|
BO’STONLIQ TUMAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABI
|
bet | 6/18 | Sana | 04.10.2023 | Hajmi | 282.05 Kb. | | #86511 |
Bog'liq amaliyot buyruq Парамагнетизм электронов проводимости, 5-9 sinf choraklik testlar, diplomishi, Konstitutsiya referat, Оралиқ назорат Пул ва банклар
“ ” . 2023 yil Gazalkent qishlog‘i
B U Y R U Q № ___
«II bosqich o‘quvchilarini ishlab
chiqarish amaliyotiga yuborish» to‘g‘risida
II bosqich 17-21 guruh “Payvandlovchi” yo‘nalishi o‘quvchilari 2023 yil 13 martdan 360 soatlik ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashlari uchun 2 tomonlama tuzilgan shartnomalari asosida korxonalarga yuborilsin.
Ishlab chiqarish amaliyotiga yuborilayotgan o‘quvchilar bilan mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkazilsin, maxsus jurnalga qayd etilsin. Ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun quyidagi ishlab chiqarish ta`limi ustasi Y.Yulchiyev tayinlansin.
Ishlab chiqarish amaliyoti rahbariga:
Ishlab chiqarish amaliyoti davrida o‘quvchilarni amaliyotlarga to‘liq qatnashishi nazoratga olinsin. Ishlab chiqarish amaliyotiga sababsiz qatnashmagan o‘quvchilar bilan aloxida suxbatlar olib borilsin va o‘quvchilarning davomati bo‘yicha gurux raxbarlari va ICHTBDO‘ ga doimiy ravishda axborot berish yuklatilsin.
Ishlab chiqarish amaliyoti davrida korxona tomonidan biriktirilgan ustalar bilan xamkorlikda o‘quvchilarning davomati nazoratga olinsin, o‘quvchilarning amaliyot davrida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash xamda amaliyot xisobotini topshirish davrida korxona tomonidan biriktirilgan ustalarning qatnashishi ta’minlansin.
3. Gurux rahbari: D.G`ulomovaga:
Ishlab chiqarish amaliyotiga chiqqan guruh o‘quvchilarining amaliyotga qatnashish har kunlik monitoringi olib borilsin.
Amaliyotga sababsiz kelmagan o‘quvchilarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilsin va ishlab chiqarish amaliyotiga jalb etish choralari ko‘rilsin.
Korxona va tashkilotlarga ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun yuborilayotgan o‘quvchilarning F.I.SH ilova qilinadi.
Ushbu buyruqning ijro nazorati direktorning ICHTBD o‘rinbosari S.G‘.Dehqonov zimmasiga yuklatilsin.
|
| |