• 3-§ . Muammoli oqitishning asosiy metodi
  • -§. Muammoli vaziyat, uning belgilari va o'quv muammosi




    Download 87,69 Kb.
    bet4/6
    Sana31.05.2024
    Hajmi87,69 Kb.
    #258550
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Fazliddinov Jasurbek

    2-§. Muammoli vaziyat, uning belgilari va o'quv muammosi
    Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etnladigan o'ziga xos o'qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o'rganiladigan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqnb, bunday vaziyatlarni yaratishniig maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o'qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo'lidan kutilmagan to'sik» bilan bog'langan akliy mashaqqat holati emas. U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglnk xolatidir. Bunday vaziyat negizida avval o'zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda xar qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog'liq bo'lavermasligini ta'kidlash o'rinli bo'ladi. Ya'ni bnlimlar avvalgi bilimlar bilan bog'lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo'lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyat xar qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba ma­shaqqat talab qilgan ob'ekt (tushuncha, fakrning unga avval va ayni vaqtda ma'lum bo'lgan vazifa, masala bo'yncha ichki, yashirin aloqilarini anglab etadi.
    Shunday qilib, muammoli vaziyatning moqiyati shuki, u talabaga tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntnrish uchun avvalgn bilimlar kamlik qiladi) o'rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o'zlashtirish uchun harakatlapgiruvchi kuchdir.
    Muammoli vaznyatning belgilari quyidagnlar:
    • talabaga notanish faktnnig mavjud bo'lishi;
    • vazifshshrni bajarish uchun talabaga beriladpgan ko'rsatmalar, yuzaga kelgan bilish qiyinchiliklarini hal kilishda ularshshg shaxsiy manfaatdorligi.

    Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoli, ya'ni nima noma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va echimini anglash bilan bog'langan.


    Muammoli vaziyatniig fikriy taxlil qiladigan bo'lsak, u avvalambor talabalarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani in­tellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so'z bilan ifodalash, ya'ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o'rinda izchillik yorqin ko'rinadi; avvalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so'ng o'kuv muammosi shakllanadi.
    O'qitish amaliyotida boshqa variant - o'sha muammo tashqi ko'rinishda muammoli vaziyat yuzaga kelishiga muvofiq kelganday bo'ladigai variant ham uchraydi. Faktlar, hukmlar nazariy qondalar.
    Ziddiyatlar mazmunidagi, savollar ko'rinishidagi muammoning ifoda­si odatda «nimaga» savoliga javob bo'ladigai muammoli vaziyatniig mavjudlignni aks ettiradi.
    Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma'lum (berilgan vazifa asosila), noma'lum (ularni topish yangi bilimlarpi shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bnlimlar (talabalar tajribasi). Ular noma'lumni topishga yo'nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma'lum bo'lgan o'quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari xamda natijasi xam noma'lum bo'ladi, lekin talabalar o'zlaridagi avval egallangan bilim va ko'nikmalarga asoslanib kutilgan natija yoki echilish yo'lini izlashga tushadi.
    Shunday qilib. talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil xal qilinish usuli o'quv muammosi bo'la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning echilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa xam o'quv muammosi bo'la olmaydi.
    O'quv muammosining muxim belgilari quyidagnlar:

    • yangi bilimlarpi shakllantirishga olib keladigai noma'lumning qo'yilishi;

    • talabalarda, noma'lumni topish yo'lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan muayyan bilim zahirasinnpg bo'lishi.

