|
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining evolutsiyasi va samaradorligi
|
bet | 3/4 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #245865 |
Bog'liq sevarrrrrrrrrrrrrrrrrAvtomatlashtirilgan axborot tizimlarining evolutsiyasi va samaradorligi
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tasnifi. Hozirgi kunda axborot tizimi haqida kompyuter texnikasi yordamida amalga oshirilgan tizim d е gan fikr yuzaga kelgan. Axborot t е xnologiyalari kabi axborot tizimlari ham t е xnik vositalardan foydalanib va ularsiz ham faoliyat ko`rsatishi mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvoffiq masala. Iqtisodiy ob' е kt axborot tizimida axborot hajmining o`sishi, uni yanada murakkab usullarda qayta ishlashni t е zlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini avtomatlashtirish, ya'ni axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish zaruriyatini kelltirib chiqaradi. Axborot tizimi tushunchasi ko`p qirrali, uning mazmuni va mohiyati axborot t е xnologiyasi qo`llanilayotgan ob' е ktning o`ziga xos xususiyatlari, xossalari bilan belgilanadi.
Axborot tizimini to`liq va har tomonlama bilish uchun uning o`ziga xos xususiyatlari tizimini aniqlash k е rak bo`ladi. Shu maqsadda quyida axborot tizimini har bir qator b е lgilariga ko`ra tasniflash variantlari ko`rib chiqiladi. Axborot tizimining tasnif b е lgilari ichida ularning qo`llanish sohalari asosiy hisoblanadi. Avtomatlashtirish darajasiga ko`ra avtomatlashtirilgan, avtomatik va noavtomatlashtirilgan (an'anaviy) boshqarish tizimlari o`zaro farqlanadi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tuzilmasi
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minlovchi va funksional qismlarga ega.
Ta’minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvinistik ta’minotdan iborat bo‘ladi.
Axborot ta’minoti – tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tasniflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo‘yicha loyiha qarorlarining, shuningdek, ma’lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir.
U ko‘rsatkichlarni, ma’lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjat-larning unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o‘z ichiga oladi.
Texnik ta’minot. Texnik ta’minot - axborot tizimi ishi uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnologik jarayonlarga teplili hujjatlardir.
Matematik ta’minot. Matematik ta’minot – axborot tizimida vazifalarni hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi, modellari, matematik uslublari majmui.
Dasturiy ta’minot – bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek texnik vositalar kompleksining me’yorida ishlab turishi demakdir.
Dasturiy ta’minot tarkibiga umumiy tizimli va maxsus dasturli mahsulotlar, shuningdek texnik hujjatlar, jumladan: operatsion tizimlar, dasturlash, tizimi, dasturchiningasbob-uskuna vositasi, test va tashhis dasturlari,telekommunikatsiyaning dasturiy vositasi, axborotnihimoyalash, funksionaldasturiy ta’minot (avtomatlashtirilgan ishjoylari,ma’lumotlarbazalariniboshqarish tizimi va hokazo) kiradi.
Umumiy tizimli dasturiy ta’minot. Ulargafoydalanuvchiga mo‘ljallan-gan va axborotni qayta ishlashning an’anaviyvazifalarini hal etish uchun belgilangandasturlar kompleksi kiradi. Ularkompyuterlarning imkoniyat-larini kengaytirish,ma’lumot-larni qaytaishlash jarayoniniboshqarish vanazorat qilishga xizmat qiladi.
Maxsus dasturiy ta’minot. Aniq, bir dasturiy tizimni yaratishda ishlab chikilgan dasturlar majmuini ifoda qiladi.Uningtarkibiga turli darajada o‘xshash ishlab chikdlgan modellar, ma’lumbirob’ektning ishlashini aks ettiruvchi amaliy dasturlar paketi kiradi.
Uslubiy taminot va tashkiliy ta’minot – axborot tizimini ishga tushirish va ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining texnik vositalar bilan va o‘zaro ta’sirini belgilovchi metodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir.
Ergonomik ta’minot (sharoit) – ish joylariga, axborot model-lariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablar-dan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to‘plamidir.
2.1-rasm.Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish,rivojlantirish mohiyati vaqtta nisbatan «hayotiy sikl» kabi iqtisodiy kategoriyani aks ettiradi. Ya’ni, uning yaratilishi to undan foydalanishnito‘xtatishgachabo‘lganoraliqdagi hayot siklini anglatadi. AAT ning hayot siklidquyidagi bosqichlar ajralib turadi:
Loyiha oldi bosqichi (rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil). Mav-jud boshqarutizimini, birinchi galdaxborot tizimini tadqiq va tahliletish,yaratiladigan AAT ga nisbatan qo‘yiladigantalablarni belgilash, texnik-iqti-sodiy asos (TIA) va texnik vazifalarni AAT ishlabchiqishda rasmiylashtirish.
