• Ilmiy rahbar: Farg’ona-2024 M U N D A R I J A Kirish……………………………………………………………….……………..3
  • II BOB. TO’RT OYOQLILAR KATTA SINFI BIOLOGIK VA MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
  • Adabiyotlar tahlili
  • Kurs ishining maqsadi ba vazifasi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti




    Download 148.5 Kb.
    bet1/8
    Sana23.03.2024
    Hajmi148.5 Kb.
    #175457
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    To\'rt oyoqlilar reja snoks foyd
    18025913 (4), 18025913 (1), 5-sinf, 1-маъруза, Multimedia va uning zamonaviy ta\'minoti. Multimediadan axborot t, “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI (1), 1509, 118910, baliqlar

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
    BIOLOGIYA TURLARI BO’YICHA” YO’NALISHI
    ZOOLOGIYA
    To’rt oyoqlilar katta sinfi, ularning biologik va morfologik xususiyatlari, tuzilishi va rivojlanishi”
    mavzusida tayyorlagan kurs ishisi.

    Bajaruvchi:
    Ilmiy rahbar:
    Farg’ona-2024


    M U N D A R I J A
    Kirish……………………………………………………………….……………..3
    I BОB.TO’RT OYOQLILAR KATTA SINFI, TUZILISHI VA RIVOJLANISHI.
    1.1.To’rt oyoqlilarning rivojlanish tarixi……….........................………………….6
    1.2. To’rt oyoqlilar katta sinfi hayvonlarniong inson hayotidagi ahamiyati….............................................................................................................13
    II BOB. TO’RT OYOQLILAR KATTA SINFI BIOLOGIK VA MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
    2.1.To’rt oyoqli Umurtqali xayvonlarning ko’payishi ……….............................17
    2.2Quruqlikda yashaydigan to’rt oyoqli umurtqalilar umurtqalilar.............................................................................................................29
    XULOSA………………………………………………………………..…....…39
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..…....…...40


    KIRISH
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha masalalar qo‘yilgan.Jumladan, oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish, oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish va boshqa qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.1
    Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 12 avgust kuni chiqarilgan PQ-4805 sonli qarorida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jixozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish soxalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va xamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
    Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, Prezident Farmoni va Qarorlaridan kelib chiqib, biologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni soha bo‘yicha kengqamrovli ishlarni olib borishi va samarali natijalarga erishish yo‘lida ma’lum darajada darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlash zarurligini taqozo etadi. Zoologiya hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi va yashash muhiti bilan munosabatlarini, shuningdek ularning xususiy hamda tarixiy taraqqiyotini o‘rganadi. Zoologiya kompleks fan bo‘lib, bir qancha fanlarni o‘z ichiga oladi. Sistematika – turlarning xilma-xilligi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki bir-biridan farqi asosida turli sistematik guruhlar o‘rtasidagi ierarxiya (tobelik) munosabatlarini o‘rganadi. Morfologiya – hayvonlarning tashqi, anatomiya – ichki tuzilishini o‘rganadi. Solishtirma va evolyutsion morfologiya – turli sistematik guruhlarga mansub bo‘lgan hayvonlarning tuzilishi va ularning tarixiy rivojlanishini tekshiradi. Embriologiya - hayvonlarning embrional rivojlanishi (ontogenez)ni, filogenetika – esa hayvonot dunyosining evolyutsiyasini, ekologiya – hayvonlarning tashqi va yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini tadqiq qiladi. Etologiya – hayvonlarning xulq-atvorini solishtirib o‘rganadi. Zoogeografiya – hayvonlarning quruqlik va suvda tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni tekshiradi. Qadimgi geologik davrda yashab, hozir qirilib ketgan hayvonlarni paleozoologiya – o‘rganadi. Bu fan filogenetika va evolyutsion morfologiya bilan uzviy bog‘langan. Fiziologiya – esa hayvonlar organizmi funksiyalarini o‘rganadi. Zoologiyani tekshiradigan ob’ektlariga binoan ham bir qancha fanlarga ajratish mumkin. Masalan, protozoologiya – bir hujayrali hayvonlarni, gelmintologiya – parazit chuvalchanglarni, entomologiya – hasharotlarni, akarologiya – kanalarni, ixtiologiya – baliqlarni, ornitologiya –qushlarni, teriologiya – sutemizuvchilarni o‘rganadi. Zoologiya boshqa biologiya fanlari, shuningdek tibbiyot, veterinariya va qishloq, xo‘jaligi bilan uzviy bog‘liq. Zoologiyaning ko‘pgina bo‘limlari esa parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini o‘rganish tibbiyot va veterinariya parazitologiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.2 Adabiyotlar tahlili. Gorelovning “Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya” va B.D. Komissarovlarning “Metodologicheskie problemi shkolnogo biologicheskogo obrazovaniya.” Asarlarida tadqiqot mavzusi yuzasidan muhim ma’lumotlarni uchratish mumkin. Shuningdek, B.L.Farbermanning “Progressivnie pedagogicheskie texnologii” N.S.Sayidaxmedovning “Yangi pedagogik texnologiyalar”, A.Hayitov, N Boymurodovlarning “Ta’limda noan’anaviy darslar va interfaol usullardan foydalanish”,N.N. Azizxo‘jaevaning “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat”, O.M.Mavlonov, S.Najimovaning “Zoologiyaning o‘qitish metodlari va texnologiyalari, J.O.Tolipovaning “Biologiya ta’limi texnologiyalari” kabi asarlari ham tadqiqotni yoritishda asos bo‘lib hizmat qildi. Kurs ishining maqsadi ba vazifasi.Tuproqda yashovchi hayvonlarni o‘rganish esa tuproq, hosil bo‘lish jarayonlarini tushunib olish va tuproq unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ekologo-zoologik tadqiqotlar baliq xo‘jaligi va chorvachilikni yanada rivojlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni iqlimlashtirish va ko‘paytirish, shuningdek qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. Turli hayvonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, shuningdek hayvonlar organizmidagi biokimyoviy o‘zgarishlarni tekshirish, parazit va zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutadi. Zoologiya fani yutuqlari tabiatga ilmiy-materialistik dunyoqarashning rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Zoologiya fani to‘plagan ilmiy dalillar organik olamning rivojlanishi to‘g‘risidagi evolyutsion ta’limotni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.3



    Download 148.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 148.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti

    Download 148.5 Kb.