-Xavfsizlikni ta`minlash.
Ko`rib turganimizdek ulardan biri xotirani boshqarishdir.
Mikroprotsessor kerakli ma`lumot yoki dasturlarni aynan xotiradan
oladi va natijalarni unga yozadi.
Xotira bir necha turga bo‘linadi.
- Operativ
- BIOS –doimiy
- KESh
- CMOS –yarim doimiy
- Videoxotira va boshqalar.
Operativ xotira. Operativ xotira yoki tezkor xotira o‘zida
kompyuterda
ishlatilayotgan dasturlarni va ma`lumotlarni hamda boshlangich, oraliq va
oxirgi natijalarni saqlaydi. Ma`lumotlar tashqi xotiradan operativ xotiraga
ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda tashqi xotiraga qayta yoziladi.
Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ xotiradagi ma`lumotlar o‘chiriladi.
Ular RAM (OZU, RAM, Random Access Memory xotiraga ixtiyoriy
boglanish) deb ataladi. Kompyuterning imkoniyatlari bevosita xotira hajmiga
bogliq, agar xotira hajmi etmasa ko‘pchilik dasturlar ishlamaydi yoki juda
sekin ishlaydi.
Tezkor xotira hajmi Mb va Gb larda o‘lchanadi.
Tezkor xotiraning
hajmi etarli bo‘lmasa, kompyuter tez-tez tashqi xotiraga murojaat qilishi kerak
bo‘ladi va bu ish sur`atini keskin pasaytirib yuboradi. Windows XP hajmi 128 Mb
belgan tezkor xotira bilan ham ishlaydi. Lekin kompyuterga kamida 1 Gb, yaxshisi
2 Gb xotira o‘rnatish tavsiya qilinadi. Kompyuter o‘chirilganda, uning tezkor
xotirasidagi barcha ma`lumotlar ham o‘chib ketadi. Shu sababli keyin ham kerak
bo‘ladigan ma`lumotlarni tashqi xotiralarning birida, odatda vinchester
rusumidagi qattiq diskda saqlab qo‘yish kerak.
BIOS (Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy tizimi) -
doimiy xotira ona platada joylashgan alohida mikrosxema bo‘lib, u faqat o‘qish
rejimida ishlaydi. Shuning uchun ham u PZU yoki ROM (Read
Only Memory-
faqat o‘qish uchun) deb ataladi. BIOS hajmi kichik bo‘lib, unga ma`lumot
ishlab chiqargan firma tamonidan yoziladi va o‘chmasligi uchun akkumlyator
batareyasi o‘rnatiladi.
Kompyuter ishga tushirilgach avtomatik ravishda BIOS dasturi ishga
tushadi va qo‘yidagi amallarni bajaradi:
– kompyuterning asosiy qurilmalarini testdan o‘tkazish. Asosiy qurilmalar
soz bo‘lganda operatsion tizim bo‘lgan yuklagichli modulini operativ xotiraga
yuklash;
– operatsion tizimning boshqa modullarini vinchesterdan operativ
xotiraga yuklagich orqali yuklash.
BIOS da shuningdek kompyuter konfiguratsiyalarini
sozlovchi SETUP
dasturi ham joylashgan bo‘ladi. Bu dastur qurilmalarning ba`zi bir tavsiflarini
o‘rnatishga (videokontroller, qattiq disk va disket qurilmalarini, parollarni
o‘rnatish va boshqalar) xizmat qiladi. Bu dasturning ishlashini kompyuterni
yuklashda va qayta yuklashlarda ko‘rish mumkin.
CMOS-yarim doimiy xotira. Kompyuter konfiguratsiya qiymatlarini
saqlovchi xotira. U maxsus akkumlyator yordamida
kichik quvvatda ishlaydi,
shuning uchun undagi ma`lumot hech qachon o‘chib ketmaydi. SETUP
o‘zgarishlari CMOS ga yoziladi.
Kesh xotira. (cache) Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish
uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan
bo‘lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan
amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko‘proq
ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning
xotiraga murojaatida avvalo kerakli dastur va
berilganlar kesh xotiradan
qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan
ancha kam bo‘lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo‘ladi.
Videoxotira. (VRAM) Videoxotira monitor ekraniga video
ma`lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Videotasvirlar
(ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko‘p joy egallaydi. Shuning uchun video
xotira hajmi qancha katta bo‘lsa, shuncha yaxshi albatta. Videokontroller alohida
plata shaklida, gohida esa ona plata tarkibida ishlab chiqaraladi.
Linux operatsion tizimida disklarni boshqarish quyidagicha amalga
oshirildi: Dastlab, barcha disklar aniqlashtirib olinadi(kerakli disklar ulanadi) va
fdisk komandasi orqali fizik tomlar yaratiladi. So’ng,
barcha fizik tomlar bitta
volume group ga birlashtiriladi va bitta yaxlit disk shaklida hosil qilib olinadi.
Administrator yaxlit volume group ni istaganicha logical volume larga
bo'ladi. Qo’pol qilib aytganda, administrator shu mexanizm orqali istalgan
hajmdagi vinchesterni hosil qila oladi. Agar, yangi disk qo’shish kerak bo’lsa yoki
biror bir disk ishdan chiqsa administrator volume group orqali bu ishlarni amalga
oshirishi mumkin bo’ladi.
Operatsion tizim o’rnatilayotganda, tizim disklarni qay tartibda
boshqarish kerakligini so’rab oladi, agar administrator bu so’rovga e‘tibor
bermasa, tizim o’zi disklarni ajratib oladi. Ko’p hollarda tizim,
avtomat yangi
volume group ochib, shu group da swap razdel ham ochadi va bu volume group ni
qolgan joyini ishlatish uchun taqdim etadi, lekin boot loader ni volume group ga
qo’shmaydi.
Oldin ATA(PATA) ulanishdagi vinchesterlar ommalashgan edi va linux
bu disklarni /dev/hda, /dev/hdb, /dev/hdc, /dev/hdd… ko’rinishda
foydalanuvchiga taqdim etar edi. Albatta ulanish turiga qarab Primary Master,
Primary Slave, Secondary Master,Secondary Slave. Keyin SATA/SCSI
disklar
chiqdi va tizim ularni /dev/sdX X — harf, disklarni ulanish ketma-ketligi bo’yicha
o’zgaradi. Keyinchalik udev nomli disklarni nomlanish texnologiyasi paydo
bo’ldi(2.6 yadrodan boshlab) va disklar ulanish turi va raz‘yomidan qat‘iy nazar
/dev/sdX kabi nomlanadigan bo’ldi. Hozirgi kunda barcha linux tizimlar udev
texnologiyasi bo’yicha ishlaydi.