• Boshqa ishchi kitob yacheykalariga ma’lumotlarni o`tkazish.
  • Absolyut va nisbiy o`tkazishlar (yuborishlar)
  • Yacheykalardagi ma’lumotlarni boshqa ishchi jadvallarga yuborish(o`tkazish)




    Download 0,76 Mb.
    bet12/19
    Sana25.01.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #145531
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
    Bog'liq
    excel elektron jadvalini organuvchilar uchun elektron tizimini loyihalash (2)

    Yacheykalardagi ma’lumotlarni boshqa ishchi jadvallarga yuborish(o`tkazish)


    Joriy ishchi kitobdagi ma‘lumotlarni boshqa ishchi kitobdagi yacheykaga yuborish quyidagi usullardan foydalanib hal qilinadi:
    Joy nomi. Yacheyka manzili.
    Boshqacha qilib aytganda yacheyka manzili oldiga joyning nomi undov belgisi bilan ko`yiladi. Masalan: = A1* list 1!A2
    Bu formulada joriy ishchi jadvaldagi A1 yacheyka qiymati A2 yacheyka qiymatiga ko`paytiriladi va «List2» ishchi varag`ida joylashadi. Agar jo`natishda ishchi jadvalning nomi bir yoki bir nechta bo`shliqni o`z ichiga olsa, jadvalning nomi bittali qo`shtirnok ichiga olinib ko`rsatiladi. Masalan: =A1 'Все отдел'!A2

    Boshqa ishchi kitob yacheykalariga ma’lumotlarni o`tkazish.


    Boshqa ishchi kitob yacheykalariga ma‘lumotlarni o`tkazish uchun quyidagi formatlardan foydalaniladi:
    = [Ishchi kitob nomi]Varaq nomi!Yacheyka manzili
    Yacheyka manzili oldiga ishchi kitob nomi yozilib, kvadrat qavslarga olinadi va ishchi jadval nomi undov belgisi yordamida ko`rsatiladi. Masalan: = [Byudjet.xls] List1!A1 Agar ishchi kitob nomida bir yoki bir nechta bo`shliq bo`lsa, u xolda uning nomi bittali qo`shtirnoq ichiga olinishi kerak. Masalan: =A1* [Byudjetna 1999]List1!'A1

    Absolyut va nisbiy o`tkazishlar (yuborishlar)


    Absolyut o`tkazish va nisbiy o`tkazishlarning farqini bilish, albatta, muximdir. Aloxida ko`rsatilgan bo`lmasa Excel nisbiy o`tkazishlar hosil qiladi. Formulalarni bir yacheykadan boshqa yacheykaga o`tkazishda nisbiy va absolyut o`tkazishlar farqi ko`rinadi. Elektron javdvallardagi ko`pgina o`tkazishlar, ya‘ni
    yacheyka va diapozonlarga nusxa olishlar, nisbiy o`tkazishlar orqali amalga oshiriladi.
    Nisbiy o`tkazish - bu ikkita kvartal oldinga va bitta chapga yuring kabi ko`rsatmalarga mos keluvchi o`tkazishdir. Masalan: S1 yacheykada = A1*V1 formulasi kiritilsa, u xolda bu formula ikki yacheyka chapda joylashgan yacheykaga va bitta yacheyka chaproqdagi yacheykaga o`tkazishga moslashgan.
    Agar F2 yacheykaga formulani nusxasini ko`chirmoqchi bo`lsangiz, Excel xuddi oldingiday ikkita yacheyka chaproqda joylashgan yacheyka qiymatiga va yana bitta yacheyka chapdagi yacheykaga ko`paytiriladi, ya‘ni D2 va E2 yacheykalarga. Shundan so`ng Excel formulani yangi joyga moslaydi va u D2*E2 ko`rinishda bo`ladi.
    Nisbiy o`tkazishda boshqa yacheykaga nusxa olishda yacheyka o`z qiymatini o`zgartiradi.
    Absolyut o`tkazish pochta manziliga o`xshash. U elektron jadvalda aniq joyni ko`rsatadi. Absolyut o`tkazishlarga shunday xollarda murojaat etish kerakki, undagi axborotlardan nusxa olinganda yacheykadagi ma‘lumotlar o`zgarishsiz qolsin. Bunda yacheykaga nisbatan nusxa olinayotgan formulani saqlashdan qat‘iy nazar turar joyi o`zgartirilmaydi.
    Absolyut o`tkazish hosil qilish uchun berilgan ustun va qator raqam oldiga dollar «$» belgisini qo`yish kerak. Masalan V1 yacheykada absolyut o`tkazish amalga oshirilsa u quyidagi ko`rinishda yoziladi. $V$1. Jadvaldagi formulalar boshqa yacheykalarga ko`chirilayotgan bo`lsa ham, shu tarzda aks ettiriladi. Absolyut o`tkazishda qayerga nusxa olinayotganiga qaramasdan bitta yacheyka nomi ko`rsatiladi.
    Aralash o`tkazish. Bu o`tkazishda yacheykalardagi ma‘lumotlar absolyut o`tkazish bo`ladi, agar o`tkazish faqat bitta qator va bitta ustunga ma‘lumotlar o`tkazish bo`lsa. Shunday o`tkazishni o`zida jamlagan formulalardan nusxa ko`chirishda absolyut o`tkazish bitta qatorda yoki bitta ustunda o`zgarishi mumkin, faqat birgalikda bo`lmagan xolda. Masalan $A2 o`tkazishda fakat bitta ustunga
    o`tkazish absolyut bo`ladi.
    Aralash o`tkazishda nusxa ko`chirilishida uning absolyut tuzilishi o`zgarmasdan qoladi, nisbiy o`tkazishda esa, yacheykaning tuzilishi yangi joyiga nisbatan korreksiya qilinadi.
    Absolyut va aralash o`tkazishlarning kerakli joyida dollar belgisini qo`yib ketish mumkin. Yoki klaviaturadagi juda qulay bo`lgan F4 tugmasidan foydalanish mumkin. F4 tugmasi bir necha marta bosilsa, dastur hamma to`rtta o`tkazishlarni aylantirib chiqadi. Kerakli o`tkazish turi paydo bo`lguncha shu tugma bosib turiladi.

    Download 0,76 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yacheykalardagi ma’lumotlarni boshqa ishchi jadvallarga yuborish(o`tkazish)

    Download 0,76 Mb.