O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va inovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti




Download 1,87 Mb.
bet3/6
Sana20.12.2023
Hajmi1,87 Mb.
#125384
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi Elbek. T.
8-МАВЗУ. ҲОСИЛАГА НИСБАТАН ЕЧИЛМАГАН, tabiiy-birikmalar-asosidagi-dori-vositalari-mavzusida-xalqaro-konferensiya-bolib-otdi
II.BOB. Asosiy qism
2.1.Dorivor o’simlik xom ashyosini farmasevtik zavodga qabul qilish.
Farmatsevtika zavodi va fabrikalarida hamda markazlashtirilgan omborlarda dorivor mahsulotlar odatda ko‘p miqdorda — partiya qilib qabul qilinadi. Og‘irligi 50 kg dan kam bo‘lmay, har taraflama bir xil bo‘lgan, uning sifatliligini tasdiqlovchi bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan mahsulot solingan o‘rinlar to‘dasi bitta partiya hisoblanadi. Partiyaga ilova qilingan hujjatda quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:
1. Hujjatning raqami, berilgan oy, kun va yili. 2.Jo‘natgan korxonaning nomi va manzili. 3. Mahsulotning nomi. 4. Partiya raqami. 5. Partiya og‘irligi (miqdori, massasi). 6. Yig‘ilgan yoki terilgan yili va oyi. 7. Tayyorlangan tuman (yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar uchun). 8. Mahsulot sifatini tekshirish natijalari. 9. Mahsulotga me’yoriy-texnik hujjatlarni belgilash. 10. Mahsulot sifatiga javobgar shaxsning familiyasi, lavozimi va imzosi. Dorivor mahsulot qabul qilinayotganda GOST 6077-80 ga muvofiq quyidagi qoidalarga amal qilinadi: 1. Qabul qilinadigan partiyaning tashqi ko‘rinishini umumiy tekshirish.2. Dorivor mahsulot solingan idish (upakovka)ning tahlil uchun ochiladigan joyini tanlash. 3. Qabul qilinayotgan partiyaning bir xilligi va nuqsonini aniqlash. Partiyaning har qaysi o‘rin birligining umumiy tashqi ko‘rinishi tekshiriladi. Bunda idish (tara) ning zararlanmaganligi, namlanmaganligi, GOST 6077-80 bo‘yicha to‘g‘ri joylashtirilgan — upakovka qilingan va belgi solingan (markirovka qilingan) ligiga e’tibor beriladi. Dorivor mahsulotlarni ko‘p miqdorda qabul qiladigan zavod va fabrikalarda hamda markazlashtirilgan omborlarda mahsulotdan tahlil uchun namuna olish va ularni tahlil qilishda odatda 1980-yilda chiqarilgan maxsus standartlar to‘plamlaridan (GOST 24027-80 va GOST 6077-80) foydalaniladi. O‘rtacha namuna olish partiyaning soni va o‘lchamiga bog‘liq. Davlat farmakopeyasi (XI nashri) va GOST-24027-0-80 bo‘yicha agar partiyada 1 tadan 5 tagacha nuqsonsiz o‘rin bo‘lsa, hammasini ochib ko‘rib, o‘rtacha namuna olinadi, 6 tadan 50 tagacha o‘rin bo‘lsa, tanlab 5 tasi ochiladi, 50 tadan ortiq bo‘lsa, 50 ta o‘rindan ajratib olingan 5 taga qo‘shimcha keyingi har qaysi 10 ta o‘rin hisobidan yana bittadan ochib ko‘riladi (partiyada 50 tadan ortiq o‘rin bo‘lsa, ularning 10% i ochib ko‘riladi). Partiya ochib ko‘rilganda rangi, hidi, bir xilligi va namligiga ahamiyat beriladi. Dorivor mahsulot quyidagi hollarda yaroqsiz deb topiladi va qabul qilinmaydi.
1. Bir kecha-kunduz shamollatilganda ketmaydigan badbo‘y yot hidi bo‘lsa yoki o‘ziga xos hidini yo‘qotgan bo‘lsa.
