O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti sirtqi bo’lim
Fazliddinov Jasurbek
Kirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida1 uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashning asosiy g‘oyalari mazkur ishining mohiyatini ochib berishda ilmiy metodik asos bo‘ldi. Mamlakatimizning barcha sohalarida bo‘lganidek, ta’lim tizimiga ham keng qamrovli islohotlar chuqurroq kirib bormoqda. Bu islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish, mazmunini yaxshilash, pirovard natijada uni jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ma’rifiy rivojlanishiga xizmat qildirishdan iboratdir. Bu borada respublikamiz barcha ta’lim muassasalarida ta’lim mazmunini va sifat darajasini yaxshilash, o‘qituvchilarning metodik saviyasi va malakasini oshirish, ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalar bilan ta’minlash ishlariga katta e’tibor berilmoqda. Binobarin, “Ta’lim to‘g‘risida”dagi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”2ga muvofiq mamlakatimizda uzluksiz ta’limning mazmuni va tarkibida amalga oshirilayotgan tub islohotlar o‘quvchilarning mustaqil ijodiy tafakkurini shakllantirish, ularning oldilarida paydo bo‘lgan muammolarni mustaqil hal qilishga doir ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishni taqozo qilmoqda. Ta'limda muammoli yondashish o’quv dasturlarida ham, o’qituvchi bilimlarini bayon qilishda ham, o’quvchilarning mustaqil ishi va hokazolarda ham o’zining ifodasini topishi lozim. M.N.Skatkin muammoli ta'limning quyidagi uchta asosiy turini alohida ifodalagan: 1. Bilimlarni muammoli bayon qilish. Bunday bayon qilishda o’qituvchi o’quvchilarga u yoki bu qoidalarni faqat gapirib bermaydi, balki og’zaki fikr yuritib, muammoni ham aytadi va uni hal qilish jarayonini ko’rsatadi. 2. Bayonning ayrim bosqichlarida o’quvchilarni izlanishga jalb etish. Bunda o’qituvchi muammoni qo’yadi, o’quv materialini tushuntiradi, lekin ana shu jarayonda o’quvchilarga ulardan izlanish jarayoniga qo’shilishni va u yoki bu bilish vazifasini mustaqil holda hal etishni talab qiladigan savollarni beradi. 3. Ta'limning tadqiqiy metodi. O’quvchilar bilish muammosini anglab, o’zlari izlanish rejasini belgilaydilar, taxmin (gipoteza) ni tuzadilar, uni tekshirish yo’lini muhokama qiladilar, kuzatish va tajribalar o’tkazadilar, faktlarni qayd qiladilar, tajribalarni va faktlarni taqqoslaydilar, umumlashtiradilar. Download 87,69 Kb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti sirtqi bo’lim
|