    O'quv muammosini echish jarayonida talabalar aqliy faoliyatining muxim bosqichi uning echilish usulini o'ylab topadilar yoki gipoteza qo'yadilar,hamda gipotezani asoslaydilar.
    O'quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladn va bunda xar bir savol uning xal qilinishida bir boskich bo'pnb xizmat qiladi.
    Muammoning tarkibiy qismlari, ma'lum va noma'lumning o'zaro munosabati xarakteri bilimga bo'lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi va faol bilishga bo'lgan izlanishga undaydi.
    Takidlash joizkn, muammoli o'qitishning zaruriy sharti tala­balarda haqiqatni va uning natijasini izlash jarayoniga bo'lgan ijobiy munosabatni vujudga keltirish hisoblanadi.
    Talabalarning muammoli o'qitishdagi ijodiy va qidiruv bi­lish faoliyati muammoli vaziyat paydo qilinganda, talabalar mashgg'ulotda muammoni ifodalab berishdan iborat bo'ladi, ya'ni bilishdagi kiyinchiliklarning paydo bo'lishi mohiyatini (ya'ni ushbu damda unga iima ma'lum bo'lsa) so'z bilan ifodalab beradi, co'ngpa mu­ammoning echilish usullarini kidiradi va bunda gurli taxminlarni olg'a suradi, talabalar haqiqiy deb topgan taxminlardan birini faraz sifagida asos qilib oladi va uni isbotlaydi, izlanish muammo yoki vazifa bajarilgandan so'ng tugallanadi.
    Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat, o'quv muammosi, o'kuv muammo­sini echish uchun izlanish, muammoning echilishi.
    Muammoli o'qitish mashg'ulotlarini tashkil etish va o'tkazishning muxim tomoni shundaki, bunda o'qituvchi uning ham ta'limiy, xam tarbiyaviy funksiyasini yaxshi anglab olgan bo'lishi talab qilinadi. O'qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (echimni) bermasligi lozim, balki ularga, bilimlarni olishga turtki berishi, jiddiy tayyorgarlik ko'rishi lozim: avvaldan shunday savollar o'ylab topishi kerakki, ular talabaning u yoki bu hodisaning moxiyatini o'ylashga majbur etsin, suhbat yo'nalishi va gipotezaning ehtimol ko'rilgan variantlari va uning echilish yo'llarini bashorat qilishsin. O'qituvchi talabalarniig umuman muammoni echish uchun sezarli darajada tayyorgarlik ko'rnb kelmasligini ham ko'zda tutishi va bunday vaqtda sodda va murakkablashtirnb boruvchi qo'shimcha savollarni tayyorlab qo'yishi lozim, bunday savollar orqali talabalar ijodiy xal qilishi shart bo'lgan vazifalarni qismlarga ajratishi xam zarur bo'ladi, ya'ni muammo kichik muammolarga bo'linadi va muammoli vazifa echiladi. O'kituvchi bunday vaziyatda vazminligini saqlashi, talabalarga tezroq yordam berish, kamchiligini tuzatish va yanglish fikr bildirgailarga tanbeh berishga shoshilmasligi, balki ko'shimcha savollar bilan o'zlarlarining xatolarini anglashga va to'g'rn qaror qabul qilishga erishish maqsadga muvofikdir.
    Ijodiy suxbat davomida kamrok tayyorgarlkk ko'rgan, jonli fikr almashuvlarda, shuningdek, iidamasliknn xush ko'radigan talabalarga aloqida ahamiyat berishi lozim. Bunday talabalarniig hulqlarini ko'zda tutgan holda ulardan xam «nido chiqishi»ga erishish maksadida ular uchun xam avvaldan savollar tayyorlab qo'yish ma'qul bo'ladi.
    Ijodiy xarakterdagi suhbat o'quv-tadqiqot ishlarining zaruriy bosqichi hisoblanadi. Unda talabalarniig o'zida gadqiqot ishlari unsurlari mavjud bo'lgan kisman-ijodiy faolnyatning bajarilishini talib qiladigan muammoli xnrakgerdagi mantiqny masalalar dikqatni jalb qnladi.

