• TerDU____2022-2023 Topshirdi: _________________ Qabul qildi: _________________ REJA: KIRISH
  • II.BOB. O`ZBEKISTONNING TURIZM IMKONIYATLARI VA SALOHIYATI 2.1. O`zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish istiqbollari. 2.2.
  • O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi




    Download 4.63 Mb.
    bet1/8
    Sana09.02.2023
    Hajmi4.63 Mb.
    #41720
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    O`zbekiston kurs ishi
    transformatorlar bo\'yicha, Xirurgiya bulimi tuzilmasi va uni ishini tashkil kilish, 136434, IQTISODIY USISH, TEST, 1 tiibiy xizmat, yHKuxYOItpJ97DdfsOklwYtTovBgwzEsvuNkthCo, №10 Рахмонова Шахноза, jaska. pptx, 9-grade cw, 10-amaliy, 6010395, Лекция №4, Burxonova shoira kurs ishi (2) (1)



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
    TABIIY FANLAR FAKULTETI
    GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI
    4-BOSQICH G119-GURUH TALABASI
    KUBAYEV RAMAZANNING
    O`ZBEKISTON GEOGRAFIYASI FANIDAN “O`zbekistonning turizm salohiyati” MAVZUSIDA YOZGAN


    KURS ISHI

    TerDU____2022-2023
    Topshirdi: _________________
    Qabul qildi: _________________

    REJA:
    KIRISH
    I.BOB.O`ZBEKISTONDA TURIZMNING RIVOJLANISH TARIXI
    1.1.O’zbekistonda qadimda turizmning rivojlanishi.
    1.2.O’zbekistonda turizmning sobiq sho’ro davrida rivojlanishi.
    1.3.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda turizmning yuksalishi.
    II.BOB. O`ZBEKISTONNING TURIZM IMKONIYATLARI VA SALOHIYATI
    2.1. O`zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish istiqbollari.
    2.2. O`zbekistonning turizm salohiyati yuqori bo`lgan shaharlar.
    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    KIRISH
    Bugungi kunda turizmning dunyo iqtisodiyotidagi o‘rni mustahkamlanib, muhim makroiqtisodiy tarmoqlardan biri sifatida jadal rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda hududlarning turistik imkoniyatlarni aniqlash va turizmning o‘ziga xos turlarini tashkil etishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotga qo‘llash mavzusining dolzarbligini ifodalaydi.
    1991-yil Kanada poytaxti Ottava shahrida bo‘lib o‘tgan «Xalqaro turizm va statistika» mavzuidagi konferentsiyasida turist - bu o‘zi yashab turgan joydan 12 oydan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida ish bilan band bo‘lmasdan tarixiy va boshqa turistik ob’ektlar xizmatidan foydalangan kishiga aytiladi, deb kelishildi. Demak, sayyoh yoki turist deb ataladigan kishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat bilan band bo‘lmasdan turistik xizmatdan foydalanishi lozim. Ayni paytda sayyoh, o‘z mamlakatida mahalliy sayyoh, undan tashqarida esa chet ellik ya’ni xalqaro sayyohga aylanadi.
    Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini mustahkamlash va iqtisodiyotini rivojlantirishda jahon tajribasidan keng foydalanmoqda. Bu o‘rinda turizm sohasini rivojlantirishga davlat tomonidan katta imkoniyatlar yaratilmokda. Jumladan, Prezidentimiz I.A.Karimovning 1995 yil 2 iyunda chiqargan «Buyuk Ipak yo‘li»ni qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasini ishtirokini avj oldirish va respublikada Xalqaro turizmni rivojlantirish» to‘g‘risidagi Farmoni mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda dastlabki qadamlardan biri bo‘ldi.
    O‘zbekistonning eng muhim tarixiy va turistik shaharlari dunyoning qadimgi madaniyat, ma’naviyat va tsivilizatsiya markazlari sifatida jahon sayyohlarini o‘zigajalb qiladi. Bundan tashqari, mamlakatimizda turistik
    marshurutlarning ko‘plab yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ularga
    sayyohlarni qiziqtirish mintaqalarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishni taqozo etadi.
    Bizningcha, respublika viloyatlarining barchasida o‘ziga xos turistik imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ularni o‘rganish, mintaqalardagi mavjud turistik ob’ektlarni (tarixiy, madaniy, arxeologik, arxitektura, tabiiy rekreatsiya resurslar va h.k) chuqur iqtisodiy jihatdan baholash va aniq turistik marshrutlarni belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.Turizm sohasidagi mutaxassislarning fikricha, u XXI asrda dunyo miqyosida eng ustuvor fond keltiruvchi sohaga aylanadi.
    Hozir u dunyo bo‘yicha avtomobilsozlik va neftni qayta ishlash sohasidan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu soha dunyo sanoati va qishloq, xo‘jaligidan o‘zib ketdilar.Turizmning tez rivojlanishiga yana bir sabab, u yuqori darajadagi katta ilmiy tadqiqot xarajatini (naukoyomkiy) va quvvatni ko‘p sarf qiladigan (energoyomkiy) texnologiyani talab qilmaydi.
    Biroq, turizm boshqa sohalarni rivojlantirishni taqozo qiladi. Shu tufayli ushbu soha bilan ko‘pgina xizmat ko‘rsatuvchi va servisni tashkil etish sohalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq, ravishda rivoj topmog‘i lozim
    1-Rasm



    Download 4.63 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 4.63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi

    Download 4.63 Mb.