Dorivor o’simlik mahsulotini ishlab chiqarish istiqboli




Download 1,87 Mb.
bet4/6
Sana20.12.2023
Hajmi1,87 Mb.
#125384
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi Elbek. T.

2.2.Dorivor o’simlik mahsulotini ishlab chiqarish istiqboli.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, ijtimoiy va iqtisodiy tarmoqlarning har bir yo’nalishigaalohida e‘tibor qaratildi. Xususan, mustaqillikning dastlabki yillarida dorivor o’simliklar dehqonchiligini rivojlantirish maqsadida, respublikamizda (1991-yil 31-dekabr Vazirlar mahkamasining 171-F sonli qarori bilan) ―SHifobaxsh IICHM tashkil etildi va uning tarkibiga 5 ta ixtisoslashgan (Namangan viloyati Pop tumanidagi Abu Ali ibn Sino, Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi Yo’ldosh Oxunboboev, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi-Hisor, Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanidagi Yakkabog’ va Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi)davlat o’rmon xo’jaliklari birlashtirildi. Mazkur xo’jaliklar respublikamizning turli tuproq va iqlim sharoitida joylashgan bo’lib, har bir xo’jalikda shu iqlim va tuproq sharoitiga mos keladigan dorivor o’simlik turlari etishtirilmoqda. Bu xo’jaliklar hozirgi vaqtgacha mahalliy farmatsevtika ishlab-chiqarish sanoatini dorivor o’simliklar xom-ashyosiga bo’lgan ehtiyojini imkon qadar ta‘minlab kelmoqda. Ularning muhim vazifasi quyidagilardan iborat;-birinchidan, o’sha hududda tabiiy holda tarqalgan dorivor o’simliklarni asrash, zahiralarini kamayib ketishini oldini olish va dorivor o’simlik xom ashyolarini uzluksiz terib olinishiga 89 chek qo’yishdir. Natijada mazkur hududda ekologik muvozanat va mavjud o’simliklar turlari saqlanib qolinadi. -ikkinchidan, sog’liqni saqlash muassasalari va farmatsevtika sanoati korxonalari ehtiyojini to’la-to’kis qondirish uchun dorivor o’simliklar xom ashyosi bazasini yaratish zarur. Madaniy holda etishtirilgan dorivor o’simliklar xom ashyosining afzalligi shundan iboratki, bunda farmatsevtika sanoati bir xil turdagi va bir xil yoshdagi dorivor o’simliklar xom ashyosi bilan ta‘minlanadi, mahalliy sharoitda etishtirilgan dorivor o’simliklar substansiyalari bilan farmatsevtika sanoati ta‘minlanadi va bu dori vositalari tayyorlashda texnologik jarayonlarini osonlashtiradi. -uchinchidan tabiatda tabobat amaliyotida ishlatiladigan barcha dorivor o’simliklar mavjud emas. Ana shunday o’simlikldar ko’chati va urug’larini xorijdan olib kelib iqlimlashtirib va madaniylashtirib respublikamiz iqlim sharoitiga moslashtirilmoqda. CHunonchi, makkai sano,dorivor moychechak, qalampir yalpiz, pol-pola, tuxumak, tirnoqgul, qizil exinatsiya va boshqalar shular jumlasidandir. So’ngi yillarda respublikamizda mazkur sohani rivojlantirish borasidagi barcha qarorlarning(2004 yil 28 oktyabrda O„zR Vazirlar Mahkamasining №508 – sonli “O’zbekiston Respublikasi xududidan tashqariga olib chiqish va olib kirish, biologik resurslardan ratsional foydalanish uchun nazoratni kuchaytirish to„g„risida”gi qarori,O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 19 noyabrdagi “Unabi (CHilonjiyda) plantatsiyalarini kengaytirish, uning shifobaxsh va oziq-ovqatlik xususiyatlaridan keng foydalanish to’g’risidagi” qarori, 2015 yil 20 yanvardagi № 5-sonli “2015-2017 yillarda o’rmon ho’jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va oziqabop o„simliklar xom-ashyosini etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora tadbirlari to’g’risida” gi qarori 2015 yil 20 - apreldagi “Dorivor o„simliklar asosida dori vositalarini va biologik faol qo’shimchalarni mahalliy korxonalarda ishlab chiqarishni rivojlantirish

