|
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 233,87 Kb. | | #236426 |
Bog'liq Hisobot yuzi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
MALAKAVIY AMALIYOT UCHUN
HISOBOT
TOSHKENT – 2023
Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisidagi" qonunga muvofiq OTM lar oldiga qoʻyilgan asosiy vazifalaridan biri, malakali kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Shu maqsadda bizning nazariy tayyorgarligimizni amaliyot bilan uzviy bogʻlash, avtomatlashtirish va boshqaruv vositalari va sistemalarini hamda kompyuter texnologiyasidan foydalanishda mukammal egallagan mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Men Kompyuter injiniring Axborot xavfsizligi KI-06 guruh talabasi Abdusattorov Otabek biz uchun ishlab chiqilgan talablar asosida tuzilgan sohamiz boʻyicha amaliy bilimlar va koʻnikmalarni hosil qilish bilan birga olgan bilimlarimizni yanada mustahkamlash maqsadida shu bilan bir qatorda Oliy oʻquv yurti bilan ishlab chiqilgan korxona va tashkilotlarning oʻzaro aloqalarni bogʻlash maqsadida Sergeli tumani maktabgacha va maktab ta’limbolimida amaliyot oʻtash uchun bordim.
Malakaviy amaliyot oʻtashimizdan maqsad bizning nazariy olgan bilimlarimizni amaliy koʻnikmalar bilan mustahkamlash, korxona faoliyati bilan tanishib chiqish, eng avvalo mijozlar bilan ishlash koʻnikmalari, mijozlar tarafidan berilgan tovarlarni tizimga kiritish roʻyxatdan oʻtkazish, tovarlarni belgilangan joylarga yetkazish, sifatli xizmat koʻrsatish, rus va oʻzbek tillarida ravon soʻzlasha olish koʻnikmalariga ega boʻldim.
Malakaviy amaliyotning asosiy vazifalari:
- Taʼlim jarayonida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, tajriba va koʻnikmalarni hosil qilish;
- Korxona faoliyati bilan toʻliq tanishib chiqish;
- Korxona ish jarayonlarini, mijozlar bilan ishlash va ular tarafidan berilgan tovarlarni tizimga kiritish;
Amaliyot oʻtash davrida men quyidagilarni oʻzlashtirdim:
- Universitetda oʻqilyotgan fanlardan olgan nazariy bilimlarni amaliyotda yanada mustahkamlab oʻzlashtirdim;
- Universitetda mavjud zamonaviy hisoblash texnikasida amaliy ishlash bilimiga ega boʻldim;
- Universitet sohasi boʻyicha ilgʻor texnologiyalar va shunga oʻxshash vositalarni qoʻllanilishini oʻrgandim
Bulardan tashqari amaliyot oʻtash jarayonida mehnatni tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni oʻrganib hisobda aks ettiryabman.
Amaliyot davrida men qoʻshimcha topshiriqlarni ham bajardim. Qoʻshimcha topshiriq Universitetimiz sharoitidan kelib chiqqan holda amaliyot rahbarimiz tamonidan berildi. Qoʻshimcha topshiriqlarni bajarish davrida men texnik yechimlarni, iqtisodiyotni oʻrganishni, shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda yangi qurilmalar bilan tanishdim. Amaliyot ob'ekti bilan tanishib va amaliyot oʻtash boʻyicha buyruqni chiqarish, amaliyot rahbarimiz bilan amaliyot taqvim rejasini tuzib chiqdik. Boshqaruv strukturasi bilan tanishib korxonaning asosiy ish yuritish boʻlimlar bilan tanishib chiqdik. Shuning bilan birgalikda korxonaning chel eldagi kuryer xizmatlari bilan yaqindan tanishib chiqdim. Korxonaning tovarlar saqlanuvchi, tizimga kiritish joylari, kuryer xizmatlari, mijozlarni qabul qilish jarayonlari va joylari bilan yaqindan tanishib chiqdim. Raxbar ruxsati bilan MeaSoft dasturi orqali tizimga kiritishni oʻrgandim. Shu bilan bu dasturning xavfsizlik texnikasi bilan tanishdim. Universitetimizda olgan nazariy bilimlarni amaliyotda yanada mustahkamlab yana yangi bilimlarga ege boʻldim.
|
| |