O‘zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand davlat univеrsitеti




Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/24
Sana24.05.2024
Hajmi1,33 Mb.
#252152
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Opertasion tizimlar Labarotoriya ishlanmasi



O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
SAMARQAND DAVLAT UNIVЕRSITЕTI 
Karshiyev X.B 
OPERATSION TIZIMLAR FANIDAN
LABAROTORIYA ISHLARI ISHLANMALARI
SAMARQAND_2023 




Kirish 
Ma’lumki, axborot texnologiyalarining inson faoliyati hamma jabxalarga kirib 
borish jarayoni borgan sari rivojlanib chuqurlashib bormoqda. Umumiy soni, ko’p 
yuz milliondan oshib ketgan, keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlardan tashqari, 
hisoblash tizimlarining maxsus vositalari ham ko’payib bormoqda. Kompyuterlar 
va axborot tizimlari borgan sari “do’stona” bo’lib bormoqda, va hatto ular 
informatika va hisoblash texnikasi sohasida mutahassis bo’lmagan odamlar uchun 
ham tushunarli bo’lib bormoqda. Bu narsa, eng avvalo foydalanuvchilar va 
ularning dasturlari, hisoblash texnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta’minot – 
operasion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga keldi. 
Operatsion tizim (OT) foydalanuvchi va bajariluvchi ilovalar uchun 
interfeysni tashkil etadi. Foydalanuvchilar va ko’pgina hizmatchi dasturlar, 
dasturiy ta’minotdan hamma dasturlarda tez-tez uchraydigan amallarni bajarishni 
so’raydi. Bunday amallarga, birinchi navbatda, kiritish-chiqarish, biror-bir 
dasturini ishga tushirish va to’xtatish, qo’shimcha xotira blokini olish yoki uni 
bo’shatish va boshqa ko’pgina amallar kiradi. Bunday amallarni har safar 
dasturlash va ikkilik kod sifatida dastur ichiga bevosita kiritish maqsadga muvofiq 
emas balki, ularni birgalikda yig’ib dasturdan “so’rov” orqali bajarishga berish 
qulaydir.
Bu o’z navbatida OT ning muhim funksiyalaridan biridir. Amaliy dasturlar, 
va ko’pgina tizimli ishlov beruvchi dasturlar, (m-n, dasturlash tizimlari yoki 
ma’lumotlarni boshqarish tizimlari) kompyuter apparaturasi bilan bevosita 
bog’lana olmaydi va ular bilan OT ga murojaat etish orqali bog’lanadilar. 
Foydalanuvchilar uchun ham, OT komandasini kiritish bilan yoki tizim taklif 
qiladigan mumkin bo’lgan harakatlar orqali o’z dasturlari va kompyuter bilan 
muloqat qiladilar. Bunday o’zaro muloqat faqat OT orqaligina amalga oshiriladi.
Bunday muhim funksiyani bajarishdan tashqari, OT hisoblash resurslarini 
samarali taqsimlash va hisoblashni ishonchli tashkil etishga javob beradi. OT 
asoslarini va ularning ishlash prinsiplarini bilish, kompyuterdan samarali 
foydalanishga olib keladi. OT larni chuqur o’rganish, avvalambor bu bilimlarni, 
dasturiy ta’minot yaratishda ishlatishga imkon beradi.Albatta, bizning 
mamlakatimizda hozirgi vaqtda, amalda yangi OT lar yaratish ustida ish olib 
borilmayaptgan bo’lsa ham, murakkab axborot tizimlarini ishlab chiqish, 
zamonaviy OT larda ishlashga mo’ljallangan dasturlar, majmuasi va ilovalar 
yaratish ishlari jadal sura’tda olib borilmoqda. Shuning uchun ham OT larni va 
ularni ishlash prinsiplari va hisoblashlarni tashkil etishni bilish zarurdir. Hozirgi 
vaqtda, kompyuterda ishlash kamlik qiladi, balki hisoblashlarni tashkil etishni 
tushunish shartdir.

Download 1,33 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand davlat univеrsitеti

Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish