• Bajardi: PP____ guruh talabasi __________________ Tekshirdi: __________________ Toshkent 2023
  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini didaktik imkoniyatlari
  • О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasasi




    Download 2.66 Mb.
    bet1/52
    Sana15.11.2023
    Hajmi2.66 Mb.
    #98805
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
    Bog'liq
    Αzbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasasi
    8-sinflar uchun 2, Ишчи дастур Стат (2-к, сиртки) 2019, 2019.09xizmatuzb, 1labElbek Ro‘ziyev, 8-laboratoriya ishi Mavzu radius serverini sozlash Ishdan maqsa-fayllar.org, Pedagogik dasturiy vositalar ((AutoPlayMedia Studio, CoutseLab i-fayllar.org, AT”Aloqabank”, Kenjayeva Surayyo fizika mus. ish, Borliq va uning asosiy shakllari, Aniqlik kvalitetlari., Talim shakli, 2I7gAsIQjCjkW9oSvVGLXZ (2), 1 Model eskizi bo’yicha bel kiyimlarini konstruktiv modellash, Twofish ahku





    О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM MUASSASASI





    MUSTAQIL TA’LIM

    Bajardi: PP____ guruh talabasi
    __________________

    Tekshirdi: __________________


    Toshkent 2023


    Mavzu: Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari.
    Reja

    1. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

    2. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini didaktik imkoniyatlari

    Hozirgi kunda zamonaviy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarining o‘rni aniq va yaqqol ko’rina boshladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat, bank, sanoat, tibbiyot va xavfsizlik va boshqa sohalarda keng foydalanilmoqda. Bu esa jamiyatimizdagi barcha soha va yo’nalishlarda ham zamonaviy axborot-kommunikatsi texnologiyalaridan to’la va izchil joriy qilishdan dalolat beradi. Shu asnoda mamlakatimizda zamonaviy texnologiyani joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining qarorida “Aqlli shahar” konsepsiyasi qabul qilinib, unga ko‘ra “aqlli ta’lim”, “aqlli transport”, “aqlli hokimiyat” kabi bir qator loyhalarini joriy etishning asosiy yo‘nalishlari belgilab chiqildi. Bu esa jamiyatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tadbiq qilish hamda uni amaliyotga qo‘llash orqali barcha sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish imkoniyati yaratilib berilayotganidan darak beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Raqamli iqtisodiyotga o‘tmasak, orqada qolib ketyapmiz. Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda «Raqamli O‘zbekiston – 2030» dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur” deya takidlab o‘tdilar. Bu qaror loyihasida O’zbekiston aholisining Jahon tarmog'iga kirish imkoniga ega bo'lgan tadqiqotlar keltirilgan.Xususan, joriy yilda keng polosali ulanishning kamida 800 ming Internet portini tashkil etish va 12 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari barpo etish rejalashtirilgan. Internetda keng polosali tarmoqlarni kengaytirish uchun 340 mingga yaqin abonent telekommunikatsiya uskunalariga ega bo'ldi. Hududlar bo'yicha taqsimlangan telekommunikatsiya qurilmalari mutaxassislar tomonidan o'rnatildi. Bugungi kunda 281 ming port qurilmasi o'rnatilgan.


    2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "fan, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq Prezidentimizning 2020-yil 28-apreldagi "raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori qabul qilindi. Bugungi kunda butun mamlakat bo'ylab 1 148 ta yangi baza stansiyasi o'rnatildi va foydalanishga topshirildi. 1483 ta muassasada joylashgan tayanch stansiyalarni modernizatsiya qilish orqali keng polosali Internet xizmatlarini ko'rsatish mumkin bo'ldi. Telekommunikatsiya tarmog'ini rivojlantirish loyihalari doirasida rejalashtirilgan ob'ektlarga 6,5 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda, - deydi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Akmal Arifjonov. Raqamlashtirish yo'lidagi keyingi muhim qadam IT-Parkni yaratishdir. Texnopark Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi "dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. It-Park Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi faol va iqtidorli insonlar buxgalteriya, huquqiy, marketing va ta'limni qo'llab-quvvatlash orqali g'oyalarni haqiqiy biznes loyihalariga aylantirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega bo'lgan noyob joy. Poytaxtimizda tashkil etilgan it-parkning muvaffaqiyatli tajribasi respublikamizning boshqa hududlarida ham shunday texnoparklar yaratishga xizmat qildi.
    Davlat boshqaruvi organlarining malakali mutaxassislari bilan ta'minlash muammosi o'ta dolzarb. Shu munosabat bilan bugungi kunda mamlakatimizda "bir million dasturchi" Mega-loyihasi amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 8-iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimot chog'ida ta'kidlaganidek, sohada belgilangan maqsadlarga erishish yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash hisobiga jadal sur'atda o’sishi mumkin. Shuning uchun 2020 yil oxirigacha 100 ming kishini va yana 150 ming kishini – 2021-yilning birinchi yarmida o'qishga jalb qilish kerak. Maktablarda "Informatika" fanining 5- sinfidan o'qituvchini takomillashtirish, uning dasturiga "bir million dasturchi" loyihasidan fanlarni kiritish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
    2020-yil 17-mart kuni Prezidentimizning "Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan belgilangan vazifalar qatorida "raqamli Toshkent" kompleks dasturini amalga oshirish uchun 377 ta mahalliy korxonani birlashtirgan It-Park rezidentlarini jalb qilish ko’zda tutildi. Dastur shahar xizmatlarini boshqarishni raqamlashtirishga, ijtimoiy soha obyektlari, ishlab chiqarish, yo'l-transport va kommunal infratuzilmalarning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratishga, keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlariga tarqatishga qaratilgan.
    So‘nggi o‘n yillikda ta’lim sohasida kompyuter texnologiyalarining keng qo'llanilishi pedagogika faniga qiziqishni kuchaytirdi. O'qitishning kompyuter texnologiyasi muammosini hal qilishda rus va chet el olimlari katta hissa qo'shdilar. Jumladan G.R. Gromov, V.I. Gritsenko, V.F. Sholoxovich, O. I. Agapova, O.A. Krivosheev, S. Papert, G. Kleyman, B. Sendov, B. Hunter va boshqalar. Ta'lim jarayonida axborotlashtirish bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshirishgan. Hozirgi kunda esa raqamli texnologiyaga katta ahamiyat qaratilmoqda va barcha sohalar sekin astalik bilan raqamlashtirilmoqda.
    Ta’limni raqamlashtirish bo’yicha qator izlanishlar, g’oyalar va takliflar amalga oshirilib kelinmoqda. Hozirgi kunda ilmiy tadqiqot izlanuvchilar, professorlar hamda xorij tajribalarini o'rgangan holda va ularning davomchisi sifatida OTM ning boshqaruv tizimiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash orqali “D&G” (digital technologies and gifted students) dasturiy tizimini yaratishga qaratilgan g’oyani ilgari surmoqdamiz.
    Iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etishni amalga oshirishda rivojlangan mamlakatlardagi raqamli texnologiyalar asosida dasturiy tizim yaratishning kontseptsiyalarini oʼrganish va tahlil qilish, milliy kontseptsiya asosida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish, koʼp tarmoqli indikatorlarni eʼtiborga olgan holda intellektual reyting yordamida qaror qabul qilish va uni amaliyotga joriy etish, universitet reytingini koʼtarish va qulay tezkor ishlashi uchun “DGS” kontseptsiyani ishlab chiqishdir. Bu dasturiy tizim iqtidorli talaba yoshlarni, bilimga qiziquvchi, izlanuvchi talabalarni o’zida jamlaydi. Bundan tashqari bo’lim va markazlarda xodimlarning ish faoliyatini ham yengillashtiradi. Ishlab chiqilgan dasturiy vositalar evaziga boshqarishdagi axborot jarayonlari texnologiyasini butunlay oʻzgartirishimiz mumkin.
