|
Dasturda matnni tahrirlash juda qulay tashkil etilgan bo‘lib, xatto Текст
|
bet | 12/19 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 2,18 Mb. | | #250398 |
Bog'liq CorelDrawda montaj texnikalarMatnni tahrirlash
Dasturda matnni tahrirlash juda qulay tashkil etilgan bo‘lib, xatto Текст
(Text) uskunasi belgilanmagan bo‘lib, belgilash uskunasi belgilangan bo‘lsa ham, ikki marta matn obyekti ustida sichqoncha chap tugmasining bosilishi uni tahrirlash rejimiga o‘tkazadi.
Ayrim hollarda Текст (Text) menyusining Редактировать текст buyrug‘i bilan ochiladigan oynada ham matnni tahrirlash qulay.
Simvollami kiritish va o‘chirishdan tashqari CorelDRAW dasturi matnni formatlash uchun keng imkoniyatlar, ya’ni matn ko‘rinishini, harflar va satrlar joylashishini o‘zgartirish kabi amallarni bajarish imkoniyatini beradi
Buning uchun menyuning Форматирование символов (Character Formatting) va Форматирование абзаца (Paragraph Formatting) buyruqlari bilan ochiluvchi qo‘shimcha oynalaridan foydalanish mumkin.
Форматирование символов (Character Formatting) qo‘shimcha oynasida matnning asosiy parametrlari joylashgan: matn shrifti turi, uning stili, o‘lchami va joylashishi.
Shuningdek bu oynada matn shriftining qo‘shimcha bezalishini o‘rnatish mumkin: Подчеркивание, Зачеркивание, Надчеркивание, Верхний регистр, Положение.
Форматирование абзаца qo‘shimcha oynasi abzas parametrlarini sozlash uchun ishlatiladi. Bu oynada simvollar, so‘zlar, satrlar, abzaslar orasidagi, masofa va oraliqlarni o‘matish mumkin. Bu oynaning ayrim bo’limlarini satrli matn uchun qo‘llab bo‘lmaydi.
Текста Табуляции buyrug‘i bilan ochiladigan oynada tabulyasiya tipi va pozitsiyalarini sozlash mumkin.
Текста Столбцы buyrug‘i yordamida ochiladigan Параметры столбца oynasidan foydalanib matnni bir nechta ustunlarga ajratish mumkin.
Текста Маркеры va Текста Буквица buyruqlari yordamida ochiladigan muloqot oynalarida mos ravishda markerlangan ro‘yxatlar va bukvisalar (abzas boshidagi bir nechta satr balandligidagi katta xarf) yaratish imkoniyati bo‘ladi. Ayrim formatlash amallarini qo‘lda, uskunalar panelidagi Форма (Shape) uskunasini ishlatib ham bajarsa bo‘ladi. Bu uskuna bilan matnli obyektning belgilanishi natijasida matndagi har bir harf yonida kichik oq kvadratcha va matn tagida maxsus markerlaming paydo bo‘lishiga olib keladi.
Simvollar yonidagi oq kvadratchalarni belgilab, alohida harflarni siljitish yoki burish mumkin. Bu harflarni dastlabki holatiga Текста Выпрямить текст buyrug‘i yordamida qaytarish mumkin. Abzasning o‘ng pastki tomonida joylashgan markerni tortib, simvollar va so‘zlar orasidagi masofani o‘zgartirish mumkin. Bunda Shift tugmasi bosilib turilsa, faqat so‘zlar orasidagi masofa, agar Ctrl tugmasi bosilib turilsa, simvollar orasidagi masofa o‘zgaradi. CorelDRAWda matn nafaqat satrlarda, balki ixtiyoriy egri chiziq bo‘ylab, va xatto berkitilgan figuralar ichida ham joylashishi mumkin.
|
| |