• (Разметка слайда)
  • Вставка
  • Enter
  • Power Point dasturida taqdimot yaratish




    Download 2.66 Mb.
    bet9/52
    Sana15.11.2023
    Hajmi2.66 Mb.
    #98805
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
    Bog'liq
    Αzbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasasi
    8-sinflar uchun 2, Ишчи дастур Стат (2-к, сиртки) 2019, 2019.09xizmatuzb, 1labElbek Ro‘ziyev, 8-laboratoriya ishi Mavzu radius serverini sozlash Ishdan maqsa-fayllar.org, Pedagogik dasturiy vositalar ((AutoPlayMedia Studio, CoutseLab i-fayllar.org, AT”Aloqabank”, Kenjayeva Surayyo fizika mus. ish, Borliq va uning asosiy shakllari, Aniqlik kvalitetlari., Talim shakli, 2I7gAsIQjCjkW9oSvVGLXZ (2), 1 Model eskizi bo’yicha bel kiyimlarini konstruktiv modellash, Twofish ahku
    Power Point dasturida taqdimot yaratish
    Power Point dasturida taqdimot yaratish jarayoni shartli ravishda ikki bosqichga bo`linadi:
    1. Taqdimotni loyihalashtirish va ma`lumotlarni kiritish;
    2. Taqdimot va slaydlar animatsiya samaralarini hosil qilish.
    Yangi taqdimot yaratishdan oldin yaratmoqchi bo`lgan taqdimot va slaydlarimizning tuzilishini ko`z oldimizga keltirishimiz lozim. Bu taqdimot yaratishda juda muhimdir.
    Loyihalashtirish va ma`lumotlarni kiritish bosqichida dastlab albatta bitta yangi bo`sh taqdimot hosil qilish lozim. Power Point dasturini ishga tushirganda odatda 1 ta bo`sh slayddan tashkil topgan yangi taqdimot hosil bo`ladi. Agar bunday bo`lmasa, Файл menyusining Создать buyrug`i bosiladi. Natijada quyidagi yangi fayl yaratish paneli hosil bo`ladi:
    Bu paneldan Новая презентация buyrug`i tanlanadi. Shundan so`ng ekranda yangi bo`sh slayd hosil bo`ladi. O`ng tomonda esa Slayd maketlari (Разметка слайда) paneli paydo bo`ladi:
    Bu panelda 20 dan ortiq turli xil maket ko`rinishlari joylashgan. Maketlar har xil ob`ektlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, 1 ta slayd matn va rasm, matn va grafik, matn va rasm, matn, jadval va animatsiyali ob`ekt va hokazolardan tashkil topishi mumkin. Umuman olganda slaydga matn, rasm (kartina) grafiklardan tashqari turli xil ob`ektlar, masalan, jadval, diagrammalarning turli ko`rinishlari, surat, animatsiyali ob`ektlar, audio va video ma`lumotlar va boshqa ma`lumotlarni joylashtirish mumkin.
    Har doim Вставка menyusining Создать слайд buyrug`i orqali taqdimotga yangi bo`sh slayd qo`shish mumkin.
    Slayd maketlari panelidan joriy slaydning umumiy maketini o`zgartirishimiz mumkin. Buning uchun kerakli slayd tanlanibSlayd maketlari panelidan kerakli ko`rinishdagi maket tanlanadi.
    Hosil qilingan bo`sh slayd ma`lumotlar bilan to`ldiriladi. Buning uchun namunaviy yozuv maydonchasi ustida sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada namunaviy yozuv yo`qolib, uning o`rnida ma`lumot yozish uchun kursor paydo bo`ladi. Kerakli ma`lumot kiritilib Enter tugmasi bosiladi.
    Boshqa ma`lumotlar ham kiritilib bo`lingandan so`ng slaydga biror rangdagi fon berish ham mumkin.
    Buning uchun Формат menyusining Фон buyrug`i bosiladi. Shu tariqa boshqa slaydlar ham yaratib chiqiladi.Shuni ta`kidlash kerakki, barcha slaydlarga birdaniga fon berish ham mumkin.
    Buning uchun Фон buyrug`i orqali ochilgan oynadan rang tanlangachПрименить buyrug`ini emas, Применить ко всем buyrug`ini bosish lozim. Slaydlarga bunday fon berish o`rniga tayyor rang va bezakli shablonlarni qo`llash ham mumkin.
    Buning uchun Формат menyusining Оформление слайда buyrug`i bosiladi.
    Natijada ekranning o`ng tomonida Шаблоны оформления paneli ochiladi. Bu yerda fon uchun turli tayyor bezakdagi shablonlar mavjud. Ularning ixtiyoriysi tanlanganda shablon avtomatik ravishda slaydlarga qo`llaniladi.

    Download 2.66 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




    Download 2.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Power Point dasturida taqdimot yaratish

    Download 2.66 Mb.