2-rasm Dorivor fitochoy


chora tadbirlari tug’risidagi № 32-sonli qarorlari) ijrosi ta‘minlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 noyabr ―Qishloq va suv xo’jaligi tarmoqlarini oliy ma‘lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta‘minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidadagi 311- son qarori hamda Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 05.11.2015 yildagi 238- sonli buyrug’i, Toshkent davlat agrar universiteti Kengashining 2015 yil 29 dekabrь 4-son bayoni qaroriga muvofiq Toshkent davlat agrar universiteti tuzilmasida ―O’rmon xo’jaligi va dorivor o’simliklar fakulьteti tashkil etildi. Uning tarkibiy qismida esa «Dorivor o’simliklar va botanika» kafedrasi faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.Kafedra professor-o’qituvchilari tamonidan mazkur soha bo’yicha bakalavr va magistr mutaxassis kadrlarni tayyorlash mexanizmi to’liq ishlab chiqilgan va yo’lga qo’yilgan. SHuni alohida ta‘kidlash joizki, ayni paytda dorivor o’simlikshunoslik bo’yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash davr talabi. SHu maqsadda, 2017 yil 3 may oyida Prezident farmoni asosida 7ta (Qaraqalpog„iston respublikasida-Nukus farm, Surxondaryo viloyatida-Boysun farm, Toshkent viloyatida-Parkent va Bo„stonliq farm, Jizzax viloyatida-Zomin farm, Sirdaryo viloyatida-Sirdaryo farm, Namangan viloyatida- Kosonsoy farm) farmatsevtika hududlari tashkil etildi. Tashkilotlarning asosiy vazifalari viloyatlarda dorivor o’simlik xom ashyo resurs potetsiallarini aniqlash va ularni tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, dorivor o’simliklarni etishtirish va qayta ishlashdan iborat. Bugungi kunda dunyo miqyosida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va dorivor o’simliklar xom ashyosi asosida tabiiy dori-darmonlar ishlab chiqarishni kengaytirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Masalan, dorivor o’simliklar orasida mevalari «tabiiy vitaminlar konsentrati» deb nom olgan na‘matak (shipovnik) va mevasidan shifobaxsh moy olinadigan chakanda (oblepixa) o’simlik dunyosida foydali xususiyatlari va amaliyotda foydalanish ko’lamiga ko’ra MDH mamlakatlari Farmakopeyasiga kiritilgan qimmatli o’simliklar hisoblanadi. Xalqaro chakanda Assotsiatsiyasi (International Seabuckthorn Association) tashkilotining ma‘lumotlariga ko’ra so’nggi yillarda Xitoy jahonda chakanda etishtirish bo’yicha peshqadamlik qilmoqda, chakanda plantatsiyalari egallagan maydon 1,2 mln. gektarga etgan. Xitoyda chakanda etishtirish, mevasini qayta ishlash, dorivor, oziq-ovqat va parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha 200 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda1 . Rossiya Federatsiyasida yiliga 2000 tonna chakanda mevasi tayyorlanadi va qayta ishlanadi. MDH mamlakatlarida na‘matak mevalariga bo’lgan talab 6–8 ming tonnani tashkil etadi, lekin u 50% ga bajariladi. Bugungi kunda dunyoning dorivor o’simliklar etishtiruvchi barcha mamlakatlarida qimmatli polivitamin o’simliklar – na‘matak va chakandani ko’paytirish usullarini va ko’chatlarini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish hamda ekin maydonlarini kengaytirish dolzarb muammo hisoblanadi. Dunyo mamlakatlarida na‘matak va chakandaning dorivor xom ashyosiga bo’lgan talab asosan uning tabiiy butazorlari xisobiga qondirilmoqda. SHu bois polivitamin butasimon o’simliklarning yangi plantatsiyalarini seleksion asosda barpo etish va buning uchun zarur standart ko’chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirishga e‘tibor berilmoqda. Mamlakatimiz o’rmon xo’jaligi tizimida dorivor va oziqabop o’simliklarni samarali plantatsiyalarini barpo etish va kengaytirish bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida o’rmon fondi er resurslaridan oqilona foydalanish, dorivor va oziqabop o’simliklarning ekin maydonlarini kengaytirish va eksportni ko’zda tutuvchi jahon standartlariga mos mahsulotlarini etishtirishga erishilmoqda. O’zbekiston Respublikasining 2017–2021 yillarga mo’ljallangan Xarakatlar strategiyasida «.qishloq xo’jaligida ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg’or agrotexnologiyalarni joriy etish hamda hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum etishtirishni ko’paytirish» muhim strategik vazifalaridan biri qilib belgilab berilgan. Bu borada dorivor va oziqabop o’simliklarni biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda standart ko’chatlarini etishtirishni ta‘minlovchi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Polivitamin o’simliklarni istiqbolli shakllarini tanlash, baholash va ularni jadal ko’paytirish hamda ko’chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish o’rmon xo’jaligi uchun dolzarb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 5 avgustdagi 222-son «Dorivor o’simlikshunoslik va yangi dori vositalarini ishlab chiqarish korxonalarini tashkillashtirish uchun dorivor o’simliklarni sanoat miqyosida plantatsiyalarini yaratish» to’g’risidagi qarori, 2015 yil 20 yanvardagi 5-sonli «2015-2017 yillarda o’rmon xo’jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va oziqabop o’simliklar xomashyosini etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi majlis bayonnomasi hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me‘yoriy-xuquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi.(2-rasm)

3-rasm Tabiiy dori vositalari
LPRP sifatiga qo'yiladigan talablar Umumiy farmakopeya monografiyasining tegishli dozalash shakllari / chiqarish shakllariga qo'yiladigan talablari va farmatsevtika farmatsevtikasining o'simlik manbalaridan foydalanilgan farmatsevtika moddasiga bo'lgan talablarini hisobga olgan holda tartibga solinishi kerak. Xuddi shu turdagi o'simlik dorivor mahsulot uchun FSRP maqsadiga qarab, biologik faol moddalarning bir, ikki yoki undan ortiq guruhlari uchun tarkib normalari berilishi mumkin, ruxsat etilgan tarkib normalari "kamida ..." normallashtiriladi. Kardiyak glikozidlar va alkaloidlar guruhining biologik faol moddalari uchun tarkib normalari , ikki tomonlama normalizatsiyadan foydalanishni ko'rsatadi: "kamida ... va ko'p emas ...".
LPRP sifatini baholash umumiy farmakopeya monografiyasining tegishli dozalash shakllari uchun talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Misol uchun, agar LPRP kukun shaklida o'simlik kelib chiqishi farmatsevtik moddasini o'z ichiga olgan bo'lsa, u "Dorivor o'simlik xom ashyosi va o'simlik dorivor mahsulotlardagi aralashmalarning haqiqiyligi, nozikligi va tarkibini aniqlash" Umumiy farmakopeya monografiyasi yordamida tahlil qilinadi. Dorivor o'simlik materiallari va dorivor o'simlik preparatlarini mikroskopik va mikrokimyoviy tekshirish texnikasi.(3-rasm)

Download 1,87 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dorivor o’simlik mahsulotini ishlab chiqarish istiqboli

Download 1,87 Mb.