Tom uchun ishlatiladigan qurilish materiallari




Download 49.02 Kb.
bet9/14
Sana01.05.2023
Hajmi49.02 Kb.
#55266
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Humoyn 103817
ПҚ-4998 (22.02.21), 2022-2023 Қабул параметрлари мухокама, Xalqaro birliklar tizimi si ning asosiy birliklari (1), Документ Microsoft Word (2), курс иши диёра, Маълумот, КМТФ дипломга эҳтиёж, 3.12.22 маълумот, Трансгрипт, shahrizoda ariza, 2022-2023 o\'quv yili MKTF ish rejasi xisobat, sifat asoslari 2 (kunduzgi) (2), 12.02.24, Standartlar vazifasi
Tom uchun ishlatiladigan qurilish materiallari. Tomni yopish uchun yog’och, asbest-sement, po’lat va karton asosida tayyorlangan materiallar qo’llaniladi. Tomning to’rt tomoniga to’sin (brus) qo’yilib, unga qirrasi bilan jovlashtirilgan stropil (cherdak to’sini) qoqiladi. To’sinlar ignabargli daraxtlardan chorqirra qilib tayyorlanadi. Stropil uchun shu daraxtlarning qalin taxtasi ishlatiladi. Brus va taxtalar po’stlog’i tilingan va tilinmagan shakllarda bo’lishi mumkin. Ular to’rt navga bo’linadi. Navi ko’ndalang kesimida nuqta yoki chiziqlar bilan belgilab qo’yiladi. Stropil ustiga yupqa yoki ensiz taxtachalar (reykalar) qoqilib. uning ustiga asbest va sem entdan bug’ ta ‘sirida to’lqinsim on qilib ishlab chiqarilgan (shiferlar) qoqiladi. Ular 4-6 to’lqinli qilinib, 5,5-6 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. Uzunligi 600-1750 mm hamda eni 455-1125 mm bo’ladi. Tom qirralari uchun ishlatiladigan turi konki deyiladi. Shifer 25 yil xizmat qiladi. Yozgi pavilyonlar uchun glitserin C3H5(OH)3 va ftal kislotasi C6H4(COOH)2 aralashm asi shimdirilgan shisha tolalaridan presslab tayyorlangan oyna-shifer ishlatiladi. Rangi sariq, o’zi tiniq bo’ladi. Tomni yopish uchun 0,35-1,5 mm qalinlikdagi po’lat tunukalar ham ishlatiladi. Ular qora va ruxlangan shaklda ishlab chiqariladi. Tunukalar kilogramm hisobida o’lchanadi. Ayrim imoratlar usti loydan xum donlarda 1000°C da qizdirib tayyorlangan cherepitsa yoki karton o’ramli (rulon) materiallar bilan yopiladi. Ular tarkibiga latta-putta qo’shib pishiqligi oshirilgan kartonni neft qoldiqlari (bitum) yoki ko’mir qatroni bilan shimdirib olinadi va ruberoid yoki tol deb yuritiladi. Ularning ustiga tashqi muhitga chidamliligini oshirish uchun yirik qum. mayda talk Mg, (Si4O10)(OH)2 yoki tangachali slyuda KAl3(AlSi3O10)(OH)2 sepilishi mumkin. Hech narsa sepilmagan ruberoid pergamin deyilib, ruberoid tagiga solish uchun ishlatiladi va sepkisiz tol tol-charm deyilib, devorni namdan saqlash uchun poydevor ustiga solinadi. Shu maqsadda rezina qoldiqlari hamda bitum aralashmasidan presslab izol ham ishlab chiqariladi. Ruberoid va tollar cho’zilishi bo’yicha pishiqligi 300-420 rusumlarda bo’ladi.

Download 49.02 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 49.02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tom uchun ishlatiladigan qurilish materiallari

Download 49.02 Kb.