O‘zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand davlat univеrsitеti




Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana24.05.2024
Hajmi1,33 Mb.
#252152
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Opertasion tizimlar Labarotoriya ishlanmasi

4-labarotoriya ishi. 
 
Mavzu: Fayllarni boshqarish. Fayllarni boshqarish komandalari bilan 
ishlash 
 
Maqsad va vazifalar: Talabalarda fayllarni boshqarish va ularga oid 
komandalar bilan ishlash bo`yicha bilim va ko`nikmalarni hosil qilish.
Jihozlar va dasturiy vositalar: kompyuter, MS Windows (yoki boshqa) OT.
Uslubiy ko`rsatma: Fayllarni boshqarish. Fayllarni boshqarish komandalari 
bilan ishlash.
Taqdim etilayotgan misollar, Linux Red Hat distributivida tekshirib 
ko‗rilgan va qolgan distributivlarda ham katta ehtimollik bilan ishlaydi.
Fayl va papkalarga oid komandalar:
mkdir — papka(katalog) ochish. Kerakli joyda papka ochib beradi. 
mkdir oracle — oracle nomli papkani, «текущий» adresda ochib beradi.
mkdir /tmp/akmx — «tmp» papka ichida, akmx nomli papka ochish.
mkdir /tmp/akmx -p — «p» kalit harf bilan papka ochilsa, agar papka 
ochilayotgan adresda shu nomli papka bo‗lsa, ustiga yangisini ochib beradi, hech 
qanday xatolik haqidagi axborot ekranga chiqmaydi.
Qolgan kalit harflar haqidagi ma‘lumotlarni har doimgidek man mkdir 
komandasi orqali olishingiz mumkin.
cd — papkadan papkaga o‗tish komandasi. Biror adresda, boshqa bir
adresga ko‗chish vazifasini bajaradi.
cd /home/user — birdaniga «/home/user» nomli katalogga sakrab o‗tish.
cd .. — holatni, bitta tepa holatiga o‗tkazish, misol uchun hozirgi holat 
/home/user bo‗lsa, cd .. komandasidan keyin /home holatiga o‗tiladi.
cd / — «корневой»(dastlabki) holatga o‗tish.
cd ~user — «user» nomli foydalanuvchi papkasiga o‗tish.
pwd — qaysi holatdaligini bilish. Misol uchun, siz biror komandani ma‘lum 
bir katalog ichidan ishga tushirishingiz kerak, lekin terminal qaysi
holatda(qaysi katalog ichida) turganini bilmaysiz, shunda «pwd» komandasi
orqali holatni aniqlab olasiz.
ls — biror adresda qanday fayl va papkalar mavjudligini ekranga chiqarib 
beradi.
ls -al /home/oracle — «/home/oracle» adresida, qanday fayl va
papkalar mavjudligini ro‗yhatini chiqarib, u haqida to‗liq ma‘lumot beradi.
rm — o‗chirish komandasi.
rm akmx.txt — akmx.txt nomli faylni o‗chirish.


rm -r akmx — akmx nomli papka bo‗sh bo‗lsa, bu papkani o‗chiradi.
rm -rf akmx — akmx nomli papkani ichidagi fayllari bilan birga o‗chirish.
cp — nusxa olish.
cp file1.txt file2.txt — file1.txt nomli faylni shu katalogga file2.txt
nomi bilan nusxasini olish.
cp file1.txt /home/user/test.txt — file1.txt faylini ko‗rsatilgan papka ichiga 
test.txt nomi bilan nusxasini olish.
cp -r test /home/test2 — test nomli papkani ko‗rsatilgan adresga test2
nomga o‗zgartirib nusxasini olish.
mv — ko‗chirish.
mv test.txt akmx.txt — test.txt faylini akmx.txt nomiga o‗zgartirib o‗sha
yerga ko‗chiramiz, bunda test.txt nomli fayl o‗chib ketadi.
tree — kursor qaysi holatda turganini daraxt ko‗rinishida chiqarib berish.
touch — fayl yaratish.
touch /tmp/file.txt — «tmp» katalogi ichida file.txt nomli fayl yaratib beradi.
more — fayl ichini ochish.
more /home/user/akmx.txt — ko‗rsatilgan adresdagi fayl ichini o‗qish 
uchun ochib beradi.
head — fayl ichidagi dastlabki 10 ta qatorni ekranga chiqarish.
tail — fayl ichidagi so‗ngi 10 ta qatorni ekranga chiqarish.
head /tmp/test.txt — test.txt faylini dastlabki 10 ta qatorini ekranga 
chiqaradi. 

Download 1,33 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand davlat univеrsitеti

Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish