Amaliyot obyektining iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili




Download 2.88 Mb.
bet5/6
Sana02.11.2023
Hajmi2.88 Mb.
#93191
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hisobot
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
4.Amaliyot obyektining iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili
“Khantex Group” MChJ paxta xomashyosini yetishtirishdan tortib, to‘liq qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqariladi. Loyiha doirasida 52 mln yevro miqdorida investitsiya mablag‘lari kiritilgan.
Korxonada yiliga 10,4 ming tonna paxta tolasi to‘liq qayta ishlanib, 9,4 ming tonna ip-kalava, 2,1 ming tonna trikotaj mato, 5 mln pogonometr arqoqli gazlamalar, 1 mln pogonometr maxralik mato, 1,2 ming tonna bo‘yalgan trikotaj mato, 1,1 ming tonna arqoqli va maxralik mato, 4,5 mln dona tayyor tikuv trikotaj mahsulotlar ishlab chiqariladi. Korxonada 2000 dan ziyod mahalliy yoshlar ish bilan ta’minlangan. Korxona to‘liq ishga tushgach, yiliga 40 mln AQSh dollaridan ziyod mahsulotlar eksportga yo‘naltiriladi.
Korxonada Markaziy Osiyoda yagona bo‘yoqxona tashkil etilgan va ishlab chiqarishda xom mato va gazlamalar to‘xtovsiz ravishda bo‘yaladi. Bu esa turdosh korxonalarga nisbatan suvni 50 foizga, gazni 25 foizga, elektr energiyasini 10 foizgacha tejash imkonini beradi.
Ma’lumotlarga ko’ra, “Khantex Group” klasteri tomonidan 2020 yilda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 349,3 mlrd so‘mni tashkil etdi, shundan 5,6 mln dollarli mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Korxona 2021 yilda Turkiya, Italiya, Belarus va MDH davlatlari, jami 12 davlatga 18,5 mln dollarga teng kalava ip va tayyor trikotaj mahsulotlarini eksport qildi. 2022 yil uchun 25-30 million dollarli mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan edi va bu ko’rsatkich 2022-yil yakunida umumiy qiymati 32 million dollarga yaqin bo’lgan mahsulot eksportiga erishildi.
Paxta va g‘alla yetishtirish, g‘alladan bo‘shagan maydonlarda qo‘shimcha takroriy ekinlar yetishtirish, mexanizatsiya, tomchilatib sug‘orish ishlarida 3300 nafar, tayyor mahsulot ishlab chiqarish tekstil kompleksida 2000 nafarga yaqin, paxtani qayta ishlash zavodida 200 nafar, umumiy klaster tizimida 5500 nafar yoshlar ish bilan ta’minlangan. Ishchi yoshlarga o‘rtacha 1,5 million so‘mdan 5 million so‘mgacha oylik maosh to‘lanadi.
Yetishtirilayotgan paxta tolasining o'zi yillik qayta ishlash quvvati 10,3 ming tonnani tashkil qiladi.
Bundan tashqari, yiliga 9,1 ming tonna miqdorida kulrang paxtadan ip ishlab chiqarish quyidagi assortimentda yo'lga qo'yilgan:

  • Taroqli ixcham ip (Ne30 / 1) - kuniga 7,5 tonna yoki yiliga 2,6 ming tonna.

Rieter kompaniyasidan 7 ta ixcham halqa yigiruvchi K46 dastgohi, jami 12768 ta shpindel bilan taralgan chiziq bilan jihozlangan.

  • Kardlangan ip (Ne30 / 1) - kuniga 14,0 tonna yoki yiliga 4,9 ming tonna.

Rieter kompaniyasining 14 ta G36 halqa yigiruvchi dastgohi, jami 25536 ta shpindel bilan jihozlangan karta liniyasi o'rnatilgan.

  • Havoda o'ralgan ipli ip (Ne20 / 1) - kuniga 4,5 tonna yoki yiliga 1,6 ming tonna.

Rieter kompaniyasidan 2 ta R36 rotorli yigiruv mashinalari bilan jihozlangan tortish liniyasi bilan jihozlangan, rotorlarning umumiy

  • Buralgan ip (Ne30 / 2) - kuniga 2,5 tonna yoki yiliga 0,9 ming tonna.

Savio kompaniyasining 6 ta Siruis Duo-Pot burama mashinasi bilan jihozlangan, shpindellarning umumiy soni 1632 ta;
Qattiq mato ishlab chiqarish uchun to'quv sexining ishlab chiqarish quvvati (kengligi 2,2 dan 2,8 metrgacha bo'lgan choyshab va terri mahsulotlari uchun) 5,9 million pog'onani tashkil etadi. yoki yiliga 13,4 million kvadrat metrni tashkil etadi.
Bo'yoq va pardozlash sexining ishlab chiqarish quvvati:

  • tayyor trikotaj matolarning assortimenti - yiliga 3,6 ming tonna;

  • terri matoning assortimenti - yiliga 2,1 ming tonna;

  • assortimentdagi tayyor mato - yiliga 24,0 mln. kv. m.