    Boshqacha aytganda, korxona muassasa va tashkilotlar faoliyatidagi holatni aks ettiruvchi maʼlumotlarning tezkorligi va ishonchliligini taʼminlash, maʼlumotlarni qayd qilishni sodda holatga keltirish, zarur xabarlarni izlash va guruhlash, ularning tezligini oshirish, axborot saqlashni mukammallash, hisobotlar tayyorlashda kishi mehnatini kamaytirish, xoʻjalik boʻgʻinlari orasidagi oʻzaro bogʻlanish va axborot oqimi sifatini koʻtarish, ikkinchi darajali maʼlumotlardan xoli boʻlib, boʻgʻinlararo axborot oqimini tartibga solish, boshqarish uchun olingan maʼlumotlarni saralab, murakkab tahlil ishlarini bajarish, bashoratlash, maqbullash, rejalashtirish va tashkillash masalalarini hal qilishdan iboratdir. Bunday tizimlarni barpo etishdan asosiy maqsad korxona muassasa va tashkilotlarning markazlari va xodimlar uchun qulaylik yaratish, axborot jarayonlarini avtomatlashtirishga qodir yagona interaktiv tizimni ishlab chiqishdir. Axborot jarayonlarini avtomatlashtirish asosida rejalashtirish, loyihalash va boshqarish masalalarini yechish usullaridan foydalanishga imkon tugʻiladi. Axborot jarayonlarini qo‘lda bajarishga asoslangan anʼanaviy boshqarish tizimlaridan boshqaruv ishlarini raqamlashtirishning farqi shuki, bu tizimni yaratish va foydalanishni tashkil etishning asosiy yoʻl yoʻriqlari maxsus qoidalar koʻrinishida ifodalangan boʻladi. Boshqaruvning ayrim bosqichlaridagi jarayonlarni mexanizatsiyalash masalani yechishga doir maʼlumotlarni tayyorlashga ketadigan mehnatni kamaytirmaydi. Bu holatda axborotni kiritish va chiqarish, namunalar hamda dastur apparatini tayyorlashda parallellikning buzilishi dastur va axborotni qayta ishlovchi texnik vositalarni ishlatishda qiyinchilik tugʻdiradi. Bu qiyinchiliklar tezkor va haqiqiy maʼlumotlar asosida kelajakni uzoq muddatga bashoratlash masalasini hal qilishda, rejali topshiriqlarni tezkorlik bilan bajarishda, boshqarishda foydalaniladigan maʼlumotlarni taqdim etishdagi kechikishlarga sabab boʻladi. Shu maqsadda ta’lim tizimida huddi shunday har bir bo’lim, tashkilot va muassasa o’z yo’nalishi doirasida dasturiy tizim barpo qilinsa, yuqorida sanab o’tganimizdek yuqori natijalarga erisha olamiz hamda ta’limda ham boshqaruv tizimida ham o’sish va yuksalish kengayib boradi. Tahlil va natijalar Boshqaruv jarayonini raqamlashtirish shu jihatdan ham samaraliki, unda birinchidan hisobga olish va boshqarish masalalari yagona majmua ichida hal boʻladi, ikkinchidan, axborotning harakat yoʻli, yaʼni birlamchi axborotdan tortib to bir tizimga solingan boshqaruv maʼlumotlarigacha butunlay qamraladi. Boshqaruv jarayonini raqamlashtirish tizimining yagona matematik modeli, yaʼni har xil darajadagi oʻzaro bogʻlangan matematik modellar majmui boʻladi. Bu modellar majmui asosida tizimda avtomatik ravishda maqbullash (optimallash) va rejalashtirish masalasi qoʻyiladi va yechiladi. Bu tizimning unumdorligiga hamma amallarning avtomatik ravishda bajarilishi evaziga erishiladi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish boshqaruvning tashkiliy iqtisodiy tizimi turiga kiradi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish murakkab tizim boʻlib, oʻz tarkibida tub tizimlarni mujassamlashtiradi. Bu tizim maʼlum belgilarga asoslanib ajratilgan va boshqarishning aniq maqsadi hamda masalalariga javob beradigan tizimning bir qismidir. Shu masalalar doirasida uni alohida tizim deb qarash mumkin.
    2020-2021-yillarda "Raqamli Toshkent" dasturi asosiy yo'nalishlarni qamrab oldi jumladan ta'lim, sog'liqni saqlash, kommunal sektor, davlat boshqaruvi, turizm, savdo, qurilish va atrof-muhit muhofazasi. Hozirgi vaziyatda O'zbekistonda masofaviy ta'lim, elektron banking hamda kommunal xizmatlarda ham elektron hisob orqali faol foydalanib kelinmoqda. Bundan tashqari, fuqarolar, vazirliklar va idoralar uchun elektron davlat xizmatlari ro'yhati shakllantirilgan.



    Download 2.66 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




    Download 2.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasasi

    Download 2.66 Mb.