2. Zaharli o‘simlik mahsuloti aralashmasi bo‘lsa.
3. Begona, dorivor va boshqa o‘simliklar (somon, xashak) yoki mineral aralashmalar (qum, tosh) hamda qush va hayvonlar chiqindisi ruxsat etilgan normadan ko‘p bo‘lsa.
4. Mahsulot mog‘orlagan va chirigan bo‘lsa.
5. Ombor zararkunandalari bilan II—III darajada zararlangan bo‘lsa. Agarda mahsulotning tashqi ko‘rinishi tekshirilganda uni bir xil emasligi, qisman mog‘orlaganligi va chiriganligi, boshqa o‘simliklar bilan ruxsat etiladigan miqdordan ancha ko‘p ifloslanganligi kabilar aniqlansa, partiya butunlay navlarga ajratib tozalanadi va qaytadan ikkinchi marta qabul qilinadi. Dorivor mahsulotni tahlil qilish uchun har bir tovar î‘rnining uchta joyidan, ya’ni yuqori, o‘rta va pastki qismini ochib, namuna olinadi. Bu usul namuna olish deb ataladi. Olingan namunalar bir xil bo‘lsa, ularni qo‘shib, boshlang‘ich namuna hosil qilinadi. Bir nechta o‘rindan olingan boshlang‘ich namunalarni qo‘shib o‘rtacha namuna hosil qilinadi. Ba’zan boshlang‘ich namuna miqdori juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Tekshirish uchun boshlang‘ich namunadan kerakli miqdorda o‘rtacha namuna olinadi. Buning uchun sathi tekis materialga (kleyonka, karton qog‘oz, faner va boshqalar) boshlang‘ich namuna 3 sm qalinlikda to‘rtburchak shaklida joylashtiriladi. Keyin diagonal bo‘ylab 4 bo‘lakka bo‘linadi. Qarama-qarshi bo‘laklari ajratib olinib, aralashtiriladi va ularga ham yuqoridagi shakl berilib, yana to‘rtga ajratiladi va h.k. Namunani aralashtirish va bunday bo‘laklarga ajratish ishi kerakli o‘rtacha namuna miqdori q olguncha davom ettiriladi.(1-rasm)
1-rasm Dorivor o’simlik xom ashyosini qadoqlash
O‘rtacha namuna miqdori har xil mahsulotlar uchun turlicha bo‘ladi. Bu miqdor Davlat farmakopeyasi (XI nashr) va GOST 24027-0-80 da ko‘rsatilgan talablarga ko‘ra bo‘ladi. Tekshirish uchun ajratilgan o‘rtacha namunani polietilen yoki ko‘p qavatli qog‘oz xaltachaga solib, ustiga mahsulot to‘g‘risida to‘liq ma’lumot yozilgan (mahsulot va yuborgan idora nomi, partiya raqami, partiya og‘irlik miqdori, namuna olingan vaqt, namuna olgan shaxsning familiyasi va lavozimi) qog‘ozyorliq yopishtiriladi. Xuddi shunday qog‘oz-yorliq xaltacha ichiga ham solib qo‘yiladi. Mahsulotni ombor zararkunandalari bilan zararlanganlik darajasini aniqlash uchun bir xil aralashtirilgan boshlang‘ich namunadan 500 g (yirik mahsulotlardan 1000 g) ajratib olib, og‘zi zich yopiladigan shisha idishga solinadi. Idish ichiga mahsulot to‘g‘risida to‘liq ma’lumot yozilgan qog‘oz solib qo‘yiladi. Keyinchalik o‘rtacha namuna tekshirish uchun yuqorida keltirilgan usuldan foydalangan holda uch qismga bo‘linadi. Uning bir qismi mahsulot chinligi, maydalangan qismi va aralashmalarini, ikkinchi qismi namligini va uchinchi qismi kulini hamda ta’sir qiluvchi moddalar miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi.

Download 1,87 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va inovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti

Download 1,87 Mb.