• XULOSA
  • tuple - kortej: >>> type ((1, 2, 3) ) range




    Download 5,53 Mb.
    bet22/23
    Sana13.05.2024
    Hajmi5,53 Mb.
    #230011
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    Iroda BMI

    tuple - kortej:
    >>> type ((1, 2, 3)
    )
    range -diapazon:
    >>> type ( range (l , 10))
    Python dasturlash tilida dinamik tiplashtirishdan foydalaniladi. Bu shuni anglatadiki, o‘zgaruvchi o‘zlashtirgan qiymatiga qarab interpretator avtomatik ravishda ma’lumotlar turidan biriga ajratadi. O‘zgaruvchiga qiymat “=” operatori yordamida o‘zlashtiriladi (beriladi). Misollar yordamida ko‘ramiz:
    >>> х = 7 # int tipli
    >>> у= 7. 8 # float tipli
    >>> sl = "Satr " # sl o‘zgaruvhcisi “Satr ” qiymatini o‘zlashtirdi
    >>> s2 = ' Satr ' # s2 o‘zgaruvhcisi ham “Satr ” qiymatini o‘zlashtirdi
    >>> b = True # b o‘zgaruvchisi mantiqiy True qiymatini o‘zlashtirdi
    Bir satrda birdaniga bir nechta o‘zgaruvhciga qiymat o‘zlashtirish mumkin:
    >>> х = у = 10
    >>> х, у
    (10, 10 )
    Qiymat o‘zlashtirilgach o‘zgaruvchida obyekt emas balki, obyektga havola saqlanadi. Buni albatta gruhli o‘zlashtirishda ham hisobga olinadi. Guruxli o‘zlashtiurish son, satr va kortej tiplarida qo‘llanilishi mumkin, biroq o‘zgaruvchan obyektlarda buni amalga oshirish mumkin emas. Masalan:
    >>> х = у = [ 1 , 2 ] # Go‘yoki ikkita obyekt yaratildi
    >>> х, у
    ([1, 2], [1, 2])
    Bu misolda biz ikkita elementdan iborat ro‘yxat yaratdik hamda x va y o‘zgaruvchilarga qiymatini o‘zlashtirdik. Endi y o‘zgaruvchisi qiymatini o‘zgartirib ko‘ramiz:
    >>> y[l] = 100 # Ikkinchi elementni o‘zgartirdik
    >>> х, у
    ([1, 100] , [1, 100 ]
    Amallardan ko‘rinib turibdiki, y o‘zgaruvchisi qiymatining o‘zgarishi x o‘zgaruvchisi qiymatini o‘zgarishiga ham olib kelmoqda. Demak, har ikki o‘zgaruchida bitta obyektga havola ko‘rsatilmoqda. Agar ikkita obyektni ko‘rsatmoqchi bo‘lsak guruxli oz’lashtirishdan emas, alohid ao‘zlashtirishdan foydalanish kerak.


    XULOSA


    Bugungi kunda o‘quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy etish va zamonaviy dasturiy ta’minotlar yaratish masalasi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Kompyuter hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. Bugun kompyuterda hisoblash, yozish, o‘qish, o‘rganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga yuborish, tahrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o‘ynash mumkin. Uning imkoniyatlari kundan-kunga ko‘paymoqda, shuning uchun u ishda, o‘qishda, uyda va hatto dam olishda insonning eng ishonchli do‘stiga aylandi.
    Mazkur bitiruv malakaviy ishi foydalanuvchilarga Python dasturlash tili haqida umumiy tushuncha berishga va ushbu dasturlash tilidan foydalanish va unda modullar bilan ishlash bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni shakllanishiga yordam beradi.
    Python dasturlash tili hozirgi paytda umumiy o‘rta ta’lim,a kademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida keng qo‘llanilmoqda. Bu dasturlash tili yordamida o‘quvchi va talabalarning taffakuri, mustaqil fikrlash, dastur tuzish malakasi rivojlanadi.
    Ushbu bitiruv malakaviy ishida Python dasturlash tilining o‘rnatilishi, uning interfeysi, bir nechta komponentalari, ilovalar yaratish imkoniyatlari o‘rganib chiqildi. Bundan tashqari ushbu dasturlash tilida modullar bilan sihlashga oid bir nechta masalalarning dasturi tuzilgan. Bu dasturlar barcha foydalanuvchilar uchun tushunarli va qulay.
    Respublikamizning har bir jabhasida kun sayin yuksalish uchun bir qancha imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Shu jumladan, informatika va axborot texnologiyalari sohasida ham rivojlanish ancha yuksak darajadadir. Zamonaviy dasturlash tillaridan unumli foydalanishda va uni hayotga keng tadbiq qilishda yoshlarimiz o‘z yo‘llarini aniq va ravon belgilab, yetuk mutaxasis bo‘lib yetishishmoqda. Bundan ko‘rinadiki, ayni damda zamonaviy dasturlash tillarisiz rivojlanayotgan jamiyatni tasavvur qilib bo‘lmaydi.

    Download 5,53 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 5,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    tuple - kortej: >>> type ((1, 2, 3) ) range

    Download 5,53 Mb.