 11-sinflarda PhotoShop dasturida ishlash ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Shunday ekan bu dastur imkoniyatlar bilan tanish uchun birgina kitobning o’zi kamlik qiladi. Bunday paytlarda o’quvchi amaliy bajarilgan videoroliklarni ko’rish ham mavzuni yanada tushunishiga yordam beradi. Bunday videoroliklarni har bir o’qituvchi tayyorlashi mumkin. Buning uchun video yozib oluvchi dastur bo’lishi kifoya. Bunday dasturlar juda ko’p. Ularning safiga Camtasio Studio, FSCapture dasturlarini kiritish mumkin.
Camtasia Studio dasturi – bu kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarni yozib olish imkonini beruvchi juda ham qulay kuchli dastur hisoblanadi. Ushbu dastur yordamida biz ekrandagi jarayonlari oson tasvirga olishimiz, veb-kameralar orqali videoga olishimiz, PowerPoint taqdimotlarini, hamda audio yozuvlarni yaratishimiz mumkin. Dastur videoni tahrirlash imkonini beradi: turli effektlar berish, to’g’rilash, ravshanlik, ularning o’lchamlarini almashtirish, kerakli formatlarda saqlash va boshqalar. Camtasia Studio – video darsliklar, taqdimotlar va boshqa shunga o’xshash kuzatuvchilarga namoyish etiladigan materiallar yaratish uchun mo’ljallangan. Camtasia Studio dasturida monitor ekranidagilarni video tasvirga olishdan tashqari videoni tahrirlash imkoniyati ham mavjud. Camtasia Studio dasturidan foydalanib kompyuter monitorida yuz berayogan barcha jarayonlarni osonlik bilan yozib borish mumkin. Monitor ekranidagi butun sohani yoki uning alohida ajratilgan sohasini yozib olish mumkin, shundan so’ng video va audioning turli effektlarini berishimiz mumkin bo’ladi. Monitor ekranida kuzatilayotgan jarayonlarni yozib olish uchun yetarlicha yuqori unumdorlikka ega bo’lgan kompyuter tanlansa ish unumdorligi ortadi albatta. Camtasia Studio dasturining yana bir afzalligi shundaki, u o’zining shaxsiy TechSmit Screen Capture Codec kodekiga ega bo’lib, tasvirni kodlashtirishda yaxshi natijalarni beradi. Uning algoritmi tizimga bo’lgan ortiqcha yuklanishlarni minimallashtiradi, shuning uchun ushbu dasturdan unumdorligi past bo’lgan kompyuterlarda ham foydalanish mumkin. Dasturning asosiy imkoniyatlari:
1. Monitor ekranidagi va veb-kameralar orqali kuzatilayotgan jarayonlarni, mikrofondagi ovozni sifatli yozib olish.
2. Videolavhalarga turli xil vizual effektlar berish.
3. Videoyo’laklarni kesib olish, birlashtirish, o’chirish va qo’shish.
4. Audio yozuvlar qo’yish va tahrirlash.
5. Videoni bizga qulay bo’lgan formatlarda saqlash SWF, FLV, AVI, MOV, WMV, PPT, GIF, RM, CAMV. Video tasvirni ushlab olish funksiyasini bajarishga mo’ljallangan dasturlar soni kun sayin ortiq bormoqda. Bu esa Internetda video-kurslar va video-darslarning ko’payishi va ommalashishi bilan bog’liq. Ammo ushbu dasturlarning barchasi ham bizga kerakli natijani bera olmaydi, Camtasia Studio dasturi esa boshqalardan video tasvirni sifatli ushlab olishi bilan farqlanadi. Dastur ish stolida sodir bo’layotgan barcha holatlarni yozib oladi, shu jumladan kursor harakatini ham.



Dastur interfeysi(1-rasm).
Ish stoli; 2. Boshqaruv paneli; 3. Vaqt shkalasi; 4. Namoyish qiluvchi soha; Camtasia Studio dasturida to’rtta utilitalar qamrab olingan: Camtasia Recorder, Camtasia Theater, Camtasia Player, Camtasia MenuMaker. Camtasia Studio dasturida yaratilgan lavhalar YouTube tipidagi saytlarda, iPhone apparatlarida, shuningdek odatdagi shaxsiy kompyuterlarda videoni ko'rishga mo’ljallangan har qanday dasturlarda a‘lo darajada ishlaydi va muayyan dasturiy muhitda ishlashni o’rgatuvchi media fayllarni Internetda ko’plab uchratishimiz mumkin. Shu bilan birga dastur tasvir sifatini hech qanday yo’qotishlarsiz saqlash va minimal hajmda videoni saqlash imkonini beradi. Ish stolida navbatdagi lavhani yozib olgandan so’ng, video va audio fayl aks etadi. Olingan natijani ko’rish va tahrirlash uchun, uni sichqoncha orqali vaqt shkalasi maydoniga olib o’tish lozim. Camtasia Studio dasturining boshqaruv paneli.Boshqaruv panelida quyidagilarga murojaat qilish mumkin.
Camtasia Studio dasturida tasvirga olingan videolavhalar proigrvateli, videolavhani tahrirlash va turli hil effektlarni qo’shish jarayonida uni ko’rish uchun mo’ljallangan.
Uskunlara paneli. Uskunlara panelida dasturning har xil funksiyalari to’plangan New Project – yangi loyiha yaratish. Open Project – ilgari yaratilgan loyihani ochish. Save Project – loyihani saqlash. Import Media Files – media faylni import qilish. Produce Video As – tayyor lavhani dastur quvvatlaydigan formatlardan biriga o’tkazish. Undo – oldinga holatga qaytish. Redo – keyingi holatga o’tish. Show/Hide Task List – boshqaruv panelini berkitish/ko’rsatish. Launch other tools – boshqa utilitalarni ishga solish (Camtasia Recorder, Camtasia Menumaker, Camtasia Audio Editor, Camtasia Theater, Camtasia Player). Camtasia Studio Help – dastur bo'yicha yordam.



Download 0,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biz ma’lumotni qanday o’zlashtiramiz

Download 0,79 Mb.