|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 158/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Funksiya tadbiqi
1-masala. Ihtiyoriy sonning darajasini hisoblovchi Daraja2 nomli funksiya hosil qiling. Daraja2 funksiyasi orqali a, b, c sonlarining darajasini hisoblovchi dastur tuzing.
2-masala. Ikkita sonning o‘rta arifmetigi va geometrigini hisoblovchi o‘rta_arifmetigi_geometrigi nomli funksiya hosil qiling. o‘rta_arifmetigi_geometrigi funksiyasi orqali a, b, c, d sonlaridan (a, b), (a, c), (a, d) juftliklarining o‘rta arifmetigi va geometrigini hisoblovchi dastur tuzing.
3-masala. Teng tomonli uchburchakning yuzasini hisoblovchi uchburchak_yuzi nomli funksiya hosil qiling. Uchburchak_yuzi funksiyasi orqali uchta teng tomonli uchburchakning yuzini hisoblovchi dastur tuzing.
4-masala. Natural sonning raqamlar yig‘indisini hisoblovchi raqamlar_yig‘indisi nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya orqali a, b, с sonlarining yig‘indisini hisoblovchi dastur tuzing.
5-masala. Butun musbat sonning raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi teskari_tartibda nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya orqali a, b, с sonlarining raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi dastur tuzing.
Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1-masala. Ihtiyoriy sonning 3 - darajasini hisoblovchi PowerA3 nomli funksiya hosil qiling. PowerA3 funksiyasi orqali А, В, С haqiqiy sonlarining va D, E butun sonlarining 3 - darajasini hisoblovchi dasturini tuzing.
2-masala. Ihtiyoriy sonning 2, 3, 4 - darajasini hisoblovchi PowerA234 nomli funksiya hosil qiling. PowerA234 funksiyasi orqali А, В, С haqiqiy sonlarining 2, 3, 4 - darajasini hisoblovchi dasturini tuzing. Funksiya prototipi quyidagicha bo‘lishi mumkin: PowerA234(float . float *, float *, float *);
3-masala. 2 ta sonning o‘rta arifmetigi va goemetrigini hisoblovchi MEAN nomli funksiya hosil qiling. MEAN funksiyasi orqali А, В, C, D sonlaridan (А. В), (A. C), (A. D) juftliklarining o'rta arifmetigi va geometrigini hisoblovchi dasturni tuzing.
Funksiya prototipi quyidagicha bo‘lishi mumkin: MEAN(float, float . float *, float *);
|
| |