• Toshkent-2018 TUSHUNTIRISH XATI Informatika va axborot texnologiyalari (Informatika va AT)
  • Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv faninining maqsadi
  • Aniq fanlar blok moduli bo`yicha umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi




    Download 230 Kb.
    bet1/5
    Sana02.07.2024
    Hajmi230 Kb.
    #266371
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    informatika 11 dastur


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


    RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
    ANIQ FANLAR BLOK MODULI BO`YICHA
    UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING O‘QUV DASTURI
    (XI SINF)


    INFORMATIKA VA AXBOROT
    TEXNOLOGIYALARI





    Toshkent-2018


    TUSHUNTIRISH XATI
    Informatika va axborot texnologiyalari (Informatika va AT) – o‘sib kelayotgan avlodga axborotlar bilan ishlash va ulardan samarali foydalanish jarayonlarini puxta o‘zlashtirishni ta’minlaydi. O‘quvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllanishi va o‘zining faoliyatini rejalashtirish, qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni topa olish, o‘rganilayotgan ob’yekt yoki jarayonning informatsion modelini qura olish va yangi texnologiyalardan unumli foydalana olish kabi malakalarni rivojlantiradi.
    Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv faninining maqsadi: o‘quvchilarni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdir.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanining vazifalari:
    yangi ilg‘or axborot texnologiyalarini tatbiq etish va qo‘llash, masalani qo‘yish va gipotezalarini tekshira olish, o‘z xatolaridan hulosa chiqara olish xislatlarini uyg‘otish;
    amaliy faoliyatda kompyuterning imkoniyat va chegaralarini bilish;
    o‘quvchilarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda samarali qo‘llashga o‘rgatish;
    kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarishga o‘rgatish;
    algoritmik tuzilmalarini, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;
    kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata olish hamda amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish;
    o‘quvchilarning iqtidorlarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyati, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
    fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, kreativlikni shakllantirish;
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish;
    media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, axborot xavfsizligiga rioya qilishga o‘rgatish;
    ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiy parametrlarni tanlash va ularni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
    zamonaviy texnologiyadan foydalanib tadqiqotchilik va yaratuvchilik qobiliyatini shakllantirishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’limda o‘rganilgan o‘quv materiallarining o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlari, ta’limning uzluksizligi va uzviyligi asosida Informatika va axborot texnologiyalariga oid tushunchalarni oddiydan murakkabga tamoyiliga ko‘ra mantiqiy ketma – ketlikda berilishi inobatga olingan.
    Informatika va axborot texnologiyalari fani XI-sinfda “Kompyuter grafikasi”, “Web-dizayn asoslari”, “Axborot xavfsizligi” bo‘limlari yuzasidan ma’lumotlar berilib, amaliyotda foydalanish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
    Dasturning yana bir jihati shundan iboratki, bunda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llashga e’tibor qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan xalqaro baholash dasturi talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulot va nazorat ishlari uchun alohida o‘quv soati ajratilgan. Shuningdek, mavzularda o‘quvchilar mustaqil bajarishga va ijodiy fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar berilishi ko‘zda tutiladi.
    O‘qituvchi amaliy mashq darsida nazorat ishi natijalariga ko‘ra o‘quvchilarda aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida xatolarni tushuntiradi, o‘quvchilar esa nazorat ishida berilgan topshiriqlarga o‘xshash topshiriqlarni yechadi va hulosalar chiqaradi. Bunda o‘qituvchiga tabaqalashtirilgan ta’lim tamoyiliga tayanish tavsiya etiladi.
    Ushbu o‘quv dasturida boblar kesimida mavzularga ajratilgan umumiy soatlar hajmi keltirilgan bo‘lib, ularning taqsimlanishi o‘qituvchi tomonidan ijodiy yondashgan holda amalga oshiriladi. Jumladan, taqvim mavzu rejani tuzishda o‘quv dasturida boblarga ajratilgan (mavzularga berilgan) umumiy soat hajmidan chiqmagan holda taqsimlanishi zarur.
    Shuningdek, o‘quvchilarning Davlat ta’lim standarti talablarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish, ularning qiziqishlari asosida iqtidorlarini rivojlantirish maqsadida mavzularga ajratilgan soat hajmini 15% gacha o‘zgartirish va metodik kengash yig‘ilishida kelishilgan holda maktab pedagogika kengashida muhokama qilinib tasdiqlanishi maqsadga muvofiqdir.
    Mazkur dasturda tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxatidan fan o‘qituvchilari ijodiy yondashgan holda mavzularni chuqurlashtirib o‘qitishda foydalanishlari mumkin.
    O‘quv dasturida o‘quvchilarining o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan bo‘lib, o‘quv yili boshlanishida pedagoglarning harakat strategiyasi, pedagogik jarayonni samarali rejalashtirish hamda tashkil etishini belgilab beradi.

    Download 230 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 230 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aniq fanlar blok moduli bo`yicha umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi

    Download 230 Kb.