2-jadval
“Khantex Group” MCHJ ning 2021-yil moliyaviy holati





Ma’lumotlarga asoslanib korxonani tahlil qiladigan bo’lsak, korxonaning mahsulot sotishdan tushgan sof foydasi 2020 yil hisobi bo’yicha 277 079 271 so’mni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2021 yilda 310 788 121 so’mga yetkazilgan. Foizlarda hisoblaydigan bo’lsak, mahsulotni sotshdan tushgan tushum 112%ga oshgan, ya’ni o’tgan yilgiga nisbatan solishtirilganda sotuv hajmi 12%ga ijobiy o’sishni aks ettirgan.
Mahsulotlarni sotish yalpi foydasini o’rganib chiqadigan bo’lsak, o’tgan yili hisobida 139 708 123 so’m yalpi foyda olingan bo’lsa 2021-yilda esa 106 925 586 so’m bo’lgan. Bunda rejaning 76%gina bajarilganini ko’rishimiz mumkin, bu dgeani korxona 34%foiz Zarar ko’rmoqda.
Davr xarajatlarini tahlil qiladigan bo’lsak,2020 yil hisobida 61 724 757 so’m xarajat qilingan. 2021 yilda esa ushbu ko’rsatkich 68 345 701 so’mni tashkil etgan. Bu degani korxona 2021yil hisobi bo’yicha 10%ga ko’p xarajat qilgan. Mahsulot xarajatlarining ortishi bevosita mahsulot tannarxining oshishiga olib keladi. Bu o’z navbatida foydani pasaytiradi.
Korxonaning asosiy faoliyatidan oladigan foydasini ko’rib chiqish orqali shu ma’lum bo’ldiki, korxona 2020 yilda 93 971 119 so’m ko’rsatkichga ega bo’lgan bo’lsa , 2021yilda bu ko’rsatkich 68 133 847 so’mni tashkil etgan. Ushbu holat korxona zararda ekanligini ko’rsatadi , negaki, tahlillar 37%ga asosiy faoliyat zararini ko’rsatmoqda.
Umumxo’jalik faoliyat foydasi o’tgan yilda 91 156 170 so’m bo’lgan , 2021 yil hisobida esa 63 319 656 so’m ko’rsatkich qayd etilgan. Bunda ham korxona keskin pasayish sur’atlari aks etgan .
Aytishimiz mumkinki, korxona zudlik bilan ishlab chiqarishni to’gri yo’lga qo’yishi kerak. Resurslar sarfini to’gri baholashi va boshqarishi darkor.Negaki korxonaning moliyaviy natijalari 1 yil mobaynida keskin pasaygan. Tezkor samarali yechim hamda boshqaruvni to’gri yo’lga qo’ymaslik oqibatida korxona tanazzulga yuz tutishi mukin.


Xulosa
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish chuqur tuzilmaviy o’zgarishlarni talab etadi. Bunda hal qiluvchi soha – inson omili hiosblanadi.Korxonada ishlab chiqarishni intensivligini rivojlantirish zarur, har bir korxona iqtisodiy o’sishga e’tibor qaratishi lozim.Bunday yuqori natijaga yangi texnik-texnologiyani ishlab chiqarishga joriy qilish orqali erishsih mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimdek, yangi texnika texnologiyadan foydalanish ishlab chiqarish uchun samara berishi ya’ni ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshiradi.Shunday ekan uning asosiy yo’nalishlari quyidagilar bo’lib hisoblanadi.

  • Ilg’or texnologiyani joriy qilish

  • Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

  • Mavjud resurslardan foydalangan holda yangi raqobatbardosh mahsulot turini

yaratish orqali korxona ishlab chiqarish samarasini oshirishga erishadi.
Tejamkorlik ya’ni chiqindisiz ishlab chiqarish – ishlab chiqarishni intensiv rivojlanishiga asosiy omil bo’lib hisoblanadi.Shuning uchun ham u bugungi kunda jahonning butun e’tiborini jalb qilmoqda. Masalan, qog’oz va plastikni qayta ishlash yoki oziq ovqat mahsulotining chiqindisidan hayvonlar uchun ozuqa ishlab chiqarish shunga misol bo’la oladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ortishida asosiy o’rinni tashkiliy-iqtisodiy omillar, shu jumladan boshqaruv egallaydi. Boshqaruvning ilg’or usullari va texnologiyalarini qo’llash ishlab chiqarishda ishlatilayotgan barcha turdagi resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijrosini ta’minlash orqali tizim mmuvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Yana bir ishlab chiqarish samaradorligini ortishining omili- mahsulot sifatining ortishi hisoblanadi. Bugungi sharoitda sifat ko’rsatkichi raqobat bardoshlikni belgilovchi omil hisoblanadi.Korxonalarda sifatni boshqarishning kompleks tizimini joriy qilish ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining barcha bosqichlarida faoliyat ko’ratayotgan ishtirokchilar mas’uliyatini oshiradi, sifat uchun javobgarlik shakllanadi va natijada, korxonaning yakuniy moliyaviy – iqtisodiy holatini yaxshilaydi.
Korxonada o’rnatilgan uskuna va jihozlar nisbatan yangi bo’lishlariga qaramay, to’la yuklatilmay ishlab kelmoqda, bu esa hom ashyo ta’minotidagi muammolar bilan bog’liq.Ishchilar yetarli darajada malakaga ega lekin, shu bilan birga, ishlab chiqarishni hamda mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullarini qo’llash, hodimlar malakasini oshirish, samarali motivatsiya tizimini joriy etish orqali mehnat unumdorligini oshirish zarur.
Biz o’rganib chiqqan Khantex Group MCHJ korxonasiga quyidagi takliflarimizni kiritamiz:

  • Korxonani modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish va har bitta hodimga yetkazish

  • Boshqaruvda vaqtbi to’gri taqsimlagan holda ish olib boorish

  • Kadrlar malakasini oshirish va ularni rag’batlantirish

  • Yoqilg’i sarfini kamaytiradigan zamonaviy texnologiyalar joriy qilish

  • Korxonada innovatsion muhitni tashkil qilish


Download 2.88 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 2.88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliyot obyektining iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili

Download 2.88 Mb.