• «Jami harajat» = (2* «yo`l narxi» +»Kunlar soni» * «Kunlik harajat» )*
  • Korxonaning xizmat safari harajatlari.
  • Diagramma turlari va uni tanlash usullari.
  • Faylni ochish
  • II C++ Builder asoslari
  • Excelda iqtisodiy masalalarni yechish




    Download 0,76 Mb.
    bet13/19
    Sana25.01.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #145531
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
    Bog'liq
    excel elektron jadvalini organuvchilar uchun elektron tizimini loyihalash (2)

    Excelda iqtisodiy masalalarni yechish


    Masalan Excel dasturi yordamida quyidagi ma‘lumotli jadval tayyorlansin.
    Natija jadval va diagramma ko`rinishida chop qilish qurilmasiga chiqarilsin:

    Korxonaning xizmat safari harajatlari





    t/r

    Boriladigan joy

    Yo`l
    narxi

    Kunlar
    soni

    Kunlik
    harajat

    Kishilar
    soni

    Jami
    harajat

    1

    Sankt-Peterburg

    98000

    4

    750

    2




    2

    Samarkand

    8600

    4

    250

    6




    3

    Novosibirsk

    108600

    8

    650

    3




    4

    Parij

    178000

    6

    1500

    2




    5

    Moskva

    95000

    7

    1000

    3




    Mazkur masala uchun «Jami harajat» bandi quyidagi formula yordamida xisoblanadi:


    «Jami harajat» = (2* «yo`l narxi» +»Kunlar soni» * «Kunlik harajat» )*


    «Kishilar soni»
    Excel dasturi yordamida masalani yechishni quyidagi reja asosida olib boramiz.

    Ish rejasi:


    1. Excel ni yuklash.

    2. Jadval mavzusini kiritish.

    3. Ustun kengligini aniqlash va kiritish.

    4. Ustun nomini kiritish.

    5. Jadvalni ma‘lumot bilan to`ldirish.

    6. Ma‘lumotli jadvalni diskka yozish.

    7. Diskdan jadvalni chaqirish.

    8. Oxirgi ustun formulasini berish.

    9. Natijaviy jadvalni hosil qilish.

    10. Jadvalni chop qilish.

    11. Ustunli va doiraviy diagrammalar hosil qilish.

    12. Diagrammalarni chop qilish.

    13. Excel dan chiqish.

    Yechish. 1.Windowsni yuklaymiz. So`ngra Пуск tugmasi orqali,
    «Программы» bandini ochib, Microsoft Excel ni tanlaymiz va «sichqoncha» chap tugmasini bosamiz. Natijada Excel ni yuklash uchun asosiy muloqot oynasi ochiladi.

    1. Jadvalning birinchi satriga jadval mavzusini kiritamiz:

    Korxonaning xizmat safari harajatlari.


    1. Ustun va satr kengligi yetarli bo`lmaganligi sababli, uni kerakli miqdorda o`zgartiramiz. Buning uchun «sichqoncha» ko`rsatkichi orkali A, V, S, V, E, G ustunlarga mos keluvchi chiziqni qistirib olib lozim miqdorda suriladi.

    2. Ikkinchi satrdan boshlab ustunlar nomlarini kiritamiz:




    t/r

    Boriladigan joy

    Yo`l
    narxi

    Kunlar
    soni

    Kunlik
    harajat

    Kishilar
    soni

    Jami
    harajat




    1. Yacheykalarni kerakli ma‘lumotlar bilan to`ldiramiz:




    1

    Sankt-Peterburg

    98000

    4

    750

    2

    2

    Samarkand

    8600

    4

    250

    6

    3

    Novosibirsk

    108600

    8

    650

    3

    4

    Parij

    178000

    6

    1500

    2

    5

    Moskva

    95000

    7

    1000

    3

    1. Файл buyruqlar to`plamida Сохранит как buyrug`ini beramiz. Kompyuterning Имя файл so`roviga fayl nomini, masalan ni kiritamiz.

    2. Diskdan jadvalni yuklash uchun Файл buyruqlar to`plamidan Открыт bandini tanlaymiz. Fayllar ro`yxatidan kerakli faylni tanlab (xususan,

    .xls>) «sichqoncha» tugmasi bosiladi.

    1. Oxirgi ustun formulasini beramiz, xususan, shu ustun birinchi satridan foydalanish uchun quyidagi formula o`rinli:

    =(2* S4 + D4 * E4) *F4
    Qolgan satrlar uchun ham xuddi shu formulalar uchun joriy satr va ustun kesishuvidagi yacheykaning o`ng past burchagiga «sichqoncha» ko`rsatkichi olib kelinib, chap tugmasi bosilgan holda ko`chiriladi. Bu holda formulalardagi yacheyka nomerlari avtomatik holda o`zgaradi.

    T/r

    Boriladigan joy

    Yo`l
    narxi

    Kunlar
    soni

    Kunlik
    harajat

    Kishilar
    soni

    Jami harajat

    1

    Sankt-Peterburg

    98000

    4

    750

    2

    =(2* S4 + D4 * E4)
    *F4

    2

    Samarkand

    8600

    4

    250

    6

    =(2* S5 + D5 * E5)
    *F5

    3

    Novosibirsk

    108600

    8

    650

    3

    =(2* S6 + D6 * E6)
    *F6

    4

    Parij

    178000

    6

    1500

    2

    =(2* S7 + D7 * E7)
    *F7

    5

    Moskva

    95000

    7

    1000

    3

    =(2* S8 + D8 * E8)
    *F8

    1. Natijada quyidagi jadvalni hosil qilamiz.




    t/r

    Boriladigan joy

    Yo`l
    narxi

    Kunlar
    soni

    Kunlik
    harajat

    Kishilar
    soni

    Jami harajat

    1

    Sankt-Peterburg

    98000

    4

    750

    2

    94000

    2

    Samarkand

    8600

    4

    250

    6

    11600

    3

    Novosibirsk

    108600

    8

    650

    3

    171840

    4

    Parij

    178000

    6

    1500

    2

    244200

    5

    Moskva

    95000

    7

    1000

    3

    928750




    1. Natijaviy jadvalni chop qilish uchun Файл buyruqlar to`plamidan Печать buyrug`ini beramiz.

    2. Dastlab V va S ustundagi ma‘lumotlar „sichqoncha» ko`rsatkichi orqali siljitib ajratiladi. So`ngra Вставка menyusining Диаграмма bandi tanlanadi. Kompyuterning На этом листе yoki На новом листе so`roviga mos javob tanlanadi. Diagramma ko`rinishi Мастер диаграмма dan tanlanadi, so`ngra shag (Продолжыт) tugmasini bosish lozim.

    3. Diagrammalarni (9 banddagi kabi) Файл menyusining Печать bandi orqali chop qilish mumkin.

    4. Exce1dan chiqish uchun Файл menyusiga kirib, dastlab Зaкрыт bandi ustida «sichqoncha» tugmasi bosiladi va so`ngra shu Файл menyusidagi Выход bandiga «sichqoncha» ko`rsatkichi keltirilib bosiladi.

    Diagramma turlari va uni tanlash usullari.


    Ishchi varaq asosida diagramma tuzish uchun siz shunday diagramma tanlaysizki, u ma‘lumotlarni aniqroq va lo‘ndaroq aks ettirsin.
    Excel sizga quyidagi 14 turdagi har xil diagrammani taqdim qiladi:

    1. Gistogramma

    2. Chiziqli diagramma

    3. Grafika

    4. Aylanaviy diagramma

    5. Hajmli diagramma

    6. Xalqali diagramma

    7. Radar diagrammasi

    8. XY (nuqtali) diagramma

    9. Soxalari bilan hajmli diagramma 10.Hajmli chiziqli diagramma 11.Hajmli grafik

    12.Hajmli aylanaviy diagramma 13.Hajmli yuza diagramma 14.Soxali diagramma
    Xar bir diagrammada hech bo‘lmaganda bitta o‘ziga xoslik bor, u ma‘lumotlarni boshqacha tasvirlash imkonini beradi.
    Diagrammalar turlari yordamida ma‘lumotlaringizni xar xil aniq tasvirda uchratasiz.

    Aynan bir ma‘lumotning turli ko‘rinishdagi diagrammalarini yaratish mumkin:



    48




    Yuqorida aytilgan ko‘rinishda jadval hosil qilganimizdan keyin uni komp‘yuter xotirasiga yozib qo‘yish kerak bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan


    «Стандартный» panelidan «Сохраныт» tugmasini bosib xotiraga yozish mumkinligini aytib o‘tgan edik. Endi shu jarayonni birma-bir ko‘rib o‘tamiz:

    1. «Стандартный» panelidan «Сохраныт» tugmasini bosamiz.

    2. Quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

    3. Bu oynadan «Имя Файл» bandiga matn nomini kiritamiz.

    4. «Papka» bandidan shu fayl joylashadigan katalogni ko‘rsatamiz.

    5. «Тип Файл» bandidan fayl formatini tanlaymiz. Formati – Kniga Excel, Shablon, Matn DOS, Dokument HTML va xokazolar bo‘lishi mumkin.



    1. «Параметры» bandidan kerakli parametrlar (faylni ko‘rish, o‘zgartirish uchun parol va xokazolar) belgilanadi. Bu banddan parametrlarni faqat zarur bo‘lganda belgilash mumkin.

    2. «Сохраныт» tugmasi bosiladi, yuqorida kiritilgan ko‘rinishdagi fayl hosil bo‘ladi.

    Faylni ochish


    Yuqorida keltirilgan tarzda jadval hosil qilganimizdan keyin, u kompyuter xotirasiga yozib qo‘yilgan bo‘lsa, qayta ochish uchun «Стандартный» panelidan
    «Открыть» tugmasini bosish kerak. Endi shu jarayonni birma-bir ko‘rib o‘tamiz:

      1. «Стандартный» panelidan «Открыть» tugmasini bosamiz.

      2. Quyidagi oyna hosil bo‘ladi:





      1. «Papka» bandidan shu fayl joylashadigan katalogni ko‘rsatamiz.

      2. «Тип файл» bandidan fayl formatini tanlaymiz. Formati – Fayl Microsoft Excel, Shablon, Dokument HTML va xokazolar bo‘lishi mumkin.

      3. Rasmda «strelka» bilan ko‘rsatilgan joyda fayllar ro‘yxati ko‘rinadi va kerakli fayl shu erda tanlanadi.

      4. «Открыть» tugmasi bosiladi, yuqorida tanlangan fayl ochiladi.



    II C++ Builder asoslari




      1. Loyihani yaratish uchun tanlangan dasturlash tili.


    Dastlabki kompyuterlar ikkinchi jahon urushi vaqtida artilleriya snaryadlarining harakat trayektoriyasini hisob-kitob qilish maqsadida qurilgan edi. Oldin dasturchilar eng sodda mashina tilini o‘zida ifodalovchi kompyuter komandalari bilan ishlaganlar. Bu komandalar nol va birlardan tashkil topgan uzun qatorlardan iborat bo‘lar edi. Keyinchalik, insonlar uchun tushunarli bo‘lgan mashina komandalarini o‘zida saqlovchi (masalan,ADD va MOV komandalari) assembler tili yaratildi.
    Shu vaqtlarda Basis va Sabol singari yuqori sathli tillar ham paydo bo‘ldiki, bu tillar tufayli so‘z va gaplarning mantiqiy konstruksiyasidan foydalanib dasturlash imkoniyati yaratildi. Bu komandalarni mashina tiliga interpretatorlar va kompilyatorlar ko‘chirar edi. Interpretator dasturni o‘qish jarayonida uning komandalarini ketma - ket mashina tiliga o‘tkazadi. Kompilyator esa yaxlit programma kodini biror bir oraliq forma - ob‘yekt fayliga o‘tkazadi. Bu bosqich kompilyatsiya bosqichi deyiladi. Bundan so‘ng kompilyator ob‘yektli faylni bajariluvchi faylga aylantiradigan komplyator dasturini chaqiradi.
    Interpretatorlar bilan ishlash osonroq, chunki dastur komandalari qanday ketma - ketlikda yozilgan bo‘lsa shu tarzda bajariladi. Bu esa dastur bajarilishini nazorat qilishni osonlashtiradi. Kompilyator esa kompilyasiya va kompanovka kabi qo‘shimcha bosqichlardan iborat bo‘lganligi uchun ulardan hosil bo‘ladigan bajariluvchi faylni tahlil qilish va o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas. Faqatgina kompilyatsiya qilingan fayl tezroq bajariladi, chunki bundagi komandalar kompilyatsiya jarayonida mashina tiliga o‘tkazilgan bo‘ladi.
    C++ kabi kompilyatsiya qiluvchi dasturlash tillarini yana bir afzalligi hosil bo‘lgan dastur kompyuterda kompilyatorsiz ham bajarilaveradi. Interpretatsiya qiluvchi tillarda esa tayyor dasturni ishlatish uchun albatta mos interpretator dasturi talab qilinadi.
    Har bir nom va har bir ifoda o‘z turiga ega bo‘lib, bu tur o‘z ustida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalarni belgilab beradi. Masalan, int tavsifini olaylik. Tavsif — dasturga nom kiritadigan operator. Tavsif ushbu nomga tur bag‘ishlaydi.
    Apparat taominoti vositalariga yaqindan bevosita javob beradigan asosiy turlar quyidagilardir: char, short, int, ling, float, doble. Dastlabki to‘rtta tur butun sonlarni, keyingi uchtasi esa suzuvchi nuqtali sonlarni, ya‘ni kasrlarni ifodalashda qo‘llanadi. Char turdagi o‘zgaruvchi ushbu mashinada simvolni saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchamga ega, int turdagi o‘zgaruvchining o‘lchamlari esa ushbu mashinadagi butun arifmetikaga mos keladi (bu, odatda, so‘z bo‘ladi). Tur taqdim etishi mumkin bo‘lgan butun sonlar diapazoni ushbu turning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. C++da o‘lchamlar char turdagi ma‘lumotlar o‘lchamlari birligida o‘lchanadi, shuning uchun ta‘rifga binoan bir o‘lchamiga ega.

    Download 0,76 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Excelda iqtisodiy masalalarni yechish

    Download 0,76 Mb.