|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 1/5 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 134,8 Kb. | | #152987 |
Bog'liq billing tizimi iakt
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: BILLING tizimini ishlash texnologiyasi va iqtisodiyotda qo’llash salmog’i
Bajardi: BIA-65 guruh talabasi Azamatova Diyora
Tekshirdi
Mavzu: BILLING tizimini ishlash texnologiyasi va iqtisodiyotda qo’llash salmog’i
Kirish
Billing nima?
Bankda billing tizimi
Billing tizimining afzalliklari va kamchiliklari
Billing tizimlarini qo’llashning iqtisodiy samaradorligini baholash
Billing tiziming xususiyatlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
Bozor iqtisodiyotida axborot muhim omillardan biri xisoblanadi. Axborot yordamida jamiyat azolari, uning tarkibiy bo’linmalari faoliyati boshqariladi, kelgusi rejalar belgilanadi, ularning bajarilishi nazorat va tahlil qilinadi. Axborotsiz jamiyat azolarinining ma’naviy, ma’rifiy, madaniy va boshqa talablari qoniqtirilmay qoladi. Shu bois ham axborotlarga ehtiyojini qondirish xar qanday kishilik jamiyatining ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi.Ushbu ustuvor maqsadga erishish har qanday kishilik jamiyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari sohasini doimiy rivojlantirish obyektiv zarurat qilib qo’yadi.Ushbu sohani rivojlantirish xar qanday mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqini ta’minlashning o’ta muhim amillaridan biri hisoblanadi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orasida keying yillarda aloqa va axborotlashitirish xizmatlari boshqa sohalarga nisbatan jadal rivojlanayotganini alohida takidlash joiz. Ushbu xizmatlar hajmi so’nggi besh yilda 3,3 barobar, o’tgan yili esa 24,5 foizga o’sdi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari tizimida telefon aloqa xizmatlari alohida o’rin tutadi. Mazkur xizmat turning respublikamizda jadal rivojlanishi negizida turli omillar yotadi va boshqa xizmat turlaridan ham turli xususiyatlar bilan farq qiladi. Masalan: xizmatlarning moddiy ko’rinishga ega emasligi, mijozlarga turli-tuman interfaol xizmatlarni taqdim etish, suhbatlar va so’zlashuvlar rasmsiz va rasmli amalga oshirilishi, ko’p sonli ovoz va signallarni payoni yo’q masofalarga parallel ravishda sim orqali va simsiz uzatilishi, mijozlarga xizmatlarni real vaqt rejimida, turli aksiyalar va chegirmalarni qo’llash asosida ko’rsatish, ko’rsatilgan xizmatlar to’g’risida mijozlarga vaqt sarfi, tarifi, qiymati, abonent счети da pul maglag’lari xolati va harakati to’g’risida axborotlarni taqdim etish. Telefon aloqa xizmatlarining boshqa xizmat turlaridan tubdan farq qiluvchi yana bir jihati shundaki, ularni yuqori texnologiyalarsiz, chunonchi, zamonaviy billing tizimlarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Aynan billing tizimlari telefon aloqa xizmatlarini amalga oshirish, ko’p sonli mijozlar (abonentlar) bilan yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar, ular bilan individual hisob- kitoblarni boshqarish hamda nazorat qilish imkonini beradi. Telefon xizmatlarini amalga oshirish va boshqarishni yuqori texnologiyalar sirasiga kiruvchi billing tizimlari asosida amalga oshirish ushbu tizimlar imkoniyatlaridan buxgalteriya hisobini yuritishda ham keng foydalanishni obyektiv zarurat ham qilib qo’yadi.
|
| |