Avtomatlashtirilgan axborot tizimi




Download 169,33 Kb.
bet4/5
Sana21.05.2024
Hajmi169,33 Kb.
#248224
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avtomatlashgan axborot tizimlari BAZARBAYEV SH

Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tuzilmasi

Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minlovchi va funksional qismlarga ega (1.19-rasm).


Ta’minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvinistik ta’minotdan iborat bo‘ladi.
Axborot ta’minoti – tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tasniflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo‘yicha loyiha qarorlarining, shuningdek, ma’lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir.
U ko‘rsatkichlarni, ma’lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjat-larning unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o‘z ichiga oladi.
Texnik ta’minot. Texnik ta’minot - axborot tizimi ishi uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnologik jarayonlarga teplili hujjatlardir.



Matematik ta’minot. Matematik ta’minot – axborot tizimida vazifalarni hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi, modellari, matematik uslublari majmui.
Dasturiy ta’minot – bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek texnik vositalar kompleksining me’yorida ishlab turishi demakdir.
Dasturiy ta’minot tarkibiga umumiy tizimli va maxsus dasturli mahsulotlar, shuningdek texnik hujjatlar, jumladan: operatsion tizimlar, dasturlash, tizimi, dasturchining asbob-uskuna vositasi, test va tashhis dasturlari, telekommunikatsiyaning dasturiy vositasi, axborotni himoyalash, funksional dasturiy ta’minot (avtomatlashtirilgan ish joylari, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi va hokazo) kiradi.
Umumiy tizimli dasturiy ta’minot. Ularga foydalanuvchiga mo‘ljallan-gan va axborotni qayta ishlashning an’anaviy vazifalarini hal etish uchun belgilangan dasturlar kompleksi kiradi. Ular kompyuterlarning imkoniyat-larini kengaytirish, ma’lumot-larni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat qilishga xizmat qiladi.
Maxsus dasturiy ta’minot. Aniq, bir dasturiy tizimni yaratishda ishlab chikilgan dasturlar majmuini ifoda qiladi. Uning tarkibiga turli darajada o‘xshash ishlab chikdlgan modellar, ma’lum bir ob’ektning ishlashini aks ettiruvchi amaliy dasturlar paketi kiradi.
Uslubiy taminot va tashkiliy ta’minot – axborot tizimini ishga tushirish va ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining texnik vositalar bilan va o‘zaro ta’sirini belgilovchi metodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir.
Ergonomik ta’minot (sharoit) – ish joylariga, axborot model-lariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablar-dan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to‘plamidir.
Maqsad – xodim ishining yuqori samaradorligini ta’minlash.
Huquqiy ta’minot – axborot tizimining huquqiy maqomi va uni ishga tushirishni belgilovchi huquqiy me’yorlar majmuidir. Axborotni olish qayta o‘zgartirish va foydalanish tartibi belgilab qo‘yiladi. Huquqiy ta’minotning asosiy maqsadi qonunchilikni mustaxqamlash sanaladi. Huquqiy ta’minot tarkibiga qonunlar, farmoyish, hukumat organlari qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnomalari va vazirliklar, idoralar, mahalliy hukumat organlarining boshqa me’yoriy hujjatlari kiradi.
Lingvinistik ta’minot – axborot tizimi xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta’minoti xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimida foydalaniladigan atamalar majmui.
Axborot tizimining funksional qismi axborot tizimining vazifa va topshirikdari bajarilishini ta’minlaydi. Amadda bu yerda tashkilotni boshqarish tizimining modeli saqlanadi. Mazkur tizim doirasida boshqaruv maqsadlarining funksiyalarga, funksiyalarning esa axborot tizimi kenja tizimiga o‘zgarishi ruy beradi. Kenja tizimlar vazifalarni amalga oshiradi. Ular tizimning biror bir belgisiga ko‘ra ajratib ko‘rsatilgan qismidir. Odatda axborot tizimida funksional qism funksional belgilariga ko‘ra kenja tizimlarga bo‘linadi:

  • boshqaruv darajasi (oliy, o‘rta, quyi);

  • boshqariladigan resurs turi (moddiy, mehnat, moliyaviy va hokazo);

  • kullanish sohasi (bank, jamg‘arma bozori va hokazo);

  • boshqaruv ishi va davri.

Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimining funksional qismi tarkibi va mazmuni ma’lum bir ob’ektga boshik. Axborot tizimining ta’minlovchi qismi tarkibi va mazmuni turli ob’ektlar uchun bir xilda bo‘ladi.


Download 169,33 Kb.
1   2   3   4   5




Download 169,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatlashtirilgan axborot tizimi

Download 169,33 Kb.