|
V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
|
bet | 4/6 | Sana | 16.09.2024 | Hajmi | 158 Kb. | | #271183 |
Bog'liq DAVLAT BYUDJETI VA MAQSADLI JAM‘ARMALAR FANINING O‘QUV DASTURI 3.
|
V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
moliyaning mohiyati va vazifalari, moliyaviy tizim, moliyaviy siyosat, uy xo‘jaliklar moliyasi, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish, moliyaviy nazorat, xalqaro moliya munosabatlari, davlat byudjeti, davlat krediti, sug‘urta munosabatlari, moliyaviy nazariyalar haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
moliyaviy qarorlar, moliyaviy yangiliklar va moliyaviy bozorlar moliyaviy risklar, moliyaviy vositachilar, moliyaviy hisobot: mazmuni, vazifalari va turlari, moliyaviy muassasalarda moliyaviy faoliyat jarayoni, moliya va investitsion portfelni shakllantirish, pulning davriy qiymati va pul oqimlariningdiskontli tahlili, inson hayotida moliyaviy rejalashtirishni bilish va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
talaba amaliyotda moliyaviy natijalarni tahlil qilish usullarini qo‘llash, moliyaviy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
|
4.
|
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari
ma’ruzalar;
interfaol “Case-Study”lar;
seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
|
5.
|
VII. Kreditlarni olish uchun talablar
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.
|
|
|
| |