    3-§. Muammoli o'qitishning asosiy metodi
    Materialni muammoli bayon qilish. Bunda tashabbus o'qituvchi tomonidai amalga oshiriladi na tobora faollashtirnb boriladi. O'qituvchi yangi materialni bayon qilishda uning echilishini o'zn ta'minlaydi. Bunda o'qituvchn ziddiyatlarni ta'kidlaydi, uni eshittirib muxokama qiladi, o'z mulohazalarini bildnradi, haqikani faktlar, isbotlar tizimi yordamida asoslaydi. O'qituvchi bu tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshira olsa, talabalar uning fikrlariga diqqat bilan qo'shilib boradi, muammolarning echilish oqimiga qo'shilib ketadi, birga fikr yuritadi, 6ipga hayajonlanadi, shu tariqa mashg'ulotning qatnashchisiga aylanadi. Bunda o'kituvchi talabaning bilish jarayonini savollar berish, savolga javob berish yo'li bilan boshqaradi va shu orqali auditoriyada o'rganilayotgan materiallar bo'yicha ziddiyatlarga dikqatii jalb kiladi va talabalarni o'ylab fikr yuritishga majbur kiladi. O'qituvchi tushunilmagan savolni xal qilishidan oldinroq talabalar o'zlaricha o'z javoblarini tayyorlab qo'yadilar va uni malum muddat o'tgach o'qituvchining fikri va xulosasi bilan taqqoslaydilar.
    Materialni muammoli bayon qilish axborotli bayon qilishdan tubdan fark kidali, chunki unda u yoki bu xodisaning belgilari, xossalari, tushunchalari, qoidalari shunchaki tasvirlab beriladi, tayyor xulosalar bayon qilinadi.
    O'quv axborotlarining muammoli bayoni metodidan foydalanishning boshqa varianti, fan taraqkiyoti tarixidagi u yoki bu qonunning olimlar tomonidan kashf etilish yo'lini yoritib berishi ham mumkin.
    O'quv jarayoiida keng tarqalgan metodlardan biri - shartli ravisa o'quv axborotlarining bayonini muammoli boshlash deb nomlanadigan metoddir. Materialni muammoli bayon kilish metodidan bu metod muammoli vaziyat faqat materialni bayon qilish boshidagina yaratilishi bilan farqlaiadi. Keyinchalik material axborot usulida bayon qilinadi. Albatta, bu metod yukorida talabaning ijodiy izlanish faoliyati, ayniqsa, ijodiy metodida ko'ringan ko'nikmalarni hosil qilishga imkoniyat bermaydi, lekin talabalarniig mashg'ulot yakunida olgan ilhomlari barcha materialni faol idrok qilnshga, unga yuqori qiziqish uygotishga bevosita turtki beradi. Yuqoridagi barcha metodlar orasida bu metod o'zining oddiyligi bilan ajralib turadi.
    Muammoli vaznyatni tashkil kiliishda quyidagi didaktik maksadlarni xisobga olmsh zarur: o'kuv materialga talabalar dnqqatini jalb qilish, ularning bilishga bo'lgan qiziqishini uyg'otish, talabalarning bilish faoliyatini joilantirish, ularni intellektual zo'rnqish mashakkatlarga olib kelish, talabalar tomonidan egallangan hozirgi bilim, malaka va ko'nikmalar kelajakda yuzaga keladigan bilishga bo'lgan talablarini qondira olmasligini ko'rsata bilish, talabalarga o'kuv muammolarni tahlil qilishga, uning echilishidagi eng rasional yo'llarni aniqlashda yordam berish kerak.
    O'quv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha turlari farqlanadi:
    1. Talabalar qo'yilgan vazifaniig echilish usulini bilmaydilar, muammoli savolga javob bera olmaydilar.
    2. Tala6alap avval olgan bilimlarini yangn sharoitda, holatda foydalanish zaruriyatiga duch keladilar,
    3. Vazifaniig nazariy jihatdan echilishi mumkin bo'lgan yo'li va tanlangan usulning amaliy jihatdan ko'llash qiyinlign ora­sida ziddiyat yuz beradi.
    4. Vazifani bajarilishida natijaga amaliy erishnsh va talabalarda uni nazariy jihatdan asosli bilim etishmasligi o'rtasida ziddiyat yuz beradi.

    Adabiyotlarda muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko'p uchraydigan usullari qayd qilnnadi:


