• Soha muammolari.
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va inovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti




    Download 1,87 Mb.
    bet5/6
    Sana20.12.2023
    Hajmi1,87 Mb.
    #125384
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    kurs ishi Elbek. T.
    8-МАВЗУ. ҲОСИЛАГА НИСБАТАН ЕЧИЛМАГАН, tabiiy-birikmalar-asosidagi-dori-vositalari-mavzusida-xalqaro-konferensiya-bolib-otdi
    Soha maqsadi: O’zbekiston dorivor o’simlik turlar biologiyasi, ekologiyasi ko’paytirish va etishtirish texnologiyasini xamda dastlabki qayta ishlash texnologiyalarini ta‘minlash.

    4-rasm Dori vositalarini ishlab chiqarish jarayoni
    2.3.Sohaning dolzarbligi va oldidagi muammolari.
    Soha ning vazifalari quyidagilardan iborat: Dorivor o’simliklarni biologiyasi, ekologiyasi va geografik tarqalishi va ekspluatatsion zaxiralarini tadqiq etish; Dorivor o’simliklar agrotexnikasini ishlab chiqish; Tabiiy resurslarini aniqlash; Dorivor o’simliklarni etishtirish va dastlabki qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish; FS talabiga mos keladigan xom ashyolarni etkazib berish; SHuni alohida ta‘kidlash joizki, ayni paytda dorivor o’simlikshunoslik bo’yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash davr talabi. SHu maqsadda, 2017 yil 3 may oyida Prezident farmoni asosida 7ta (Qaraqalpog’iston respublikasida-Nukus farm, Surxondaryo viloyatida-Boysun farm, Toshkent viloyatida-Parkent va Bo’stonliq farm, Jizzax viloyatida-Zomin farm, Sirdaryo viloyatida-Sirdaryo farm, Namangan viloyatida- Kosonsoy farm) farmatsevtika hududlari tashkil etildi. Tashkilotlarning asosiy vazifalari viloyatlarda dorivor o’simlik xom ashyo resurs potetsiallarini aniqlash va ularni tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, dorivor o’simliklarni etishtirish va qayta ishlashdan iborat.(4-rasm)
    Soha muammolari. Har bir sohada bo’lgani kabi dorivor o’simlikshunoslik sohasida ham ayrim muammolar uchrab turadi.
    1.Respublikamizda dorivor o’simliklarni biologik va ekspluatatsion zaxiralarini aniqlab, katta masshtabdagi xaritalarni tuzib uchastkalarga bo’lib har yili, navbatma-navbat xom ashyo olish ishlarini tashkil qilish lozim.
    2. Dorivor o’simlik turlari abiiy qayta tiklanishi uchun sharoitlar yaratish kerak.
    3. Dorivor o’simlik plantatsiyalarini tashkil etish maqsadga muvofiq. Buning uchun amaliy ilmiy tadqiqodlar olib borish tavsiya etiladi.
    4. Dorivor o’simlik xom-ashyo mahsulotlarini to’g’ri muddatlarda yigib olish lozim bo’ladi:
    5. Dorivor o’simlik xom-ashyo mahsulotlarini to’g’ri quritish lozim bo’ladi:
    6. Dorivor o’simlik xom-ashyo mahsulotlarini tavar holatga keltirish

    5-rasm Dori vositasini tahlil jarayoni

    lozim:
    7. Dorivor o’simliklarni marketingini ishlab chiqish zarur.
    8. Dorivor o’simlik xom-ashyo mahsulotlarini to’g’ri saqlash lozim bo’ladi:
    10. Saqlanish muddatiga amal qilish lozim. SHunda zamon talabiga mos, va raqobatbardosh mahsulotlarni etishtirish imkoniyatlari yaratiladi. Kelajakda, (7ta farmatsevtika hududlari) bu ishlarni hammasi bartaraf etiladi va soha ravnaq topadi. Buning uchun har bir mutaxassis ma‘suldirlar.(5-rasm)
    Xulosa
    1. Farmatsevtika zavodi va fabrikalarida hamda markazlashtirilgan omborlarda dorivor mahsulotlar odatda ko‘p miqdorda — partiya qilib qabul qilinadi. Og‘irligi 50 kg dan kam bo‘lmay, har taraflama bir xil bo‘lgan, uning sifatliligini tasdiqlovchi bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan mahsulot solingan o‘rinlar to‘dasi bitta partiya hisoblanadi. Dorivor mahsulotni tahlil qilish uchun har bir tovarning uchta joyidan, ya’ni yuqori, o‘rta va pastki qismini ochib, namuna olinadi. Bu usul namuna olish deb ataladi. Olingan namunalar bir xil bo‘lsa, ularni qo‘shib, boshlang‘ich namuna hosil qilinadi. Bir nechta o‘rindan olingan boshlang‘ich namunalarni qo‘shib o‘rtacha namuna hosil qilinadi.
    2. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, ijtimoiy va iqtisodiy tarmoqlarning har bir yo’nalishigaalohida e‘tibor qaratildi. Bugungi kunda dunyo miqyosida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va dorivor o’simliklar xom ashyosi asosida tabiiy dori-darmonlar ishlab chiqarishni kengaytirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Masalan, dorivor o’simliklar orasida mevalari «tabiiy vitaminlar konsentrati» deb nom olgan na‘matak (shipovnik) va mevasidan shifobaxsh moy olinadigan chakanda (oblepixa) o’simlik dunyosida foydali xususiyatlari va amaliyotda foydalanish ko’lamiga ko’ra MDH mamlakatlari Farmakopeyasiga kiritilgan qimmatli o’simliklar hisoblanadi.
    3. Har bir sohada bo’lgani kabi dorivor o’simlikshunoslik sohasida ham ayrim muammolar uchrab turadi. Respublikamizda dorivor o’simliklarni biologik va ekspluatatsion zaxiralarini aniqlab, katta masshtabdagi xaritalarni tuzib uchastkalarga bo’lib har yili, navbatma-navbat xom ashyo olish ishlarini tashkil qilish lozim. Dorivor o’simlik turlari abiiy qayta tiklanishi uchun sharoitlar yaratish kerak.Dorivor o’simlik plantatsiyalarini tashkil etish maqsadga muvofiq. Buning uchun amaliy ilmiy tadqiqodlar olib borish tavsiya etiladi.


    Download 1,87 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va inovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti

    Download 1,87 Mb.