|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qo‘qon davlat pedagogika inistituti sirtqi ta’lim informatika o’qitish metodikasi
|
bet | 3/7 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #148235 |
Bog'liq Toshpo\'latov metodikaKurs ishining maqsadi: Umumta'lim maktablarining 9-sinflarida Informatika va AT fanidan axborotlarni himoyalashga oid mavzularni o'qitish metodikasini ashkillashrish.
Kurs ishining vazifalari:
- Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va vazifalarini o’rganib chiqish;
- Umumta'lim maktablarining 9-sinflarida Informatika va AT fanidan axborotlarni himoyalashga oid mavzularni o'qitish metodikasidan foydalanish uslubiyoti va afzalligi
- Umumta'lim maktablarining 9-sinflarida Informatika va AT fanidan axborotlarni himoyalashga oid mavzularni o'qitish metodikasidan foydalanish.
I BOB. “INFORMATIKA VA AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI” FANINI O’QITISHNING NAZARIY ASOSLARI INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni o‘qitishda rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanilayotgan STEM (science, technology, engeenering and mathematics — fan, texnologiya, muxandislik va matematika) o‘qitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy amallar, algoritmlar, blok-sxemalar va x.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish maqsadga muvofiq.
Informatika axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:
- inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida informatika va axborot texnologiyalarining ahamiyatini anglash;
- o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish;
- kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarishgao‘rgatish;
- algoritmik tuzilmalar, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;
- kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qo’llay olishga o‘rgatish;
- o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish;
-ta’lim-tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari, ongli ravishda kasb tanlashga zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
8-11-sinflardagi amaliy mashg‘ulotlarda “Iqtisod va soliq saboqlari”, “Tejamkorlik saboqlari” o‘quv kurslariga bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim.
Informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash uslub va vositalarni ishlab chiqish va axborotni qayta ishlashning tеxnologik jarayonlarini tashkil etish ulardan foydalanishni ishlab chiqishdir.
Axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan jarayonlar nеgizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi tеxnologiyalarini yaratish;
Jamiyat hayotining barcha sohalari kompyutеr tеxnalogiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muxandislik muammolarini yaratish va tadbiq etish va ta'minlashni hal etish;
Informatika o`z o`zicha mavjud bo`lmay, balki boshqa sohalardagi muammolarini xal etish uchun yangi axboriy tеxnika va texnologiyalarini yaratishga qaratilgan komplеks ilmiy –tеxnik soxadir. U boshqa soxalar xatto jarayonlar va xodisalar noformallashuvi tufayli miqdoriy uslublarni qo`llash munkin emas dеb xisoblanadigan sohalarga xam tadqiqot uslub va vositalarini taqdim etadi. Informatikada kompyutеr tеxnikasi sharofati tufayli amaliy ro`yobga chiqish mumkin bo`lgan matеmatik modеllash uslublarining xalq qilinishini alohida ajratib ko`rsatish lozim .
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qo‘qon davlat pedagogika inistituti sirtqi ta’lim informatika o’qitish metodikasi
|