|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 159/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.20234-masala. Teng tomonli 3 burchakning yuzasi va perimetrini hisoblovchi Triangle nomli funksiya hosil qiling. Triangle funksiyasi orqali 3 ta teng tomonli uchburchakning perimetri va yuzini hisoblovchi dasturni tuzing. Triangle(float, float
*, float *);
5-masala. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini va perimetrini uning qarama - qarshi uchlari koordinatasi orqali hisoblovchi RectPS nomli funksiya hosil qiling. (x1,y1,x2,y2) to‘g‘ri to‘rtburchakning qarama - qarshi uchlari. RectPS funksiyasi orqali 2 ta to‘rtburchak yuzi va perimetrini hisoblang. To‘rtburchak tomonlari koordinatalar o‘qiga parallel. Funksiya prototipi quyidagicha bo‘lishi mumkin: RectPS(int, int, int *, int *);
6-masala. Natural sonning raqamlari soni va raqamlari yig‘indisini hisoblovchi DigitCountSum nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya orqali a, b, с sonlarining raqamlari soni va yig‘indisini hisoblovchi dasturni tuzing. DigitCountSum (int, int *, int *);
7-masala. Butun musbat sonining raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi InvertDigit nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya orqali a, b, с sonlarining raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi dasturni tuzing. Funksiya prototipi quyidagicha bo‘lishi mumkin: InvertDigit (int);
8-masala. Kiritilgan К butun musbat sonining o‘ng tarafiga (oxiriga) R raqamini (1<=R<=9) qo‘shuvchi AddRightDigit nomli funksiya hosil qiling. Funksiya prototipi quyidagicha bo‘lishi mumkin: AddRightDigit (int son, int raqam);
9-masala. Kiritilgan К butun musbat sonining chap tarafiga (boshiga) R raqamini (1<=R<=9) qo‘shuvchi AddLeftDigit nomli funksiya hosil qiling. Funksiya prototipi quyidagicha bo‘lishi mumkin: AddLeftDigit (int *son, int raqam);
10-masala. Ikkita sonning qiymatini almashtiruvchi Swap nomli funksiya hosil qiling. Swap funksiyasi orqali А, В, C, D sonlaridan (A, B), (D, C) juftliklarining qiymatlarini almashtiruvchi dasturini tuzing. Funksiya prototipi quyidagicha bo‘lishi mumkin: Swap (int *, int *);
|
| |