Texnik loyihalashtirish(mantiqiy loyhalashtirish). Ta’riflangantalablargamuvofiq avtomatlashtiriladigan funksiyalartarkibini (funksionalarxitektura) va ta’minlovchi kenja tizim tarkibini (tizimli arxitektura) ishlab chiqish, AAT ning texnikloyihasini rasmiylashtirish.
Qo‘llanma loyihalashtirish (jismoniyloyihalashtirish). Dastur-larni ishlab chiqish va tizim, ma’lumotlarni qayta ishlashning texno-logikjarayonini ishlab chiqish, xodimlar uchun qo‘llanmayo‘riqnoma-larni yaratish, qo‘llanma loyihani rasmiylashtirish.
Tadbiq etis(testlash, tajribaekspluatatsiyasi).AATkenjatizimlarini komplekstuzatish, xodimni o‘qitish, AAT ni bosqichma-bosqich joriy etish, ekspluatatsiyaga topshirish.
Ekspluatatsiya (kuzatib kuyish, modernizatsiyalashtirish). Kundalik ekspluatatsiya, dasturiy va texnik vositalar,shuningdek butunloyihanikuzatib borish, AAT ning ishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar yig‘ish, xatovakamchiliklarni to‘g‘rilash, AATni modernizatsiyalashga nisbatan talablarni rasmiylashtirish va uni bajarish.
Axborot tizimining hayotiy sikliinteraktiv mazmun kasb etadi: hayotiysiklningamalgaoshirilganbosqichlari vaqti – vaqti bilan yangi talablar va tashqi muhitgacha o‘zgarishlargamuvofiq qaytarilib turiladi. Hayot siklining har birbosqichivapallasidanavbatdagiqarorlaruchunasossanaluvchi texnik qarorlar va hujjatlar to‘plami shakllanadi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining evolutsiyasi va samaradorligi kompyuterlar, tarmoqlar va dasturiy ta'minotning rivojlanishi bilan bog'liq ravishda oshib kelgan. Bu tizimlar asosan quyidagi yutuqlarga ega bo'lgan:
1.Tayyor va samarali to'liq avtomatlashtirilgan jarayonlar: Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining evolutsiyasi bilan ishlab chiqilgan yangi dasturlar, mahsulotlarni avtomatik ravishda ishlab chiqarish, o'z-o'zini tekshirish, yo'ldan o'tkazish va saqlashga imkoniyat beradi. Bu jarayonlar inson kuchiga qo'yiladigan xarajatlarni kamaytiradi va xato riskini pasaytiradi.
2.Ularning tezlik va barqarorligi: Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish orqali, ishlab chiqarish jarayonlari va boshqa tizimlar tezlashtirilgan va ishonchliroq bo'lib, samaradorlikni oshiradi. Bu tizimlar kompyuterlar, robotalar va sintetik intellekt sistemalarining erkin vazifelarini bajarishini ta'minlaydi va ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtiradi.
3.Ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va qo'llash: Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining evolutsiyasi bilan birga, ma'lumotlarni avtomatik ravishda to'plash, tahlil qilish va qo'llash imkoniyatiga ega bo'ldik. Bu, ma'lumotlar analitikasini samaraliroq qiladi va ma'lumotlar ustida yorug'lik qilish, aniqlash va proqnozlash imkoniyatini oshiradi.
4. Avtomatlashtirilgan yo'lovchilarni ta'minlash: Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining evolutsiyasi bunyodkorlik, transport va boshqa sohalarda yo'lovchilarni ta'minlashga qulaylik keltiradi. O'z-o'zini boshqaradigan transport vositalari, trafik boshqarish tizimlari va avtomatik rationing tizimlari, yo'lovchilar uchun tezlik, xavfsizlik va qulaylikni ta'minlaydi.
5. Xatolar va javob tizimi: Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining bir yoki bir qancha muammolar bilan keng tarzda qo'ldan chiqqan muhitlarda, xatolarni aniqlash va ularga javob tizimi kengayib, tizimning ishlash jarayonini muvaffaqiyatli shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Xatolar va javob tizimi, so'nggi paytdagi tarakchilarga tizimni yanada samarali va samarador qilish imkonini beradi.
Shunday qilish orqali, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining evolutsiyasi va samaradorligi yuqori samaraga erishdi va bizning hayotimizning bir necha sohasida ularga qulaylik keltirishga xizmat qilmoqda. Bu tizimlar iste'mol qilayotgan resurslardan (vaqtni, kuchni, ma'lumotlarni) eng yaxshi samaradorliksiz foydalanish imkonini beradi.
|
| |