• Topshirdi: A.Rustamov Qabul qildi: G.Mamajanova Mavzu:Budjet tizimi va budjet tuzilmasi Reja
  • Budjet munosabatlari, ularning ko’pqirraliligi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalari vazirligi university of business and science




    Download 288,5 Kb.
    bet1/5
    Sana21.05.2024
    Hajmi288,5 Kb.
    #247312
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    mustaqil ish moliya 2024


    O’zbekiston Respublikasi
    Oliy ta’lim fan va innovatsiyalari vazirligi
    UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE
    Nodavlat oily ta’lim muassasa





    Iqtisodiyot yo’nalishi
    3-bosqich 21.20-guruh talabasi
    Rustamov Asadbekning
    Moliya fanidan


    MUSTAQIL ISHI
    Topshirdi: A.Rustamov
    Qabul qildi: G.Mamajanova
    Mavzu:Budjet tizimi va budjet tuzilmasi


    Reja:


    1.Bujet tizimi va uning mohiyati


    2.Budjet tuzilmasi


    3.Davlat byudjetining funksiyalari.


    4.Budjet munosabatlari, ularning ko’pqirraliligi.

    Xulosa

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

    Kirish
    Mamlakatimizda barcha sohadagi islohotlar qatori iqtisodiy islohotlar ham bugungi kunga kelib keng ko’lamda o’z samarasini ko‟rsatayotganiga barchamiz guvoh bo‟lmoqdamiz. Misol tariqasida aytish mumkinki, bugungi kunda davlat moliyasi, jumladan davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar ochiqligi hamda shaffofliginini ta‟minlash, xalq byudjetini shakllantirish borasida qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Davlat byudjetiga mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo‟naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta‟minlaydigan, ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirishning asosiy moliyaviy manbalardan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‟nalishdagi islohotlarni davom ettirilgan holda, istiqbolda davlat byudjetini o’rta muddatli muddatga rejalashtirish, byudjetdan mablag‟larni ajratishda natijaga e’tibor qaratish, 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida mahalliy byudjetlar daromadlar qismini mustahkamlash, davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlab qolgan holda turli darajadagi byudjetlar mutanosibligini ta’minlash kabi vazifalar nazarda tutilgan1.
    Madomiki, respublikamizda davlat bosh islohatchiligi hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash eng asosiy vazifalardan deb belgilangan ekan, o’z navbatida iqtisodiyotni boshqarishning ta‟sirchan dastagi hisoblangan davlat byudjeti mablag‟lari doimo aniq bir maqsadga yo’naltirilgan bo‟lishi kerak. Bunda, albatta, byudjet-soliq siyosatni ishlab chiqish va to’g’ri yuritish, byudjet mablag’laridan samarali va oqilona foydalanish talab etiladi. Chunki, byudjet ko’zda tutilgantadbirlar va dasturlarni aniq va o’z vaqtida moliyalashtirilishi ayni paytda davlat dasturlarining ham pirovard natijada to’liq bajarilishini ta’minlaydi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Shu bilan birga, hududiy boshqaruv organlarining byudjet mablag’larini shakllantirish, qo’shimcha zaxiralarni yaratish bo’yicha soliq, moliya va iqtisodiyot sohalari organlarining mas‟uliyatini oshirish yuzasidan qaror qabul qilindi. Biz mamlakatimiz byudjet tizimini qayta ko’rib chiqishimiz, byudjet daromadlari va xarajatlari xalqimiz uchun ochiq va oshkora bo’lishini ta’minlashimiz zarur2”.

    Budjet (qadimiy Fransuzcha „baguete“-karmon, sumka) — bu davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shaklidir.

    • davlat budjeti — moliyaviy rejalar tizimida etakchi oʻrinda turadi va davlatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi:

    • davlat budjeti — moliya tizimining barcha asosiy moliya institutlari — daromadlar, xarajatlar, davlat qarzlari birlashadigan va oʻzaro bogʻlanadigan markaziy boʻgʻini hisoblanadi;

    • davlat budjeti — davlatning soliqlar yordamida jamlanadigan eng yirik markazlashtirilgan pul jamgʻarmasidir. Davlat budjeti davlat tomonidan oʻz funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish yoʻlida sarflanadi. Tasdiqlangan budjet qonun kuchiga ega.



    davlat budjeti — davlat pul mablagʻlarining (shu jumladan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining) markazlashtirilgan jamgʻarmasi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
    budjet iqtisodiy kategoriya sifatida oʻzining tegishli moddiy ifodasiga ega boʻladi.
    Budjet munosabatlari davlatning markazlashtirilgan pul mablagʻlari jamgʻarmasida moddiylashadi. Bu jamgʻarma taqsim qilinishi sababli uning shakllanishi va sarflanishi qiymat xarakati orqali ifoda etiladi. Bu jarayon davlat tomonidan yigʻiladigan va sarflanadigan pul resurslari oqimlari kurinishiga ega boʻladi.
    Oʻz iqtisodiy mohiyatiga koʻra davlat budjeti — bu iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, mudofaa va davlat boshqaruvi extiyojlarini moliyalashga moʻljallangan budjet jamgʻarmasini shakllantirish hamda, undan foydalanish masalalarida milliy daromadni qisman milliy boylikni ham qayta taqsimlash borasida davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan pul munosabatlaridir.
    Byudjet (ing. budget — hamyon, mablagʻ) — belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan, meʼyorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va harajatlar yigʻindisi. B. davlat darajasida (qarang Davlat byudjeti), shuningdek viloyat, tuman (mahalliy hokimiyat), xoʻjalik subʼyektlari, oila yoki shaxs darajasida tuzilishi mumkin. B.ni tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash oʻz navbatida uning amal qilishi hamda bajarilishi ustidan nazorat yuritishni talab qiladi. B.da harajatlarning daromadlardan ortib ketishi B. taqchilligi muammosini keltirib chiqaradi (qarang Byudjet taqchilligi), shu bois doimiy ravishda ularning muvofiqligi taʼminlab boriladi. Oʻzbekiston Respublikasining B. tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslari, davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, ijro etish tartibi va boshqa masalalar Oʻzbekiston Respublikasining "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000-yil 14 dekabr) bilan tartibga solinadi.
    BUDJET TUZILMASI — budjet tizimi tuzilishini tashkil etish va prinsiplari, uning tarkibiy tuzilmasi, ular alohida bo’g’inlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ifodalaydi. Davlat tuzilishi bilan aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining budjet tuzilmasi: a) Davlat budjeti; b) respublika budjeti; v) Qorqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlami o’z ichiga oladi. Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari jamlanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjeti hamda respublika (Qoraqalpog‘iston)ga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlari, viloyatning budjeti va viloyatga bo’ysunuvchi tumanlarva shaharlar budjetlari, tumanlarga bo’linadigan shaharning budjeti shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjeti, tumanga bo’ysunuvchi shaharlari bo’lgan tumanning budjeti tuman budjeti va tumanga bo’ysunuvchi shaharlar budjetlarini o’z ichiga oladi.

    Download 288,5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 288,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalari vazirligi university of business and science

    Download 288,5 Kb.