• Таблица (Table) menyusi CorelDRAW da yangi qo‘shilgan Таблица (Table
  • Insert
  • Insert Rows
  • Column
  • O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 2,18 Mb.
    bet13/19
    Sana22.05.2024
    Hajmi2,18 Mb.
    #250398
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
    Bog'liq
    CorelDrawda montaj texnikalar

    Egri chiziq bo‘ylab matn
    Ixtiyoriy egri chiziq bo‘ylab joylashadigan matnni ikki yo‘l bilan yaratish mumkin.
    Birinchi yol-bu avval matnni yozib, keyin chiziqni chizib, Текст ► Текст вдоль пути buyrug‘idan foydalanish.
    Ikkinchi yo‘l chiziqni chizib, asboblar panelidan Текст asbobini tanlab, uni chiziq yaqiniga olib borish bilan. Bunda sichqoncha ko‘rsatkichi egri chiziqli yozuv ko‘rinishga kelgandan keyin uning chap tugmasi bosiladi va matn kiritiladi va bu matn chiziq bo‘ylab joylashadi (65-rasm). Kiritilgan matnni tahrirlash (simvollar kiritish va o‘chirish) va chiziq bo‘ylab siljitish mumkin. Abzasli matnni chiziq bo‘ylab joylashtirib bo‘lmaydi.

    Matn ancha murakkab shakldagi figura ichini to‘ldirishi mumkin.Vektorli obyekt ichini uning shakliga mos ravishda matn bilan to‘ldirish uchun, asboblar panelidan Текст asbobini tanlab uni vektorli obyekt yaqiniga olib borish va sichqoncha ko‘rsatkichi yozuv harflari ko‘rinishga kelganda chap tugmani bosish va matnni kiritish kerak bo‘ladi. Bunda kiritilgan matn vektorli obyekt shakliga mos joylashadi (66-rasm).


    Shriftni tanib olish
    CorelDRAW da yangi paydo bo‘lgan imkoniyatlardan biri bu rastrli tasvirni (skanerlangan yoki ixtiyoriy boshqa) tahlil qilib, unda yozilgan matnning shrift turini aniqlashdir. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun CorelDRAW hujjatiga tasvir joylashtiriladi va Текста WhatTheFont? Buyrug‘i tanlanadi. Bunda sichqoncha ko‘rsatkichi nishon ko‘rinishiga o‘zgaradi va tahlil qilinishi kerak bo‘lgan soha sichqoncha bilan belgilanadi. Belgilangan sohada sichqoncha chap tugmasi bosiladi va brauzer oynasida http://www.mvfonts.com/internet sahifasi ochiladi. Bu sahifada
    Поиск tugmasi bosilib, ochiladigan oynada tahlil natijalari ko‘rinadi.
    Таблица (Table) menyusi
    CorelDRAW da yangi qo‘shilgan Таблица (Table) menyusida jadvallar yaratish va ularni tahrirlash buyruqlari joylashgan. Microsoft Word dasturida jadvallar yaratgan foydalanuvchilarga CorelDRAW dasturida jadvallar bilan ishlash juda oson bo‘ladi.
    Создать новую таблицу (Create New Table) Menyuning bu bo‘limi tanlanganda ekranda Создать новую таблицу oynasi ochiladi. Bu oynada yaratilayotgan yangi jadvalning satrlar (Число строк) va ustunlar (Число столбцов) sonini, shuningdek yacheykalar balandligi (Высота) va kengligi (Ширина) o‘lchamlarini kiritish mumkin (67-rasm). Yaratilgan yangi jadvalning xususiyatlarini xususiyatlar panelidan o‘zgartirish mumkin.
    Преобразовать текст в таблицу (Convert Text to Table) Bu buyruq matnni jadval ko‘trinishiga o‘tkazish imkoniyatini beradi. Matnni jadvalga aniqroq joylashtirish uchun jadvalning yaratilishi kerak bo‘lgan ustunlarini matndagi Vergul
    (Запятые), Tabulyasiya (Табуляция), Abzas (Абзацы) yoki boshqa belgilar (Пользовательский) bilan ajratish mumkin.
    Вставка (Insert) Menyuning Вставка (Insert) bo‘limi yordamida mavjud jadvalga quyidagi elementlarni qo‘shish buyruqlari mavjud:
    Строка сверху (Row Above) —belgilangan satr ustidan satr qo‘shish.
    Строка снизу (Row Below) — belgilangan satr tagidan satr qo‘shish.
    Столбец слева (Column Left) — belgilangan ustun chap tomonidan ustun qo‘shish.
    Столбец справа (Column Right) — belgilangan ustun o‘ng tomonidan ustun qo‘shish.
    Вставить строки (Insert Rows) — belgilangan satrdan yuqorida yoki pastda keraklicha satr qo‘shish.
    Вставить столбцы (Insert Columns) — belgilangan ustundan chapda yoki

    o‘ngda keraklicha ustun qo‘shish.
    Выбрать (Select) Menyuning bu bo‘limida jadval elementlarini belgilash buyruqlari mavjud bodib, ular quyidagilardir:

    • Ячейка (Cell) — kursor joylashgan yacheykani belgilash;

    • Строка (Row) — kursor joylashgan satrni belgilash; • Столбец (Column) — kursor joylashgan ustunni belgilash;

    • Таблица (Table) —jadvalni umumiy belgilash.

    Удалить (Delete) Bu bodimda joylashgan buyruqlar quyidagi elementlarni o‘chirish imkoniyatini beradi:

    • Строка (Row) — birorta yacheykasi belgilangan satmi o‘chirish; • Столбец (Column) — birorta yacheykasi belgilangan ustunni o‘chirish; • Таблица (Table) —jadvalni o‘chinsh.

    Распределить (Distribute) Menyuning bu bo‘limidagi buyruqlar satrlar balandligi
    (Одинаковые строки) va ustunlar kengligini (Одинаковые столбцы) to‘grilash imkoniyatini beradi.
    Слияние ячеек (Merge Cells) Jadvalning ikki va undan ortiq yacheykalarini birlashtirish imkoniyatini beradi. Odatda murakkab ko‘rinishga ega jadvallarni yaratishda qo‘llaniladi.

    Разделить на строки (Split into Rows) Belgilangan bir yoki bir nechta yacheykalarni bir nechta satrlarga bo‘lish imkoniyatini beradi, bunda Разделение ячеек oynasi ochiladi.


    Download 2,18 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




    Download 2,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 2,18 Mb.