|
Delphi dasturlash muhitining ishchi interfeysi
|
bet | 4/13 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 43,67 Kb. | | #256312 |
Bog'liq Abdumalikova M Delphi dasturlash tili1.3. Delphi dasturlash muhitining ishchi interfeysi.
Delphi dasturlash muhitining tashqi ko’rinishi Windowsda ko’rish mumkin
bo’lgan boshqa dasturlash muhitlari ko’rinishidan farq qiladi. Masalan, Borland
Pascal for Windows 7.0, Borland C++ 4.0, Word for Windows, Program Manager
– bularning barchasi MDI dasturlari hisoblanadi va Delphiga o’xshamaydi. MDI
(Multiple Document Interface) – bitta asosiy oynaning ichida bir nechta quyi
tipdagi oynalarni boshqarishni bildiradi. Delphi muhiti esa, Single Document
Interface (SDI) deb nomlanuvchi boshqa xususiyatga amal qiladi va alohida
joylashgan bir nechta oynadan iborat. Agar siz Delphiga o’xshash SDI
dasturlardan foydalansangaz, boshqa dasturlar oynalari uni yopib qo’ymasligi
uchun ularni pastga tushirib qo’yish kerak. Agar boshqa dasturga o’tish zaruriyati
tug’ilib qoladigan bo’lsa, Delphi dasturi bosh oynasidagi kichraytirish tugmasini
bosish kifoya.
Delphi dasturlash muhiti oddiy usul bilan ishga tushiriladi, ya’ni, Windows
da Пуск menyusidan Программы bo’limidagi Borland Delphi7 satridan Delphi 7
buyrug’i tanlanadi.
1-rasm. Delphi ni ishga tushirish.
Delphining ishchi muhiti beshta oynadan iborat:
Bosh oyna — Delphi 7;
Formalar dizayneri (Form Designer);
Dastur matni muharriri (Editor Window);
12
Komponentlar to’plami (Component Palette);
Ob’ektlar inspektori (Object Inspector);
Ob’ektlar ro’yxatini ko’rish oynas (Object TreeView);
Yordam tizimi (On-line help).
Delphining bulardan tashqari sizga dasturlash muhiti va dasturni sozlash
uchun xizmat qiluvchi tizim menyusi, uskunalar chizgichi kabi boshqa vositalari
ham bor.
Delphida dasturchilar ko’p vaqtlarini Formalar dizayneri va Dastur matni
muharriri orasida o’tish bilan o’tkazadilar. Siz dasturlashni boshlashdan oldin shu
ikki muhim elementni ajrata olishingizga ishonch hosil qiling. Formalar dizayneri
1-rasmda, Dastur matni muharriri 2-rasmda keltirilgan.
|
| |