    • hodisalar, o'rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar qo'yish;
    • olingan bilimlariing amaliy tadbiqi usullarini topish uchun muammoli vazifa qo'ynsh;
    • talabalarni hodisalar va faktlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiqliklarni tushuntirib berishga undash;
    • ilmiy tushuichalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chikaradngan fakt va hodisalarni tahlil qilishga undash;
    • talabalarni fakt, hodisa, hatti-harakatlar, xulosalarni so-lishtirish, taqqoslashga. undash;
    • talabalarni go'yo tushuiib bo'lmaydigan xarakterdag'i va fan tarixida ilmiy muammoning qo'yilishiga sabab bo'lgan faktlar bilan tanishtirish.
    Muammoli vaziyatni vujudga keltirishning yuqorida keltirilgan usullari uning boshqa variantlariga chek qo'ymaydi. Har bir o'qituvchi o'zining amaliy faoliyatida o'quv materiallari bilan ijodiy ishlash jarayonida uni tashkil qilishning turli imkoniyatlarini qidirishi va topishi mumkin. Talabalarning fikrlari tobora mukammalashib, muammoli vaziyat ularda ma'lum hissiy hozirlikni vujudga keltiradi, mustaqil amalga oshirilgan bilish jarayonidan, kashshfiyotlardan qoniqish hosil qiladi. Hayratga tushish, tushkunlik yoki shodlik hissiyotlari muammoli vaziyatni to'g'ri tashkil qilish belgilari bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumki, yuqori ko'tarinkilik bilimlarni samarali o'zlashtirish, haqiqatni qidirish va unga erishishning muhim omili hisoblanadi.
    Muammoning murakkabligi, talabalarning bilim saviyasi va malakasi, ularning ijodiy faoliyati, ko'nikmalari, didaktik maqsadga yo'nalganligiga qarab muammoli o'qitishda talaba va o'qituvchi o'zaro munosabatlarining turli variantlari bo'lishi mumkin, ya'ni muammolilikning turli sathlari amalda bo'lishi mumkin.
    Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolikning uch sathi haqida fikr yuritiladi:
    Birinchi sathda o'qituvchi o'zi muammoni qo'yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning echilish yo'lini qidirishga yo'naltiradi.
    Ikkinchi sathda o'qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va echadilar.
    Uchinchi sath – oliy sath bo'lib, unda o'qituvchi muayyan muammoni ko'rsatib bermaydi, balki unga talabalarni “ro'baro'” qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyatga yo'naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. Talabalar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning echilish usullarini tadqiq qiladilar.
    O'quv muammosining qo'yilish jarayonini osonlashtirish uchun muayyan tartibga rioya qilish lozim bo'ladi. YEchilish lozim bo'lgan hamda yangi tushunchalar bilan bevosita bog'liq bo'lgan avvalgi o'zlashtirilgan bilimlar doirasini faollashtirmasdan turib, muammoni qo'yib bo'lmaydi. Muammoli vazifalarni tashkil qilishdan oldin talabalarning sabab-oqibat aloqalarini o'rnata olish usullarini eganlaganligiga ishonch hosil qilish, talabalarning muammoli vaziyatni tahlil qila olish darajasini o'rganish shartdir. Shuningdek, o'qituvchi talabalar e'tiboriga faqat ular uchun qulay bo'lgan muammolarni qo'ymasligi ham mumkindir. Shu bilan birgalikda muammoning echilishini to'g'ri qo'ya bilishni ko'p jihatdan bog'liq ekanligini unutmaslik zarur.
    Bu qoialarni amalga oshirish avvalo o'quv materialining mazmun hususiyati bilan bog'liqdir. Uning tarkibi va tuzilmasiga bir qator talablarni qo'yish mumkin.
    O'quv materiali quyidagi mazmunni o'z ichiga qamrab oladi:
    - yangilik unsurlari (yangi tushunchalar, yangi belgilar, xususiyatlar, noma'lum tushunchalarning jihatlari, yangi aloqalar, harakatlarining yangi usullari);
    - faktlar, bilish vazifalari va masalalari, ziddiyatlari ko'rinishidagi materiallarni qamrab olgan ma'lum bilimlar va yangi bilim o'rtasidagi ziddiyat;
    - umumpedagogik va didaktik tamoyillarni hisobga olgan pedagogik nazariyaning metodologik asoslari materialini mantiqqa muvofiq bayon qilish.

    Shuni ta'kidlash lozimki, o'qitish jarayoni faqat “muammoli” yoki “nomuammoli” metodlar yordamidagina amalga oshmaydi, balki uning samarali borishi uchun xilma-xil metodlarni qo'llash maqsadga muvofiqdir. O'qituvchi mashg'ulotning maqsadi, o'quv materiallarining mazmunini to'plash, auditoriyada qatnashgan talabalarning xarakteri, ularning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda ularni tinglash hamda birini ikkinchisi bilan bog'lashni amalga oshiradi. Shundagina o'quv jarayonining yuqori samaradorligi ta'minlanadi. Shuningdek, muammoli o'qitishning samaradorligi ko'p jihatdan talabalarning ijodiy faoliyatiga, muammoni ifodalash va echishga bo'lgan tayyorgarligiga bog'liq bo'ladi. Ularni ijodiy faoliyatiga jalb qilishda muammoli boshlash bayonidan asta-sekin tadqiqot ishlarigacha o'tish, muammoli o'qitishning barcha metodlari zanjirida asta-sekin oddiydan murkaabga o'tish tavsiya etiladi.


