• TOSHKENT 2024 Mavzu; Loyiha va uning turlari. Reja
  • .Loyihani boshqarish jarayonlari.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va




    Download 0,49 Mb.
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #245293
    Bog'liq
    1714926955 (1)


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    Akademik yozuv fanidan
    1- TOPSHIRIG‘I

    Bajardi::Irgashaliyev Asilbek


    Tekshird:To’raqulova Mahliyo


    TOSHKENT 2024

    Mavzu; Loyiha va uning turlari.


    Reja;
    1. Loyiha tushunchasi
    2.Loyihani boshqarish jarayonlari;
    3.Xulosa;

    1.Loyiha tushunchasi
    Loyiha bu aniq bir maqsadga erishish uchun kelishilgan muayyan faoliyatlar tizimidir. Buni osonroq tushunish uchun, keling loyihaning boshqa faoliyat turlaridan ajratib turadigan jihatlarini ko'rib chiqamiz

    Demak, loyiha bu biror o'ziga xos mahsulot, xizmat yoki natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan vaqtinchalik harakatlar majmuasi. U ma’lum bir belgilangan jadval, narx va ijro parametrlari doirasida maxsus maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi.Loyihaning vaqtinchalik bo'lgani loyiha natijasida yaratiladigan mahsulot yoki natijaga ta’sir etmaydi. Aksincha, bunday mahsulot va natijalar uzoq yillar davomida xizmat qilish uchun yaratiladi. Masalan, bino qurish loyihasining natijasida qurilgan bino ko'p yillar davomida turadi.Loyihaga misollar quyidagilar bo'lishi mumkin:

    • Yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratish;

    • Tashkilotning ichida o'zgarishlarni kiritish; masalan tashkilotning ichki tuzilmasini o'zgartirish;

    • Qurilish loyihalari;

    • Yangi biznes jarayonini kiritish va hokazo.

    Loyihalar har bir sohaga taaluqlidir. Ijtimoiy sohada biror muayyan muammoga yechim topish maqsadida turli loyihalar amalga oshiriladi. Ko'pincha bunday loyihalar "pilot" yoki "tajriba loyihalari" deb ataladi. Bunga sabab, muammoga yechim bo'ladigan yangi xizmat turi yoki natijaga erishish yo'li muayyan bir hududda tajribada sinab ko'riladi. Bunga misol tuman aholisini gigiena bo'yicha bilimlarini oshirish. Deylik bunday xizmat hozircha tumanda yo'q, lekin gigiena va tozalikka rioya qilmaslik ko'plab kasalliklarni qo'zg'atmoqda. Shu muammoni hal qilish uchun tumandagi nodavlat tashkiloti aholi orasida ma’lumot tarqatish va targ'ibot ishlarini olib borish loyihasini yaratib yangi xizmat turini sinab ko'radi. Loyiha natijasi qoniqarli bo'lsa, uni butun viloyat bo'ylab doimiy ravishda amalga oshirsa bo'ladi.Shu borada, har bir loyihani tuzganda, loyiha barqarorligini oldindan o'ylash va uni tadbirlarga singitib borish juda muhim. Loyiha tugagach unga nima bo'ladi? Kim bu ishni davom ettiradi? Unga qayerdan moliya keladi? shu kabi savollar ustida bosh qotirish kerak va loyiha tugagach uning o'rnida bo'shliq paydo bo'lib qolmaslikka intilish kerak.Agar loyiha yangi mahsulot yaratish bilan bog'liq bo'lsa, yangi mahsulot turi korxonaning doimiy mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga kiritiladi.

    2.Loyihani boshqarish jarayonlari.


    Loyiha o'z vaqtida, unga ajratilgan byudjet chegarasidan chiqmagan holda va shu bilan birga rejalashtirilgan natijaga erishish uchun mohirlik bilan boshqarilishi kerak. Loyihani samarali amalga oshirishda bilim, malaka va uslublarni mohirlik bilan qo'llash loyihani boshqarish deb ataladi.
    Har bir loyihaning o'z umri bo'ladi. Turli adabiyotlarda bunday davrlar turlicha ataladi, lekin umuman olganda har bir loyihaning umri 4 bosqichga bo'linadi. Ular:

    1. Boshlanish;

    2. Rejalashtirish;

    3. Ijro etish;

    4. Yakunlash.

    Yana bir muhim bosqich bu Monitoring va nazorat qilish boshqichi bo'lib, lekin u har bir yuqoridagi boshqichlarda ro'y beradi; shuning uchun uni doim ham alohida boshqichga ajratmaydilar.

    3.Xulosa


    Bizni o”rab turgan dunyoni loyihalar o”zgartiradi. Hatto dunyo svilizatsiyasini va buyuk rivojlanish jarayonini boshidan kechirgan qiziquvchan bugungi insonlar ham Misr ehromlarini, , Moskva Kremli, zamonaviy aviatsiya va koinotning zabt etilishini ko’rib hayronu lol qoladilar. Biz o’zimizga yana va yana savol beramiz: “Bunaqa natijalarga qanday erishilgan? Misol qiladigan bo’lsak Misr piramidalari qanchadan-qancha xarsang toshlardan bunyod bo’lgan .Insonlar bu xarsangtoshlarni yuqori qanday olib chiqishgan deb o’ylaysiz? Albatta ,dunyoning 7 mo’jizasidan biri bo’lgan bu piramidalar qurilishidan avval ularning loyihalari tuzilgan va hozirgach rivojlanib kelmoqda.
    Download 0,49 Mb.




    Download 0,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va

    Download 0,49 Mb.