    Pedagogikaga oid adabiyotlarda talabalarning ijodiy faoliyati reproduktiv, qayta ishlab chiqish metodlarini shakllantirmasdan avval amalda bo'la olmasligi ta'kidlanadi. Agar o'rganilayotgan kursning (bo'lim, mavzuning) mohiyatini, ulardan foydalanishning zarur metodik materiallari va qoidalarini talabalar bilmasa va anglamasa, o'qituvchi ularning ijodiy faoliyatini tashkil eta olmaydi.
    Demak, muammoli o'qitish etarli darajada samarali bo'lishi uchun u yaxlit o'quv-tarbiya jarayonining uzviy qismi bo'lishi kerak.
    Muammoli ma'ruzalar o'tkazish jarayonida, talabalarda ijodiy faoliyatga zarur bo'lgan motivlar, qimmatli yo'l-yo'riqlar va yo'llanmalarning shakllanganligi muhim o'rin egallaydi.
    Ta'kidlash joizki, o'quv faoliyati motivlarining doirasida juda ko'p motivlar yig'indisi bo'lsa-da, ulardan ikki guruhi belgilovchi hisoblanadi.
    Birinchi guruhga maxsus motivlar taalluqli. Ular talabalar tomonidan barcha hayotiy ehtiyojlarni chuqur anglash, mutaxassis bo'lib etishishi uchun bilimlarni egallashning ijtimoiy zarurligini tushunishni qamrab oladi. Bu guruh motivlarini o'qituvchi kursning amaliy xarakteri va kasbiy yo'nalganligini namoyish qilish orqali talabalarning tushunchalarini amalda qo'llash orqali kuchaytirish mumkin.
    Ikkinchi guruh motivlari o'quv fanlari va bilishga bo'lgan qiziqish bilan bog'langan. Bu guruh motivlari mohiyatini o'qituvchi talabalardagi o'quv fanlariga bo'lgan qiziqishini bilish to'g'risidagi bilimlarni shakllantirish orqali kuchaytirish mumkin. Buning uchun ma'ruza jarayonida xatti-harakatlarning namunaviy usullari, tushunchalar tizimining mantiqiy usullari, aniqlanmalar, xislatlar va boshka isbotlovchi qurilmalarining «tushunchalar asosida xulosalar» hatti-harakatlari shakllanishining' didaktik kimmatini belgilovchi o'quv materialiga urg'u beriladi.
    Talabalarda yuqorida bayon qilingan malakalarni shakllantirish uchun ma'ruzani o'tkazish uchun shunday tayyorgarlik ko'rish ko'zda tutilishi kerakki, ular tayyor bilimlarni chaqqonlik bilan harakat usullariga aylantira olsin. Bu didaktik maqsadga erishish uchun talabalarning echimlarni qanday shakllantirnshlariga, tushunchalar echimiiiig qanday usullari borligiga, u yoki bu ifoda qaysi talablar aso­sida qoniqtirilayotganiga, dastlabki omil, argumentlar, xulosaparga diqqatni jalb qilnsh lozim.
    O'qitishning bu metodini ma'ruza o'qishiing axborot - tasviriy yondashuvdan qisman ijodiy va ijodiy metodga o'tish orqalp amalga oshirish mumkin, ular talabalarda maruzaning turli bosqichlarida va sharoitlarida muayyan bilish mashaqqatlarini tug'diradiki, ular o'kitish jarayonida avval shakllangan bilim va ko'nikmalarii joriy etish hamda qayta ishlash asosida munaffaqiyatli hal qilinadi.
    Talabalarii ijodiy faoliyapa tayyorlash tizimida, o'qituvchining ma'ruza jarayonida ularga e'tibor qaratishi o'quv-bilish faoliyatiga mos ko'rsatmalarni bera olishi muhim ahamnyatga eta. Shu maqsadda ma'ruzada o'quv faii mazmuniiing umumiy-ta'limiy kimmatini isbotlash bilan birga uning shaxs intellekt», dunyokarashi, bilimlar­ni tasniflash va qo'llash usullari, ulardai tejamli foydalanish ham­da to'g'ri baholay olish tarbiyasiga ta'snr etishni ham isbotlash lozim bo'ladi.
    Shuningdek, bunday eksperiment (amaliyot), egallangan bilimlar. fikrlarni (hukmlarii) qurnsh usullarining haqikiyligini tasdiklashga qaratilganligini ta'kidlash lozim. O'quv mashg'ulotlariping bunday bornshi talabalarda ilmiy-nazariy tadqiqot va eksperiment o'tkazish malakasini shakllantiradi, bu bi­lan ular ilmiy ijod kengligiga, ishchanlik muloqotiga chnqadi, tadqiqotning bosqichlarini rejazashtiradi, uning maksad va vazifalarnni ifodalaydi. metodikasini ishlab chiqadi.

    Download 87,69 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 87,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Muammoli vaziyat, uning belgilari va o'quv muammosi

    Download 87,69 Kb.